Buyuk Britaniya zaruriyat tufayli Rossiyada bo‘lib turgan Birlashgan qirollik fuqarolaridan ushbu mamlakatni zudlik bilan tark etish masalasini ko‘rib chiqishni so‘radi. Bu haqda “Kommersant” xabar bergan.
Avval Fransiya hamda AQSh hukumatlari o‘z fuqarolaridan zudlik bilan Rossiyadan chiqib ketishni so‘ragandi.
“Agar Rossiyada bo‘lib turishingiz majburiyat bo‘lsa, u holda biz sizga tijoriy yo‘nalishlar orqali mamlakatdan chiqib ketish imkoniyatini ko‘rib chiqishni tavsiya qilamiz”,— deyiladi Buyuk Britaniya hukumatining rasmiy saytidagi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya 24-fevralda Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlagan, ikki davlat o‘rtasidagi urushning o‘ninchi kuni davom etmoqda.
Rossiya—Ukraina urushiga oid tezkor, ishonchli yangiliklar va ma’lumotlarni “Daryo”ning Live sahifasi orqali kuzatib boring → @Daryo_Live
Mavzuga doir:
- NATO Ukrainadagi havo yo‘lini yopmaydi. Mamlakatda parvozsiz hudud haqidagi petitsiyani bir million foydalanuvchi imzolagan
- Putin va Shols telefonda Ukraina masalasini muhokama qildi
- Rossiyada Facebook, Twitter, BBC va qator OAVlar qisman bloklandi. “Roskomnadzor” buni Ukrainadagi harbiy operatsiya to‘g‘risida yolg‘on ma’lumotlar tarqalayotgani bilan izohladi
Izoh (0)