• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Chek bermayapsan deb 5 million so‘m jarimaga tortishdi”. Ayrimlar mukofot puli olish uchun soliq huquqbuzarliklari haqida xabar bermoqdami?

    Siz do‘kondan mahsulot sotib olayotganda sotuvchidan chek berishini talab qilasizmi? Qonunchilikka ko‘ra, u chek bermasa, do‘kon egasi 5 million so‘m jarimaga tortiladi. Chek berilmagani haqida soliq organlariga shikoyat qilgan shaxsga esa o‘sha jarima pulining 20 foizi, ya’ni 1 million so‘mi mukofot puli sifatida to‘lab beriladi. So‘nggi vaqtda ijtimoiy tarmoqlarda aynan shunday mukofot puli ilinjida tadbirkorlarni nohaq ayblayotgan odamlar paydo bo‘lgani ko‘p muhokama qilinmoqda. “Daryo” muxbiri holat aslida qanday ekani yuzasidan Toshkent shahrida kichik surishtiruv o‘tkazdi.

    Tadbirkor Zohid Rahimovning aytishicha, kimdir tadbirkorni chek bermaganlikda ayblab soliq organlariga shikoyat qilgan va u 5 million so‘m jarimaga tortilgan.

    “Biz mijozlarga azaldan doim chek beramiz. Hozirda 4 nafar ishchim bor. Ularga ham soliq to‘layman. Soliq organidan kelganlar “chek bermayapsan”, deb 5 million so‘m jarima yozib ketyapti. Kassa apparatini 3 million so‘mga sotib olganman. Yana abonent to‘loviga har oyda 100 ming so‘m to‘layman. Nima uchun sotib oldik buni o‘zi? Birinchidan, bu uskuna juda sekin ishlaydi. Bitta odamga chek berguningizcha, mijoz kamida 40-50 sekund kutib turishiga to‘g‘ri keladi. Keyin chek chiqishi uchun uskunanining o‘nlab joyini bosish kerak. Ungacha ko‘p mijozlar kutib turmaydi. Pulni to‘lab chiqib ketadi. Kim ustimizdan shikoyat qilib, jarima to‘lashimizga sababchi bo‘lyapti bilmayman. Soliqdan kelib, “senga shikoyat tushgan, buncha jarima to‘laysan” deishyapti. Soliqchi kelib bosaversa hammaga ziyonku. Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlaymiz deb, hamma ustimizga minib oldi. Soliqdan qochganimiz yo‘q, to‘layotgan bo‘lsak, nega bunday qilishadi.

    Zohid Rahimov

    Zohid Rahimov
    Foto: “Daryo”

    Kredit olib do‘kon yurityapmiz. Joyga ijara haqi, ishchilarga oylik va soliq to‘laymiz. O‘zi shundoq ham xarajatlarimiz yetarli bo‘lib turibdi. Buni ustiga adolatsiz jarimalar ortiqcha. Oilani boqamizmi, kredit yo jarimani to‘laymizmi? Agar jarima to‘lasam ishchilar oyligini ham kamroq berishga majbur bo‘laman. 5 million so‘m kichkina pul emas. Doim ustingizdan yozaverishsa, tadbirkor qanday rivojlanadi?”, — dedi Zohid Rahimov.

    Dorixona mudiri Rustam Yoqubov ham onlayn nazorat kassa mashinalari yaxshi ishlamasligidan shikoyat qildi.

    Rustam Yoqubov

    Rustam Yoqubov
    Foto: “Daryo”

    “Juma, shanba, dushanba kunlari onlayn kassa apparatimiz ishlamadi. Serverlari ishlamay qolyapti. Server ishlamasa, tabiiyki uskuna ham ishlamaydi. Har oy 100 ming so‘mdan abonent to‘lovi bor. Agar bir kun to‘lamasangiz o‘chirib qo‘yadi. Savdo qilolmay o‘tiraverasiz. Chunki bizda cheksiz savdo yo‘q. Har bir mijozga chek beramiz. Bizga o‘zi avvalgi “Merkuriy” apparati yaxshi edi. U tok yo‘q bo‘lsa ham ishlardi. Bu esa “svet” bo‘lmasa ishlamaydi. Chek urib bera olmaysiz. Uskuna ishlamayotgan payt mijoz kirib qolsa, “uzr, onlayn kassa apparatimiz ishlamayapti, bizni ishlashga haqimiz yo‘q”, deb aytamiz. Savdo bo‘lmaydi”, — dedi u.

    Shahardagi do‘konlardan birida savdo qilib chiqayotgan Asqar Hikmatov chek masalasida o‘z fikrlarini bildirdi.

    “Ko‘pincha xarid qilgan narsam chekini so‘rayman. Lekin hozir chek olmadim. Agar muddati o‘tgan mahsulot sotib olingan bo‘lsa, chek kerak bo‘ladi. Men har doim biror mahsulot sotib olishdan avval uning yaroqlilik muddatiga qarayman. Menda chek bilan bog‘liq muammo bo‘lmagan”, —dedi u.

    Asqar Hikmatov

    Asqar Hikmatov
    Foto: “Daryo”

    Yana bir do‘kon mijozi Fotima Sultonova har doim chek olish kerakligini aytdi.

    “Albatta, sotuvchidan chek talab qilish kerak. Hozir nevaralarim “keshbek” yig‘ishga qiziqyapti. Menga: “chekni olib keling”, deyishadi. Men doim chekka ahamiyat berib kelaman. Muddati o‘tgan mahsulotlar sotib olish holatlari ham bo‘ladi. Lekin ko‘p do‘konlar mahsulotni almashtirib beradi. Ammo bozorda bu qiyin masala”, — dedi u.

    Fotima Sultonova

    Fotima Sultonova
    Foto: “Daryo”

    “Daryo” muxbiri yuqoridagi holat yuzasidan Davlat soliq qo‘mitasi bosh inspektori Ruslan Absalomovdan izoh oldi. Qo‘mita mas’uli fuqarolarning har bir murojaati batafsil o‘rganib chiqilishi, hech bir tadbirkor asossiz jarimaga tortilmasligini ta’kidladi.

    “Fuqarolardan chek olmasdan tadbirkorlik subyekti ustidan shikoyat qilish holati bo‘yicha savollar kelib tushmoqda. Bizda har bitta to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri murojaat to‘liq o‘rganib chiqiladi. O‘rganish yakunlangach, tekshirish tayinlanadi. O‘rganish o‘tkazmasdan hech qanaqa tekshiruv tayinlanmaydi.

    Ruslan Absalomov

    Ruslan Absalomov
    Foto: “Daryo”

    Birinchidan, fuqaro bilan telefon orqali bog‘laniladi. Suhbat jarayonida nima mahsulot sotib olingan, necha pulga va qayerda huquqbuzarlik sodir etilganiga aniqlik kiritiladi. Keyin murojaatdagi do‘kon onlayn nazorat kassa apparatlari onlayn rejimdan kelib tushgan cheklar bilan solishtirladi. Agar bu mahsulot bazada mavjud bo‘lsa, murojaat rad etiladi. Mavjud bo‘lmagan taqdirda keyingi qadamga o‘tamiz. Ya’ni o‘sha joyga chiqqan holda kuzatuv yoki narsa xarid qilish orqali aniqlik kiritamiz. O‘rganish natijalari bo‘yicha murojaatda keltirilgan holatlar o‘z taqdig‘ini topmagan taqdirda ko‘rilmasdan rad etiladi. Bizda har bitta tekshiruvga tayinlashdan oldin murojaatni to‘liq o‘rganib bo‘lib, keyin tekshirish o‘tkaziladi. Tekshirishda yana bir bor nazorat xaridini o‘tkazamiz. Nazorat xaridi jarayonida tadbirkorlik subyekti tomonidan chek berish holatlari mavjud bo‘lsa, tekshiruv yakunlanadi va moliyaviy jarima qo‘llanilmaydi. Yanvar oyidan beri 400 dan ziyod tekshiruvlarda shu kabi holatlar kuzatilgan”, — dedi qo‘mita xodimi.

    Uning qo‘shimcha qilishicha, soliq mobil ilovasi orqali 2022-yil boshidan shu kungacha 7 ming nafardan ortiq fuqarolardan murojaatlar kelib tushgan.

    “Shundan 5 mingtasi o‘z tasdig‘ini topgan va ularga tegishli miqdorda mukofot puli to‘lab berildi. Mukofot 20 foiz qilib belgilangan, ya’ni belgilangan 5 million so‘m moliyaviy jarimadan 1 million so‘mi mukofot puli bo‘ladi. Agar tadbirkorlik subyekti belgilangan jarimani 10 ish kunida to‘lasa, 5 million so‘mlik jarima 2 barobarga kamaytiriladi, 2 yarim million so‘m bo‘ladi. O‘z navbatida mukofot puli 500 ming so‘m miqdorida to‘lab beriladi. Hozirgacha to‘lab berilgan mukofot pullarining jami miqdori 3 milliard so‘mdan ortiqni tashkil etmoqda”, — Ruslan Absalomov.

    Avvalroq Toshkentda soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berayotganlar “samosud” qilingani to‘g‘risida xabarlar tarqalgandi.

    Eslatib o‘tamiz, 2022-yil 1-yanvardan soliq huquqbuzarliklari haqida “Soliq” mobil ilovasining “Soliq” hamkor” bo‘limi orqali xabar bergan fuqarolarga huquqbuzarlardan undirilgan jarima summasining 20 foizi miqdorida mukofot to‘lanishi belgilangan. 2021-yilning oktyabr oyida prezidentning nazorat-kassa texnikasidan foydalanishni takomillashtirishga doir qarori qabul qilingan. Hujjat bilan 2022-yil 1-yanvardan boshlab chakana savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlarida xaridni amalga oshirgan hamda ushbu xaridni soliq organlarining maxsus mobil ilovasida xarid chekining QR-kodi yordamida skanerlash orqali ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxslarga ularning bank kartalariga oy yakuni bilan xarid summasining 1 foizi respublika byudjetidan qaytariladi.

     

    31.03.2022, 19:26   Izoh (0)   32722
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qashqadaryoda Toshkentga olib ketilayotgan iste’molga yaroqsiz 815 kilo go‘sht ko‘mib tashlandi

    31.03.2022, 19:12

    “2030-yilgacha bolalarning bog‘chaga qamrovi darajasini 95 foizga chiqarishimiz kerak” — Maktabgacha ta’lim vazirligi

    31.03.2022, 18:53

    Toshkentda mozaikalarni tozalash boshlandi. Ularni baribir bo‘yab tashlash rejada bo‘lgan

    31.03.2022, 18:25

    Shavkat Mirziyoyev hokimlik va vazirliklarga yil yakuniga qadar avtomobil, mebel, ofis anjomlari xarid qilishni taqiqladi

    31.03.2022, 18:03

    O‘zbekistonda yil yakuniga qadar Rossiya, Ukraina va Belarus bilan ishlayotgan korxonalarga debitor qarzdorlik uchun jarima qo‘llanilmaydi

    31.03.2022, 17:48

    O‘zbekistonda shakar, un, yog‘, go‘sht kabi mahsulotlar uchun aksiz solig‘i va bojxona to‘lovlari pasaytirilishi mumkin

    31.03.2022, 17:32
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Sistit — bu uyat emas!


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyaning yadroviy qurol tashiydigan samolyotlari saqlanayotgan aerodromlar yalpi hujumga uchradi

    Dunyo | 1 iyun, 17:41

    Fransiyada “PSJ” g‘alabasidan keyingi tartibsizliklarda ikki kishi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 1 iyun, 17:30

    “Manchester Siti” “PSJ” futbolchisi uchun da’vogarlik qilmoqda

    Sport | 1 iyun, 17:10

    Rossiyada ayrim migrantlarga rus tili imtihoni bekor qilinishi mumkin

    Dunyo | 1 iyun, 17:00

    Buyuk Britaniya AQSHdan qo‘shimcha F-35 yadroviy qiruvchilarni sotib oladi

    Dunyo | 1 iyun, 16:25

    Jarima ballari, talabalarga maxsus stipendiya, vizasiz rejim: 1-iyundan kuchga kirgan asosiy o‘zgarishlar

    O‘zbekiston | 1 iyun, 15:42

    Antoni faoliyatini Bundesliga grandi safida davom ettirishi mumkin

    Sport | 1 iyun, 15:13
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.