• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12524.89
    • RUB156.54
    • EUR14456.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Derazadan ko‘rib turibman: tashqarida bomba portlamoqda”. Ukrainada yashayotgan o‘zbekistonliklar bilan suhbat

    Rossiya 24-fevral tongida Ukrainada “maxsus harbiy operatsiya” boshlanganini e’lon qildi. Donbassda o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan davlatlarni himoya qilish maqsadida boshlangan operatsiya Ukrainaning boshqa hududlariga ham ko‘chdi.

    Ukraina darhol o‘z havo hududini yopdi, shu sababli O‘zbekiston fuqarolarini Ukrainada samolyotlarda evakuatsiya qilish imkoni bo‘lmadi.

    24-fevral kuni kechga yaqin O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasi Ukraina hududida 4300 ga yaqin O‘zbekiston fuqarosi borligi, ularning ro‘yxati yanada aniqlashtirilayotganini ma’lum qildi. 25-fevral kuni esa elchixona O‘zbekiston fuqarolarini Polsha orqali evakuatsiya qilish rejasini e’lon qildi.

    “Daryo” Ukrainada yashayotgan o‘zbekistonliklar bilan bog‘lanib, mamlakatda bo‘layotgan voqealar ularning hayotiga qanchalik ta’sir ko‘rsatayotgani va ular nimalarni his qilayotgani haqida suhbatlashdi.

    Ukrainadagi o‘zbekistonliklar bilan suhbat 25-fevral kuni bo‘lib o‘tgan.

    Ukraina harbiy texnikasi Kiyevdagi Mustaqillik maydonidan o‘tmoqda.

    Ukraina harbiy texnikasi Kiyevdagi Mustaqillik maydonidan o‘tmoqda.
    Foto: AFP

    Mohinur Saidmamatova. Poltava davlat tibbiyot universiteti 2-bosqich talabasi

    “Hujjatlaringiz yoningizda bo‘lsin deyishdi”

    Hozir do‘konlarda hech narsa qolmagan. Banklar pul bermayapti. Kassalari bo‘sh, hamma joy yopiq. Soat 22:00 dan 6:00 gacha ko‘chaga chiqish taqiqlab qo‘yildi.

    Hozir yotoqxonamiz oldida tanklar paydo bo‘lgan. Shaharni ham portlatishadi, deyishyapti. Suv va hujjatlaringiz yoningizda bo‘lsin, deb aytishdi. Sirena ovozini eshitsak, yerto‘laga tusharkanmiz.

    Poltavada o‘zbek talabalari ko‘p, men o‘qiydigan universitetda ham, taxminan, 30 nafar o‘zbekistonlik bor.

    O‘zbekistonga qaytish uchun elchixonaning elektron pochtasiga ma’lumotlarimizni yubordik. Biror yangilik yo‘q. Endi esa bog‘lana olmayapmiz.

    Mohinur Saidmamatovaning xonasidan olingan suratda zirhli texnikani ko‘rish mumkin

    Shodiyor Saydamatov. Odessa shahrida yashaydi

    “Polshaga ketish niyatidamiz”

    Hozir shahar tinch, lekin tinmay raketa ovozlari eshitilyapti. Do‘konlarda mahsulotlar qolmagan. Aksariyat ukrainlar chegara tomon qochyapti. Aytishlaricha, Polsha qochoqlarni qabul qilayotgan ekan. Biz ham shu yerga ketish niyatidamiz.

    Ismini oshkor qilishni istamagan talaba qiz. Xarkov shahrida o‘qiydi

    “Kechasi bomba ovozidan uyg‘onib ketdik”

    24-fevralga o‘tar kechasi bomba ovozidan uyg‘onib ketdik. Talabalarni yerosti yo‘liga olib ketishdi. Tunni metroda o‘tkazdim. Adashmasam, 3:00 dan ertalab 7:30 gacha otishma bo‘ldi. Ertalab yotoqxonaga qaytdik. 14:30 dan yana otishma boshlandi. 22:00 dan 06:00 gacha komendantlik soati e’lon qilindi.

    Do‘konlar 16:00 gacha ishladi. Ko‘chaga chiqqanimiz yo‘q. Hozir talabalar turar joyidaman. Ayni paytda qor yog‘yapti. Otishma ham davom etyapti. Qalbimdan nimalar o‘tayotganini aytib berolmayman. Hech kim nima bo‘lishini bilmayapti. Hozir bizni qo‘riqlab turgan qorovullar yerto‘laga tushishimizni so‘rayapti.

    24-fevral kuni Ukrainada odamlar berkingan metro bekati.

    24-fevral kuni Ukrainada odamlar berkingan metro bekati.
    “Daryo”ga taqdim etilgan surat

    Fazliddin Faxriddinov. Kirovograd viloyatida uchuvchilikka o‘qiydi

    “Ertaga tirik qolarmikinman, degan xavotir bor”

    2021-yil avgustda o‘qish maqsadida kelgandim. O‘shanda hammasi yaxshi, hech qanday muammolar yo‘q edi. Lekin vaziyat o‘zgarib ketdi. Urush bo‘ladi deb sira o‘ylamagandim.

    Tushunarsiz vaziyatlar ichidaman. Ertaga tirik qolarmikinman, degan qo‘rquv bor. Chunki har besh daqiqada tepamizdan harbiy samolyotlar uchyapti. Bombamasmikin, deb o‘ylab qolaman. Men hozir Kropivnitskiy shahrida joylashgan talabalar yotoqxonasidaman. O‘qishimiz aprelgacha onlayn qilib qo‘yildi.

    Urush boshlangan kundan bizni shaharga Kiyev, Odessa, Xarkovdan odamlar evakuatsiya qilindi.

    Hozir bizda oziq-ovqat yetarli emas. 2–3 kunga yetadigan mahsulotlar bor. Do‘konlarda rastalar bo‘shab qolgan. Banklar ham ishlamayapti. Uydagilarim pul jo‘natgan taqdirda ham ololmayman.

    O‘zbekistonga qaytmoqchi bo‘lib, elchixonaga qo‘ng‘iroq qilganimda raqamlari o‘chiq edi. Endi buyog‘i Xudodan...

    Fazliddin Faxriddinov yotoqxonasidan olingan rasm

    Muhammadjon Mahmudov. Kiyev shahrida ishlaydi

    “Pasportlarimiz bilan ishxonamizga berkindik”

    2021-yil iyul oyidan beri Ukrainada avtoservisda ishlardim. 24-fevraldan ishlarimiz to‘xtagan. Ertalabdan harbiy samolyotlar uchyapti, sirenalar yangrayapti. Hamma sarosima, qo‘rquvda qolgan. Imkoni borlar Yevropaga chiqib ketyapti, asosan, Polshaga. Qolganlardan metroga tushishlarini so‘rashyapti. Men bilan birga yana to‘rt nafar o‘zbekistonlik bor. Metro uzoqligi uchun biz pasportlarimiz bilan ishxonamizga berkindik.

    Karamatullo Hakimov. Kiyev shahrida yashaydi

    “3–4 kunga yetadigan oziq ovqatimiz bor, xolos”

    Shaharda dadam, pochcham, jiyanim, tog‘am, yangam oilaviy yashaymiz. 2020-yil noyabrdan beri shaurmaxonada ishlardim. Hozir ko‘p joylar yopilgan. Kecha do‘konlarda narxlar ikki barobar oshib ketdi. 3–4 kunga yetadigan oziq ovqatimiz bor, xolos.

    Ko‘pchilik metroda, lekin uy xavfsizroq. Biz hammamiz uydamiz. Bugun tashqariga chiqmadim. Ko‘chaga faqat derazadan qarab turibman. Tashqarida bomba portlamoqda. Davlatimiz bizni olib ketish uchun samolyot yuborarmikan?

    Nozimjon. Xarkov shahrida yashaydi

    “Bitta non 5 dollardan sotilmoqda”

    Ukrainada 8–9 yildan beri yashayman. Shu yerda o‘qishni bitirib, uylanganman. Xarkov va Kiyevda kichik biznesim bor. Bir necha kun avval oilamni Polshadagi qarindoshimning uyiga tashlab kelgandim. Ishimni yurgizib turay, deb ortga qaytgandim. Kutilmaganda urush boshlanib ketdi, bilganimda o‘zim ham oilam bilan qolardim. Endi ketolmay turibman: yo‘llar yopiq.

    Odamlar sal vahima qilyapti. Tinch aholiga ziyon yetgani yo‘q. Lekin bitta non 5 dollarga ko‘tarilib ketdi. Hozir uyimda osh qilyapman.

    Xarkov shahrida qor yog‘moqda.

    Xarkov shahrida qor yog‘moqda.
    Foto: Nozimjon

     Akbarjon Nabijonov. Sumi shahrida ishlaydi

    “Tinch aholiga tegishgani yo‘q”

    24-fevral kuni yaxshigina urush bo‘lgandi. Bizda holat yaxshi. Tinch aholiga tegishgani yo‘q. Faqat shahar chetidagi harbiy zonalarda urush bo‘lyapti.

    Urush boshlangan kuniyoq benzin shoxobchalari, banklarda navbatlar ko‘paydi. Qo‘rqqanlar o‘z mashinasida, yo‘qlari ko‘chadan to‘xtatib, allaqachon Ukrainani tark etdi.

    Qolganlar shu yerda. Ko‘p qavatli uylarda yashaydiganlar yerto‘laga tushib ketyapti.

    Akbarjon Nabijonov yuborgan surat

    Biz do‘stimizning uyida turibmiz. U birinchi qavatda yashaydi. Yon atrofida harbiy bo‘linmalar yo‘q.

    Davlat do‘konlari soat 8:00 dan 20:00 gacha ishlayapti. Kerakli mahsulotlarni sotib olyapmiz. Suv, elektr, gaz, internetdan uzilishlar bo‘lgani yo‘q. Mamlakatda “Kiyev Star” SIM-kartasida internetdan foydalanish tekin qilib qo‘yildi.

    Kunduzi umuman urush bo‘lgani yo‘q. Faqat kechasi bo‘lyapti. 20 ga yaqin o‘zbek yigiti bilan kunduzi shaurmaxonaga yig‘ilib, birgalikda ovqatlanib, gaplashib o‘tiribmiz.

    Ko‘pchilik davlatlarning elchixonasi urushdan oldin ogohlantirish berib “chiqib ketinglar” dedi. O‘zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston elchixonalari esa umuman aloqaga chiqmadi. Telegram’da qandaydir guruhga qo‘shishdi. Hozir u yerda o‘zimiz yozib o‘tiribmiz.

    Uydagilarimizni xavotirga qo‘ymaslik uchun hammasi yaxshi, deyapmiz. Endi nima bo‘ladi, Xudo biladi.

    P/S: Suhbat chop etilgunga qadar TIV Ukrainadagi O‘zbekiston fuqarolarining evakuatsiyasi yuzasidan qo‘shimcha axborot berdi. Xabarda elchixona o‘zbekistonliklarni evakuatsiya qilishni tashkil etish bo‘yicha kuchaytirilgan tartibda ishlayotganini, biroq Ukraina shaharlari o‘rtasidagi avtomobil va temiryo‘l aloqalari butunlay faoliyatini to‘xtatgani bois mamlakatning sharqiy va markaziy viloyatlaridan vatandoshlarni Polsha bilan chegaradosh Lvov shahriga xavfsiz yetkazishni tashkil etishning vaqtincha imkoni bo‘lmayotganini ma’lum qilgan.

    Ayni paytda diplomatik muassasa yerto‘lalarga evakuatsiya qilingan fuqarolarga issiq ovqat tashkil etish masalalarida tun-u kun ishlamoqda.

    Shuningdek, TIV xavfsizlik nuqtayi nazaridan, iloji bo‘lsa, jangovar harakatlar sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan joylarda ko‘chaga chiqmaslikni va vahimaga tushmaslikni so‘ragan.

    “Lvovga temiryo‘l orqali kelganlar diasporamiz vakili Ma’ruf Soliyevga murojaat qilishlari mumkin. Yig‘ilish joyining fotosurati va lokatsiyasini yubormoqdamiz. Qo‘ng‘iroqlar va xabarlar juda ko'p, har biriga javob berishga harakat qilyapmiz. Agar vaqtida javob bera olmasak, oldindan uzr so‘raymiz. Keyinroq siz bilan bog‘lanishga harakat qilamiz”, — deydi elchixona o‘z axborotida. 

    Xonzodabegim A’zamova suhbatlashdi

    Muharrir: Dilshod Sharipov

    26.02.2022, 21:57   Izoh (0)   150787
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “40 yil paxta bilan shug‘ullanib, odamlarni qashshoq qilib yubordik” — Shavkat Mirziyoyev

    26.02.2022, 21:38

    Ergash Soliyev Jizzax viloyati mahalliy budjetidan Taxtako‘pir tumanini rivojlantirish uchun 30 milliard so‘m ajratilishini ma’lum qildi

    26.02.2022, 20:46

    Ukrainadagi barcha O‘zbekiston korxonalari harbiy harakatlar sabab o‘z faoliyatini to‘xtatdi

    26.02.2022, 20:22

    Alisher Qodirov: “Birovning vataniga bostirib borish — sababi nima bo‘lishidan qat’i nazar, noto‘g‘ri!”

    26.02.2022, 19:52

    Kiyevdagi O‘zbekiston elchixonasi vatanga qaytmoqchi bo‘lganlar uchun Polsha chegarasini kesib o‘tish tartibini tushuntirdi

    26.02.2022, 17:54

    Rishton tumani prokurori Oltiariqqa hokim etib tayinlandi

    26.02.2022, 17:21
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kinotavsiya: sevib tomosha qilinadigan 7 ta fransuz komediyasi

    Kino | 6 avgust, 10:58

    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!

    Reklama | 6 avgust, 10:30

    Raqobat qo‘mitasi Yandeks Market reklamasi ishi bo‘yicha Uzum Market foydasiga qaror chiqardi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 10:45

    Indoneziya aviakompaniyalariga O‘zbekistonning barcha xalqaro aeroportlariga parvoz qilish huquqi berildi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 10:24

    Generallar Putinga Ukraina mudofaasi 2-3 oyda qulashiga va’da berdi — Reuters

    Dunyo | 6 avgust, 10:08

    Nima uchun Buyuk Britaniyada qirollik to‘y tortining bir bo‘lagi saqlab qo‘yiladi?

    Shou-biznes | 6 avgust, 09:58

    “Manchester Siti” himoyachisi Vitor Reys faoliyatini La Ligada davom ettiradi

    Sport | 6 avgust, 09:52

    Ukraina Rossiyaning yangi atom suvosti kemasi haqidagi ma’lumotni qo‘lga kiritdi

    Dunyo | 6 avgust, 09:48

    Xitoyda chivin orqali yuqadigan kasallik O‘zbekistonda tarqalmaydi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 09:37

    “Barselona” Erling Holand, Bredli Barkolya va Xulian Alvaresni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

    Sport | 6 avgust, 09:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.