• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘z qizini ayiq qafasiga otib yuborgan onaga qanday jazo beriladi? Huquqshunos tahlili

    Toshkent hayvonot bog‘ida 28-yanvar kuni ayol 3 yashar qizaloqni ayiq qafasiga tashlab yuborgandi. Qizcha qattiq yiqilish oqibatida boshidan yaralangan, ammo yirtqich oyog‘i ostiga tushgan qizchaga zarar yetkazmagan. Yiqilish oqibatida jarohat olgan qizaloq shifoxonada bir muddat davolanib uyiga qaytgan. U hozirda buvisining qaramog‘ida bo‘ladi. Holat yuzasidan Bosh prokuratura jinoyat ishi qo‘zg‘atgan va ayni vaqtda tergov harakatlari davom etmoqda. Huquqshunos Saidali Muxtoraliyev vaziyatning huquqiy jihatlariga to‘xtalib o‘tadi.

    Hammasi ekspertiza xulosasiga bog‘liq

    Hayvonot bog‘ida o‘z farzandini ayiq qafasiga tashlab yuborgan ona haqida hammamiz eshitdik va ko‘rdik. Kuzatuv kamerasiga tushib qolgan tasvirni ko‘rib dahshatga tushdik. Qaysi ona o‘z farzandini yirtqich hayvonga qarata otib yuboradi? Buning uchun onaning yuragi toshdan emas, temirdan bo‘lishi kerak-ku!

    Holat bo‘yicha huquqni muhofaza qilish organlari ham bayonot berdi, ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Agar uning aybi tasdiqlanadigan bo‘lsa, ayol Jinoyat kodeksining 25- va 97-moddalariga muvofiq qasddan odam o‘ldirish jinoyatini sodir etish — suiqasd qilishda aybdor deb topiladi.

    Foto: SSV matbuot xizmati

    Foto: SSV matbuot xizmati

    Jinoyat kodeksining 97-moddasi qasddan odam o‘ldirish jinoyatiga oid. Kodeksning 25-moddasida qasddan sodir etiladigan jinoyat boshlanib, shaxsga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra oxiriga yetkazilmagan bo‘lsa, bu jinoyat sodir etishga suiqasd hisoblanadi.

    Qarangki, ona o‘z farzandini ayiqning oldiga, yirtqich bolani tilka-pora qilishi, ya’ni o‘ldirishi uchun qasddan tashlab yuboradi, lekin ayiq bolaning oldiga shoshib kelgan bo‘lsa-da, bir-ikki hidlab nari ketadi, qizaloqqa tegmaydi, u omon qoladi. Bu yerda odam o‘ldirish jinoyati o‘sha onaga bog‘liq bo‘lmagan holatga ko‘ra oxiriga yetmay qoladi. Mana shu narsa suiqasd qilish deyiladi.

    Xo‘sh, jinoyatga qo‘l urgan onani endi qanday jazo kutmoqda?

    Ma’lum bo‘lishicha, ish bo‘yicha ayblanuvchi tariqasida jalb qilingan ayol 2021-yilning iyul oyidan buyon ruhiy asab kasalliklari dispanserida ro‘yxatda turgan bo‘lib chiqdi. Hozirda bu ayolning jinoyat sodir qilgan paytdagi ruhiy holatini aniqlash yuzasidan tergov organi tomonidan sud-psixiatriya ekspertizasi tayinlanibdi. Ochig‘i, bu vaziyat onaning qonun oldidagi javobgarlik masalasini keskin o‘zgartirib yuborishi mumkin.

    Jinoyat kodeksining 17-moddasiga asosan, jinoyat sodir etgunga qadar o‘n olti yoshga to‘lgan, aqli raso jismoniy shaxslar javobgarlikka tortiladilar.

    Foto: SSV matbuot xizmati

    Foto: SSV matbuot xizmati

    Mazkur kodeksning 18-moddasi 2-qismida “ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etish vaqtida aqli noraso holatda bo‘lgan, ya’ni ruhiy holati surunkali yoki vaqtincha buzilgani, aqli zaifligi yoxud ruhiy holati boshqacha tarzda buzilgani sababli o‘z harakatlarining (harakatsizligining) ahamiyatini anglay olmagan yoki ularni boshqara olmagan shaxs javobgarlikka tortilmaydi” deyilgan. Demak, dastlabki tergov organlari tomonidan tayinlangan ekspertiza o‘z qizini ayiq qafasiga tashlab yuborayotgan bir vaqtda o‘sha ayolning ruhiy holati buzilgan va natijada o‘z harakatining ahamiyatini anglay olmaydigan aqli noraso holatda bo‘lgan, degan xulosa bersa, ayol jinoiy javobgarlikka tortilmaydi. Qonunchilik talabi shunday.

    Bundaylar jamiyat uchun xavfli-ku, unga umuman biror-bir chora ko‘rilmaydimi, degan savol ham tug‘ilishi tabiiy. Jinoyat kodeksining 18-moddasi 3-qismida aytilyaptiki, aqli norasolik holatida ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsga nisbatan sud tomonidan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari tayinlanishi mumkin.

    Agar ayolning jinoyati uning aqli norasolik holatida sodir etilgan, deb topilsa va agar sud uning ruhiy holati va sodir etgan qilmishi jamiyat uchun xavfli, degan xulosaga kelsa (shunday ham bo‘lsa kerak), bu ayolga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari tayinlanishi kerak bo‘ladi.

    Tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasining Jinoyat kodeksi 93-moddasiga asosan quyidagi turlari mavjud:

    a) yashash joyi bo‘yicha ruhiy-asab kasalliklari dispanserida (tuman (shahar) psixiatrining xonasida) majburiy ambulatoriya kuzatuvida bo‘lish va davolanish;

    b) yashash joyi bo‘yicha umumiy tartibli psixiatriya muassasasining umumiy kuzatiladigan bo‘limida majburiy davolanish;

    v) umumiy tartibli psixiatriya muassasasining maxsus reabilitatsiya bo‘limida majburiy davolanish;

    g) kuzatuv kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasida majburiy davolanish;

    d) jazoni ijro etish muassasalarining davolash-profilaktika yordami ko‘rsatish bo‘limlarida hamda mahkumlarga mo‘ljallangan ixtisoslashgan shifoxonada majburiy ambulatoriya kuzatuvida bo‘lish va davolanish.

    Agar ekspertiza ayolning ruhiy holati buzilmagan, u o‘z harakatini ahamiyatini anglay oladigan darajada bo‘lgan deb topsa-chi?

    Qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish holatida ham Jinoyat kodeksi97-moddasining tegishli qismiga muvofiq jazo qo‘llanadi. Jumladan, 97-moddaning 1-qismida 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan. Agar holat 97-moddaning 2-qismi bilan kvalifikatsiya qilinsa, 15 yildan 25 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

    Lekin ishni ko‘radigan sud sudlanuvchining ahvolini va alohida holatlarni inobatga olib, Jinoyat kodeksining 57-moddasiga asoslanib, 97-moddaning sanksiyasida nazarda tutilgan jazolardan ham ko‘ra yengilroq bo‘lgan boshqa turdagi jazolarni tayinlashi mumkin.

    P.S. Shaxsan o‘zim ham bechora ona o‘sha vaqtda ataylabdan bu ishlarni qilgan, deb o‘ylamayman. Chunki sog‘lom fikrli va aqli raso inson o‘z farzandiga bunday ishni ravo ko‘rishi qiyin. Nima bo‘lganda ham, barcha-barchasi yaxshilik bilan tugashiga umid qilamiz. Hech kim nohaq jazolanmasin va sudlanmasin.

    Saidali Muxtoraliyev, huquqshunos 

    16.03.2022, 19:45   Izoh (0)   28917
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Endi har oyda tumanlardagi soliq sohasi vakillari OAV va blogerlar ishtirokida matbuot anjumani qilib, oqni oq, qorani qora deydi” — Shavkat Mirziyoyev

    16.03.2022, 19:40

    Yog‘ingarchilik Piskent va Yuqori Chirchiq tumanlaridagi ko‘priklarga zarar yetkazdi

    16.03.2022, 19:34

    Qashqadaryoda 17 yoshli qiz o‘zini osib qo‘ydi

    16.03.2022, 19:23

    O‘zbekiston OTMlarida kontrakt to‘lash muddati 1-aprelgacha uzaytirildi

    16.03.2022, 18:39

    “Yanvar oyida 25 milliarddan ortiq, fevralda 30 mlrd, mart oyining 16-sanasigacha esa 15 mlrd so‘m keshbek yig‘ildi” — Sherzod Kudbiyev

    16.03.2022, 18:22

    Farg‘onada uyda qulflanib qolgan ikki nafar bola qutqarildi

    16.03.2022, 18:13
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Palmeyras” “Botafogo”ni mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi

    Sport | 28 iyun, 23:48

    Kolumbiyada ko‘chki sabab halok bo‘lganlar soni 22 nafarga yetdi (video)

    Dunyo | 28 iyun, 23:10

    Iyul oyining ilk kunlarida havo harorati 42 darajagacha ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 22:45

    Superliga. “Qizilqum” so‘nggi daqiqalarda gol urib, mag‘lubiyatdan qutilib qoldi

    Sport | 28 iyun, 22:41

    Ukraina: Odessada qurbonlar soni 14 nafarga yetdi

    Dunyo | 28 iyun, 22:20

    Italiyaning ko‘plab shaharlarida jazirama sabab “qizil” ogohlantirish e’lon qilindi

    Dunyo | 28 iyun, 21:55

    30 dan ortiq dron urib tushirildi — Rossiya Mudofaa vazirligi

    Dunyo | 28 iyun, 21:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.