Daryo

O‘zbekiston Ukrainadagi fuqarolarini Polsha orqali evakuatsiya qiladi

Polsha O‘zbekiston fuqarolariga davlat chegarasini vizasiz kesib o‘tish huquqini berishga rozi bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish40 408 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Flickr

O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasi Ukrainada bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarni Polsha orqali evakuatsiya qilish tartibini e’lon qildi.

Foto: Flickr

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining rasmiy vakili Yusup Kabuljanovning yozishicha, Polshaning tegishli idoralari O‘zbekiston fuqarolariga mamlakat davlat chegarasini vizasiz kesib o‘tish huquqni berishga rozi bo‘lgan.

Elchixona Lvovga kelgan fuqarolardan diaspora vakili Ma’ruf Soliyev (+380 96 102 10 95) bilan bog‘lanib, ro‘yxatni shakllantirish uchun unga o‘z ma’lumotlarini taqdim etishni so‘ragan.

“Chegarani faqat O‘zbekistonning Ukraina va Polshadagi elchixonalari vakillari hamrohligida, avtobuslarda markazlashgan holda kesib o‘tish amalga oshirilishini inobatga olishingizni so‘raymiz. Boshqa barcha holatlarda siz chegarada muammoga duch kelasiz”, — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, evakuatsiya qilinadigan fuqarolar ro‘yxatini shakllantirishda birinchi navbatda ayollar, bolalar, talabalar va keksalarga ustuvorlik beradi.

“O‘z fuqarolarimizni xavfsiz evakuatsiya qilishni ta’minlash uchun barcha choralarni ko‘rayotganimizni ma’lum qilamiz”, — deya qayd etiladi xabarda.

Avvalroq Ukraina hududida 4300 ga yaqin O‘zbekiston fuqarosi borligi, Ukrainadagi o‘zbekistonlik talabalar o‘qishni o‘z vatanida onlayn shaklda davom ettirishi mumkinligi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Uzbekistan Airways Kiyevga parvozlar bekor qilinganini ma’lum qildi

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar