Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan tadbirkor Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi (FIE) prezidenti lavozimini tark etdi.

Foto: FIE

Foto: FIE

“2022-yilning 28-fevralida Yevropa Ittifoqining sanksiyalari ostida qoldim. Bu qarorni adolatsiz deb bilaman. Jazo choralari sha’nim, qadr-qimmatim va ishchanlik obro‘yimga putur yetkazuvchi yolg‘on ayblovlar to‘plamidir.

O‘z sha’nim va obro‘yimni himoya qilish uchun barcha qonuniy vositalardan foydalanaman.

Shu tariqa adolat qaror topmaguncha, FIE prezidenti sifatidagi vazifamni to‘xtataman”, — deb yozadi Usmonov o‘z murojaatida.

Avvalroq Alisher Usmonov Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi sanksiyalari ro‘yxatiga tushgani haqida xabar berilgandi.

Ma’lumot uchun, Alisher Usmonov 2008-yildan beri ushbu xalqaro tashkilotni boshqarib kelayotgandi. U FIEga 2012, 2016, va 2021-yillarda qayta saylangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda 2 kishi ovqatdan zaharlanib vafot etdi
Mahalliy
Toshkentda avtobusning yurgan masofasiga qarab to‘lov qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi
Mahalliy
Aholining valyuta ayirboshlashga yoʻnaltirgan pul mablagʻlari hajmi 68 foizga oʻsdi — Markaziy bank