Yevropada gaz narxi ming kubometr uchun tarixdagi rekord qiymatini yangiladi va 2400 dollarga chiqdi. Bu haqda ICE Futures birjasi ma’lumotlariga tayanib, “Interfaks” xabar qilgan.
TTF xabidagi aprel fyuchersi narxi bir kubometr 2391 dollarga yetgan. Bir necha soat avval savdolar ming kubometr uchun 1724 dollar qiymatida yakunlangan.
Ukraina atrofidagi murakkab vaziyatdan tashqari (bozor kundan kunga ushbu yo‘nalishdagi risklar o‘sib bormoqda deb hisoblaydi) shu haftada Yevropada havo haroratining pasayishi va elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi, xususan muqobil energiya manbalari – shamol generatsiyasi vositasida elektr energiyasi olish kamaygan. Bozordagi keskinlikning yana bir sababi Rossiya ko‘miri hamda suyultirilgan tabiiy gazning Yevropaga yetkazib berilishi bilan bog‘liq noaniqliklar.Gaz narxining bozordagi avvalgi cho‘qqisi 2-mart kuni kuzatilgan va shu kuni Yevropada zangori olov ming kubometr uchun 2227 dollarga baholangan. Undan avvalgi rekord esa 2021-yil 21-dekabrda qayd etilgan va shu kuni gaz ming kubometr uchun 2138 dollarga narxlangan.“Interfaks” axborot agentligi
Rossiya—Ukraina urushiga oid tezkor, ishonchli yangiliklar va ma’lumotlarni “Daryo”ning Live sahifasi orqali kuzatib boring → @Daryo_Live
Izoh (0)