• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12524.89
    • RUB156.54
    • EUR14456.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Nima uchun Buyuk Britaniyada qirollik to‘y tortining bir bo‘lagi saqlab qo‘yiladi?

    Qirollik to‘y torti shunchaki shirinlik emas, balki glazur bilan qoplangan me’moriy mo‘jiza. U 130 kilogrammdan 230 kilogrammgacha og‘irlikda bo‘lib, bir necha qavatdan iborat va murakkab naqshlar, monogrammalar hamda ramzlar bilan bezatiladi.

    Ulkan to‘y torti an’anasini qirolicha Viktoriya joriy qilgan. 1840-yilda uning shahzoda Albert bilan to‘yida mehmonlarga deyarli 140 kilogramm og‘irlikdagi uch qavatli tort taqdim etilgan. Bu tort gullar, glazurdan yasalgan novdalar va tepasida kelin-kuyovning byustlari bilan bezatilgan. O‘shandan beri birorta qirollik to‘yi bunday ajoyib tortsiz o‘tmaydi.

    1863-yilda Eduard VII va Daniya malikasi Aleksandra nikohida tort gullar bilan bezatilgandi. 1923-yilda turmush qurgan Jorj VI va ledi Elizaveta Bouz-Layon tortining balandligi esa deyarli 3 metrga yetib, go‘yo saroyga o‘xshardi. Birinchi qavatida sirli Vindzor qal’asi va Avliyo Jorj ibodatxonasining nusxalari, ikkinchisida esa kelin voyaga yetgan Glemis qal’asi tasvirlangandi. 

    Ko‘pincha tortni saroy oshpazlari tayyorlaydi, biroq hozirgi kunda monarx oilasiga mansub yosh kelin-kuyovlar o‘z didlariga mos qandolatchilarni ham tanlash imkoniyatiga ega. Masalan, 1981-yilda Diana va shahzoda Charlzning hashamatli to‘yida 3,5 ming mehmonga mo‘ljallangan 23 ta tort bo‘lgan. Ular orasida eng asosiysini Qirollik harbiy-dengiz oshpazlik maktabining novvoyi Devid Everi tomonidan tayyorlangan mevali tort tashkil etgan.

    Shahzoda Garri va Megan Marklning to‘y tortini Londonda istiqomat qiluvchi amerikalik Kler Ptak tayyorlagan. An’anaviy mevali tort o‘rniga u limonli va buzinali tort taklif qildi, uni ipakdek mayin krem bilan qopladi hamda bahor va juftlik go‘zalligiga ishora qilgan holda uni jonli gullar bilan bezadi. An’analarning bunday oyoq osti qilinishi ingliz aristokratiyasi vakillarini anchagina g‘azablantirdi. Biroq zamon o‘zgarmoqda.

    Shahzoda Uilyam va Keyt Middlton esa an’anaviy uslubni tanladi — saroy bosh oshpazi Fiona Kerns tomonidan tayyorlangan qo‘lbola mevali tort. U besh hafta davomida balandligi deyarli bir metrli sakkiz qavatli tort ustida mehnat qildi. Har bir qavatda Ketrinning to‘y libosidagi naqshlarni takrorlovchi bo‘rtma marvaridgullar bor edi. Bundan tashqari, tortni tayyorlashda Angliya, Shotlandiya, Uels va Irlandiya ranglarini ifodalovchi 17 xil shakar pastasidan foydalanildi. Yuqori qavat oilaviy gerbdagidek juftlikning monogrammasi bilan bezatilgan edi.

    Lorddan lordga pochta orqali

    To‘ydan keyin tort bo‘laklari qirollikning qarindosh-urug‘lariga, sadoqatli fuqarolariga va xayriya tashkilotlariga jo‘natiladi. Bu an’anani qirolicha Yelizaveta II va Edinburg gersogi Filipp boshlab bergan. 1947-yilda ularning to‘y torti deyarli 3 metr balandlikda bo‘lib, 220 kilogramm og‘irlikka ega edi. Ikki ming bo‘lak marosim mehmonlariga tarqatiladi, yana yuzlab bo‘laklar chiroyli qutilarga joylanib, butun mamlakat bo‘ylab yuboriladi.

    Просто королевские свадебные торты)

    Baxt uchun saqlab qo‘yib, bir yildan so‘ng iste’mol qilish

    Bundan tashqari, XIX asrdan boshlab Britaniya aristokratiyasida tortning bir qismini saqlash va uni to‘ng‘ich farzandning cho‘qintirilishi marosimida iste’mol qilish an’anasi mavjud edi. O‘sha davrda mashhur bo‘lgan quruq mevali va zich xamirli tortlarga rom, brendi, sherry kabi spirtli ichimliklar qo‘shilardi. Bu tortlar spirt va shakar tufayli yaxshi saqlanib, mato yoki mum qog‘ozga zich o‘ralib, salqin omborxonalarda saqlanardi. Zamonaviy tushunchada bu tort emas, balki keks hisoblanadi.

    Bu an’anani ayniqsa Qirolicha Yelizaveta II va shahzoda Filipp mashhur qildi. Ular tortlarining yuqori qismini to‘ylaridan bir yil o‘tgach, to‘ng‘ich o‘g‘illari shahzoda Charlzning cho‘qintirilish marosimigacha saqlab qo‘yishadi.

    Bugungi kunda tortni, hatto kremli bo‘lsa ham kuchli muzlatkichlarda saqlash mumkin. Ammo hozirda farzand ko‘rish ko‘pincha bir necha yilga kechiktirilgani sababli uni to‘yning navbatdagi yilligida iste’mol qilish odat tusiga kirdi. Bu nikohning mustahkamligi va muvaffaqiyatini ramziy ifodalaydi. Britaniya qirol oilasi a’zolari ham bu an’anani davom ettirmoqda.

    Yeyish emas, kolleksiya qilish

    Qirollik to‘yidan sovg‘a qilingan tort bo‘lagini iste’mol qilish odobdan emas. Bunday shirinlikni odatda asl o‘ramida - muzlatgichlarda, seyflarda, oynali vitrinalarda ehtiyotkorlik bilan saqlashadi. Ba’zi kolleksionerlar hatto bu bo‘laklarni oilaviy qimmatbaho buyumlar singari sug‘urtalaydi. Ularning merosxo‘rlari esa bu noyob narsalarni kimoshdi savdosida sotadi. Bunday yodgorliklar uchun eng mashhur “bozor” Julien’s auksion uyi bo‘lib qoldi. Masalan, 2021-yilda shahzoda Charlz va Diananing to‘yidan qolgan, 40 yil qutida saqlangan tort bo‘lagi 2500 funt sterlingga sotildi. Xaridor uni nima qilgani noma’lum.

    Saroyda ishlagan mebel ta’mirchisi Nayjel Rikkets yosh kelin-kuyov Charlz va Dianaga antiqa stol sovg‘a qiladi, o‘zi uchun esa “Bukingem saroyi” deb yozilgan esdalik qutisida ularning tortidan bir bo‘lak olib qoladi. Uning vafotidan so‘ng, 2022-yilda bu yodgorlik kimoshdi savdosida ramziy narxga — atigi 170 funtga sotiladi. 

    Просто королевские свадебные торты)

    2024-yilda ham kimoshdi savdoga noyob nusxa — 1947-yilda Yelizaveta II va shahzoda Filippning to‘yidan qolgan tort bo‘lagi qo‘yiladi. Uni Xolirudxaus saroyining uy boshqaruvchisi Merion Polsonga shaxsan sovg‘a qilingandi. Bo‘lak xitoylik anonim xaridorga 2800 dollarga sotilgunga qadar uning oilasida 77 yil saqlangan.

    Saqlanib qolgan eng og‘ir va qimmatbaho tort bo‘laklaridan biri qirolichaning xizmatida bo‘lgan Moyra Smitga sovg‘a qilingandi. Gerb, bezakli barglar va sirlangan taqa bilan bezatilgan taxminan 700 gramm og‘irlikdagi bo‘lak uzoq vaqt davomida uning oilasida saqlangan va deyarli yangiday ko‘rinardi. Moyra vafot etgach, u 2565 dollarga sotildi. Yangi egasi, kolleksioner Jerri Leyton tort o‘zining qirollik yodgorliklari to‘plamida faxriy o‘rin egallashini ma’lum qildi.

    Традиционный английский королевский свадебный торт: duchesselisa —  LiveJournal

    Biroq bugungi kunda narx bo‘yicha rekordchi — Uilyam va Keytning mevali to‘y tortining bir bo‘lagidir. 2014-yilda u 7500 dollarga sotilgan. Uch yil saqlangan tort juftlikning shaxsiy tilaklari bitilgan tunuka qutiga joylashtirilgan edi. Qizig‘i shundaki, lotni er-xotinning o‘zlari — yo hazillashib, yo puxta o‘ylab qo‘yishgan.

    6 avgust, 09:58   Izoh (0)   686
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ukraina Shahed dronlarida Hindistonda ishlab chiqarilgan qismlarni topdi

    Dunyo | 6 avgust, 12:53

    Toshkentda uy-joy va yer narxlari pasaydi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 12:42

    Google endi Janubiy Koreya harbiy obyektlarini xaritada xiralashtirib ko‘rsatadi

    Dunyo | 6 avgust, 12:31

    Xitoy o‘zining yangi jangovar samolyotini sinovdan o‘tkazmoqda (foto)

    Dunyo | 6 avgust, 12:21

    Suvga tushganda o‘z-o‘zidan qutqaruv balloniga aylanuvchi sharcha ixtiro qilindi (foto)

    Layfstayl | 6 avgust, 12:20

    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!

    Reklama | 6 avgust, 10:30

    “Hizbulloh” rahbari Isroilga raketalar yog‘dirish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 6 avgust, 12:10

    “Nyukasl” himoyachisini Seul aeroportida unutib qoldirdi

    Sport | 6 avgust, 12:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.