Daryo

Germaniyada Alisher Usmonovning 156 metrlik “Dilbar” yaxtasi xatlovga olindi

Vertolyot maydonchasi, sauna va eng katta basseynga ega yaxtaning qiymati qariyb 600 million dollarni tashkil etadi

1 daqiqa o‘qish92 160 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Getty Images

Germaniya hukumati Yevropa Ittifoqi sanksiyasiga uchragan milliarder Alisher Usmonovning 156 metrlik yaxtasini xatlovga oldi. Bu haqda yaxta biznesidagi uchta manbasiga tayanib, Forbes xabar berdi.

Foto: Getty Images

Gap qiymati qariyb 600 million dollar turadigan “Dilbar” yaxtasi haqida ketmoqda.

Firma uni “ham o‘lchami, ham texnologik jihatdan hozirga qadar yasalgan eng murakkab yaxtalardan biri” deb hisoblaydi. U 15 917 tonna sig‘imga ega dunyodagi eng katta motorli yaxta bo‘lib, ekipaji 96 kishidan iborat. “Dilbar”da eng katta basseyn mavjud. Shuningdek, u vertolyot maydonchasi, sauna, go‘zallik saloni va sportzalni o‘z ichiga olgan.

Yaxta “Metalloinvest” metallurgiya giganti, Xiaomi maishiy elektronika kompaniyasi, shuningdek, telekommunikatsiya, tog‘-kon sanoati va ommaviy axborot vositalaridagi kichik ulushlarni o‘z ichiga olgan Usmonovning ko‘p milliard dollarlik boyligining bir qismi hisoblanadi. Bundan tashqari, Usmonov G‘arbda ham yirik ko‘chmas mulk aktivlariga egalik qiladi — Buyuk Britaniyadagi umumiy qiymati 280 million dollarlik Beechwood House va Sutton Place’dan tortib, Myunxen, Lozanna, Monako va Sardiniyadagi hashamatli uylargacha.

Avvalroq Yevropa Ittifoqi tomonidan Rossiyaga qarshi joriy etilgan sanksiyalar ro‘yxatiga USM Holdings asoschisi Alisher Usmonov ham kiritilgani xabar qilingandi. Shuningdek, asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan tadbirkor Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi (FIE) prezidenti lavozimini tark etgan, “Everton” Alisher Usmonovga tegishli kompaniyalar bilan hamkorlik qilishni to‘xtatgan.

Mavzuga doir: Rossiyalik milliarderlar Ukraina mojarosi oqibatida 126 mlrd dollardan ko‘proq boylik yo‘qotdi

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar