Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

24-fevral kuni erta tongda Kiyev, Xarkov va Dneprda harbiy infratuzilma obyektlariga raketa hujumlari uyushtirildi. Bu haqda Ukraina Ichki ishlar vazirligi rahbari maslahatchisi Anton Gerashchenko Facebook’da ma’lum qildi.

“Bosqin boshlandi. Hozirgina Kiyev, Xarkov, Dneprdagi harbiy boshqaruv markazlari, aerodromlar, harbiy omborlarga raketa zarbalari berildi. Chegara artilleriyadan o‘qqa tutilmoqda. Bugundan boshlab dunyoda yangi geosiyosiy voqelik vujudga keldi. Yo Ukraina va dunyo yangi Gitlerni hoziroq to‘xtatadi, yoki Uchinchi jahon urushi bo‘ladi”, — deb yozgan u.

Xarkovdan kadr

Xarkovdan kadr
Foto: “UNIAN”

Ukraina ommaviy axborot vositalarining yozishicha, Rossiya qo‘shinlari Xarkov yaqinida Ukraina chegarasini kesib o‘tgan. Shuningdek, Mariupol va Odessaga Rossiya desant qo‘shinlarining tashlangani haqida ham xabar berilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 2-dekabr kuni 156 kishida koronavirus aniqlandi
Mahalliy
Janubiy Koreya mamlakatda ishlash niyatidagi o‘zbekistonliklar uchun kvotalar sonini oshiradi
Dunyo
“Hind Chernobili” — Pxobaldagi texnogen halokat, Eron oliy rahbariga aylangan Homanaiy va Sovuq urushga yakun yasagan Yelsin—Bush. Kun xronologiyasida 3-dekabr