• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Rossiyada oligarxlar davri tugamoqda — Bloomberg

    Bloomberg nashri rossiyalik milliarderlar va ularga qarshi qo‘llanilgan sanksiyalar, Ukrainaning yadro qurollaridan voz kechgani, Putin yadroviy urush bilan tahdid qilayotgani, Rossiyada moliyaviy urush bo‘lish xavfi to‘g‘risida so‘z yuritdi.

    Foto: Bloomberg

    Foto: Bloomberg
    Rossiyaning eng badavlat oligarxlari Petr Aven, Aleksey Mordashov, Oleg Deripaska, Roman Abramovich, Mixail Fridman va Alisher Usmonov (chapdan o‘ngga) 

    Urush boshlangandan keyin Ukriana prezidenti Vladimir Zelenskiy urush Rossiyani sivilizatsiyalashgan duyodan ajratib qo‘yishini aytgan edi.

    1991-yilda SSSR parchalangandan keyin, uning hududidagi mamlakatlarda siyosiy erkinlikka bo‘lgan intilish avj ola boshladi. O‘sha paytda Ukraina dunyodagi uchinchi yirik yadroviy zahiraga ega edi. Bu esa Ukrainani Rossiya uchun Moskvadan mustaqilligini e’lon qilishining birinchi kunidan boshlab geosiyosiy xavf muammosiga aylantirdi. 1994-yilda Ukraina AQSh, Buyuk Britaniya va Rossiyaning kafolatlari evaziga yadro qurollaridan voz kechdi. 

    Ukraina Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkilotiga yoki Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi kerakmi? Sharq yoki G‘arbga intilishi haqidagi ichki bahslar uning siyosatida markaziy rolni egalladi va 2004-yildan beri ikki inqilobga olib keldi. Putin bu bo‘linishdan foydalangan holda 2014-yilda Qrimni anneksiya qildi. 

    Bir paytlar Rossiyadagi eng yirik xorijiy investor bo‘lgan Bill Brauder bir necha yillardan beri Putin haqida ogohlantirib keladi. 2009-yilda uning rossiyalik advokati Sergey Magnitskiy Moskva qamoqxonasida tibbiy yordamdan mahrum bo‘lib vafot etgan. U rus amaldorlari bilan bog‘liq soliq firibgarligini fosh qilgan. 2005-yilda Rossiyaga kirishi taqiqlangan va “milliy xavfsizlikka tahdid” deb ataladigan Brauderning aytishicha, Putinni jazolashning eng yaxshi usuli uning pulini ushlab turgan rus oligarxlarini nishonga olishdir.

    AQSh va Yevropa Ittifoqi ayni damda xuddi shunday qilmoqda.

    Kremlning marhamati bilan boylik orttirgan oligarxlarni sanksiya qilish Putinni larzaga keltirdi. U G‘arbni “yolg‘on imperiyasi” deb atadi. Keyinchalik Putin Rossiya mudofaa vaziri va bosh shtab qo‘mondoniga Rossiya to‘xtatuvchi kuchlarini maxsus jangovar navbatchilik holatiga o‘tkazishni buyurdi. To‘xtatuvchi kuchlar mamlakat yadroviy kuchlarini ham o‘z tarkibiga oladi. 

    Biz uning — Axillesning tovonini topdik. Oligarxlarni sanksiya qildik, Putin esa yadroviy urush bilan tahdid qilmoqda, — deydi Bill Brauder.
    Hozirda Buyuk Britaniya Rossiyadan tashqaridagi aktivlari bilan bir hovuch eng badavlat oligarxlarni jazolagan Yevropa Ittifoqiga qadar bormadi. Ular orasida metall magnat Alisher Usmonov, bank milliarderlari Mixail Fridman va Petr Aven, po‘lat magnati Aleksey Mordashov bor.

    Bloomberg News nashriga bergan bayonotida Fridman va Aven Rossiyani urushni zudlik bilan tugatishga chaqirdi, ammo ular Putinni bevosita tanqid qilishdan qochdi. 2018-yildan beri AQSh sanksiyalari ostida qolayotgan alyuminiy giganti milliarder Oleg Deripaska ham Putinni tilga olmasdan tinchlik muzokaralariga chaqirdi. 2-mart kuni Roman Abramovich qariyb yigirma yildan beri egalik qilgan “Chelsi” futbol klubini sotayotganini aytdi. Klub 3 mlrd funt sterlingga sotilishi kutilmoqda. Abramovich savdodan tushgan sof daromad bilan urush qurbonlariga foyda keltirish uchun xayriya jamg‘armasini tashkil etishini aytdi. Britaniyalik deputat Kris Brayantning so‘zlariga ko‘ra, u Londondagi mulklarini ham sotadi. Hozircha sanksiyaga uchramagan Abramovich Ukraina rasmiylari bilan bog‘langanidan keyin Moskva va Kiyev o‘rtasida tinchlik muzokaralarini o‘tkazishga vositachilik qilmoqchi, dedi uning matbuot kotibi.

    Yevropa Ittifoqi bir qancha rossiyalik milliarderlar qatori Alisher Usmonovga ham sanskiyalar qo‘lladi. Shundan keyin Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi lavozimidan ketdi. Keyinchalik esa Angliyaning “Everton” futbol klubi Alisher Usmonovga aloqador bo‘lgan barcha kompaniyalar bilan homiylik shartnomalarini bekor qilganini e’lon qildi. Germaniyada esa Usmonovning 600 mln dollarlik yaxtasi xatlovga olindi.

    G‘arbning strategiyasi jazolarni kuchaytirish orqali Rossiyani yanada izolyatsiya qilishdan iborat bo‘ladi. Uzoq vaqt davomida Rossiya pullari uchun boshpana bo‘lgan Monako Rossiya aktivlarini muzlatib qo‘yishi va Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga rioya qilishini e‘lon qildi. Shveysariya ham xuddi shunday qilish uchun o‘zining tarixiy betarafligidan voz kechdi. Yevropa Rossiya samolyotlari uchun havo hududini yopdi va 7 ta rus bankini, shu jumladan, mamlakatning ikkinchi eng yirik kreditori “VTB”ni xalqaro moliya tizimi bo‘lgan SWIFT’dan uzib qo‘ydi. BP, Exxon, Shell va boshqa G‘arb energetika kompaniyalari Rossiyaga o‘nlab yillik sarmoyalarini to‘xtatmoqda. Daimler Truck Holding va Volvo Car kabi avtomobil va yuk mashinalari ishlab chiqaruvchilari ham Rossiya bilan aloqalarni uzmoqda. Rossiyani tark etadigan kompaniyalar ro‘yxati kundan kunga kengayib bormoqda. Buning ortidan Rossiya 30 yillik investitsiyalarni yo‘qotmoqda.

    Yevroittifoq va AQSh Rossiyaning markaziy banki bilan operatsiyalarni taqiqlab qo‘ydi. Bu esa uning valyutani himoya qilish uchun 643 mlrd dollar zahiradan foydalanishiga to‘sqinlik qiladi. Rubl qulashda davom etmoqda. 1998-yili Rossiyada moliyaviy inqiroz — defolt bo‘lgan edi. Ba’zi tahlilchilarning fikricha, bu yana sodir bo‘lishi mumkin. 3-mart kuni Rossiyaning kredit reytingi Moody’s Investors Service va Fitch Ratings tomonidan nomaqbul darajaga tushirildi.

    Qo‘rquv shundaki, sanksiyalar sababli Putin keskinroq harbiy harakatlarga o‘tishi mumkin. 

    Putin AQSh va Yevropa Ittifoqi xo‘rlashlarini yaxshi qabul qilmaydi, — deydi Brauder.

    05.03.2022, 21:41   Izoh (0)   64213
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Buyuk Britaniya Rossiyadagi fuqarolaridan mamlakatni tark etishni so‘radi

    05.03.2022, 19:11

    Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon ballistik raketani uchirdi

    05.03.2022, 12:02

    Zelenskiy Ukrainadan qochib ketganini rad etdi

    05.03.2022, 10:12

    Yevropada gaz narxi ming kubometr uchun qariyb 2400 dollarga yetdi. Bu gazning tarixda kuzatilmagan maksimum qiymati

    04.03.2022, 23:45

    NATO Ukrainadagi havo yo‘lini yopmaydi. Mamlakatda parvozsiz hudud haqidagi petitsiyani bir million foydalanuvchi imzolagan

    04.03.2022, 23:13

    Putin va Shols telefonda Ukraina masalasini muhokama qildi

    04.03.2022, 22:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kanada AQSH tovarlariga javob bojlarini bekor qiladi

    Dunyo | 22 avgust, 22:20

    Ilon Mask Mark Sukerberg bilan OpenAI’ni sotib olishni muhokama qilgani ma’lum bo‘ldi

    Dunyo | 22 avgust, 22:10

    Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyevga tuya va bo‘taloq sovg‘a qildi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 21:51

    2,6 mlrd so‘mlik tovar kodlarini o‘zgartirib, bojxona to‘lovidan qochmoqchi bo‘lganlar aniqlandi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 21:48

    Qashqadaryodan Toshkentga olib ketilayotgan 600 kg yaroqsiz go‘sht savdoga chiqishining oldi olindi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 21:30

    Tramp Baydenni Ukrainaga Rossiyaga javob berishga imkon bermagani uchun tanqid qildi

    Dunyo | 22 avgust, 21:15

    O‘zbekistonda yangi o‘quv yili boshlanish sanasi maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 21:06

    Samarqandda tez yordamga yo‘l bermagan Spark haydovchisi javobgarlikka tortildi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 21:00

    Taxtda olib yurilgan murda: “Muhtasham yuz yil”da sulton Sulaymonning o‘limi haqidagi dahshatli haqiqat tushirib qoldirilgan

    Kino | 22 avgust, 20:49

    AQSH razvedkasida Rossiya bo‘yicha ishlovchi 36 nafar xodim maxfiy ma’lumotlarga kirish huquqidan mahrum qilindi

    Dunyo | 22 avgust, 20:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.