Davom etayotgan harbiy vaziyat tufayli Ukrainadagi O‘zbekiston korxonalari faoliyatini to‘xtatdi. Bu haqda TIV axborot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 2022-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda Ukraina kapitali ishtirokidagi 173 ta korxona faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, shundan 96 tasi qo‘shma korxona, 77 tasi xorijiy korxonalardir. 2021-yilda 38 ta yangi korxona tashkil etilgan.
2022-yil uchun tasdiqlangan maqsadli investitsiya dasturi doirasida Ukraina kompaniyalari ishtirokida umumiy qiymati 16,5 million AQSh dollaridan iborat 4 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Mavjud vaziyat tufayli yuqoridagi va boshqa ishlab chiqilayotgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish qiyinlashadi.
Mavzuga doir:
- Kiyevdagi O‘zbekiston elchixonasi vatanga qaytmoqchi bo‘lganlar uchun Polsha chegarasini kesib o‘tish tartibini tushuntirdi
- TIV Ukrainadagi O‘zbekiston fuqarolarining evakuatsiyasi yuzasidan qo‘shimcha axborot berdi
- “O‘zbekiston bu masala bo‘yicha vazmin, neytral pozitsiyada” – Sherzod Asadov Ukraina voqealari haqida
Izoh (0)