Angliyaning “Manchester Siti” klubi markaziy himoyachisi Vitor Reys faoliyatini Ispaniyada davom ettiradi. Insayder Fabritsio Romanoning xabariga ko‘ra, 19 yoshli braziliyalik futbolchi La Liganing “Jirona” klubiga ijara asosida o‘tmoqda.

Manbaga ko‘ra, tomonlar allaqachon transfer bo‘yicha kelishib olgan. Reys yaqin kunlarda Ispaniyaga yo‘l oladi va “Jirona” uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Shundan so‘ng, transfer rasman e’lon qilinadi.
Futbolchining “Manchester Siti”ni tark etishiga asosiy sabab — unga yetarlicha o‘yin amaliyotining berilmagani bo‘ldi. Ayni paytda “shaharliklar” himoya chizig‘ida raqobat kuchli bo‘lgani sababli, Reysning asosiy tarkibdan joy olishi qiyin kechadi. Shu bois, klub uni tajriba to‘plashi uchun ijaraga berishga qaror qilgan.
- Vitor Reys 2025-yilning yanvar oyida Braziliyaning “Palmeyras” klubidan “Manchester Siti”ga 37 million yevro evaziga transfer qilingandi.
- Uning ingliz klubi bilan shartnomasi 2029-yil yozigacha amal qiladi.
- Himoyachi Gvardiola jamoasi safida atigi 4 ta o‘yinda maydonga tushgan.
- Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 30 million yevroga baholamoqda.
Izoh (0)