• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12456.25
    • RUB158.36
    • EUR14461.71
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Afg‘onistonda Oliy sud xodimlari maosh olmayotgani tufayli norozilik namoyishi o‘tkazdi

    Kobulda Afg‘oniston Oliy sudining xodimlari “Tolibon” harakati hokimiyat tepasiga kelganidan so‘ng maosh berish to‘xtatilgani tufayli norozilik namoyishi o‘tkazdi. TOLOnews telekanalining aniqlik kiritishicha, gap texnik xodimlar haqida ketmoqda, sud tizimi “Tolibon” vakillaridan iborat.

    Foto: Global Look Press

    Foto: Global Look Press

    “Oxirgi to‘rt oyda maosh olmadim. Hozir qish, havo sovuq. Odamlarning barchasi ko‘plab muammolarga duch kelmoqda”, — deydi Oliy sudning Najmiddin ismli ishchisi jurnalistlarga.

    “Biz Islom Amirligiga petitsiya bilan murojaat qildik. Ular ishdan bo‘shatilmasligimizni bildirdi, ‘Tolibon’ hozircha uyda qolishimizni va ishga bormasligimizni aytdi”, — deydi sudning yana bir xodimi Muhammad Ilhom.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, Oliy sudning ayrim bo‘linmalari tugatilgani sababli 900 ga yaqin texnik xodim ishidan ayrilgan. Qolgan texnik xodimlar noaniq vaziyatda — ba’zilariga uyda qolish taklif qilingan, boshqalari ishlashda davom etmoqda, lekin maosh olmayapti.

    “Tolibon” oktabr oyi o‘rtalarida Oliy sud uchun yangi tizim tuzilganini e’lon qilgandi. Yangi sudyalar — “Tolibon”ga a’zo dindorlar. Afg‘onistonning “Tolibon” tomonidan ag‘darilgan hukumati davrida ishga olingan xodimlar Oliy sud binolarini tozalash va boshqa maishiy muammolarni hal qilish uchun qoldirilgan.

    TOLOnews xabariga ko‘ra, afg‘onistonlik shifokor va o‘qituvchilar ham oylik maoshi kechikayotganidan shikoyat qilmoqda. “Tolibon” hokimiyatni egallab olganidan keyin maosh berish to‘xtatilgan. Muammoning bir qismini Afg‘onistonning qator viloyatlarida shifokor va o‘qituvchilarning mehnati uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri haq to‘laydigan xalqaro tashkilotlar hal qilmoqda. Masalan, oktabr-noyabr oylarida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Afg‘oniston bo‘ylab qariyb 23,5 ming tibbiyot xodimiga qariyb 8 million dollar maosh to‘lagan.

    Shu bilan birga, “Tolibon” hokimiyatni qo‘lga kiritgach, mamlakatda ishsizlik keskin oshgan. Xususan, harakat tomonidan kiritilgan cheklovlar tufayli ko‘plab ayollar ishsiz qoldi. Afg‘on ayollari o‘z huquqlari, jumladan, ishlash huquqi toliblar tomonidan poymol etilishiga qarshi muntazam ravishda namoyishlar o‘tkazmoqda, deyiladi xabarda.

    Afg‘onistondagi iqtisodiy vaziyat “Tolibon” hokimiyatni qo‘lga kiritganidan beri yanada yomonlashmoqda. Harakat ko‘plab mamlakatlarda terrorchi deb tan olingani bois boshqa davlatlar hukumatlari va ko‘plab xalqaro tashkilotlar Afg‘oniston hududida o‘z loyihalarini amalga oshirishni to‘xtatib qo‘ygan. “Tolibon” hokimiyatni qo‘lga kiritgunga qadar Afg‘oniston iqtisodiyotining deyarli yarmi chet el mablag‘laridan iborat edi.

    “Tolibon” hokimiyatga kelgach, AQSh hukumati afg‘on aktivlarini, Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg‘armasi esa Afg‘oniston iqtisodiyoti va boshqaruvini qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan mablag‘larni “Tolibon” qo‘liga tushib qolishidan va noto‘g‘ri maqsadda ishlatilishidan qo‘rqib, muzlatib qo‘ygandi. Afg‘onistondagi iqtisodiy vaziyatning yomonlashuvi fonida “Tolibon” bir necha bor Vashingtonni afg‘on aktivlarini blokdan chiqarishga chaqirgan. Oq uy Afg‘onistonning AQShdagi zaxiralarini blokdan chiqarish rejada yo‘qligini ma’lum qilgan.

    28.12.2021, 17:25   Izoh (0)   14871
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Turkiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni rekord darajada oshdi

    28.12.2021, 16:55

    Yaponiya hukumati yolg‘izlikka qarshi kurashish dasturini tasdiqladi

    28.12.2021, 16:24

    Dunyo bo‘ylab bir sutkada rekord darajada ko‘p odamda COVID-19 aniqlandi

    28.12.2021, 15:54

    Rossiyada Navalniy shtabining sobiq rahbarlari hibsga olindi

    28.12.2021, 15:08

    Braziliyada suv toshqinlari tufayli 100 ta shaharda favqulodda holat e’lon qilindi

    28.12.2021, 14:53

    Gretsiyada 2 haftalik kuchaytirilgan karantin e’lon qilindi

    28.12.2021, 14:07
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Isroil hujumida 80 dan ortiq g‘azolik halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 25 iyun, 08:40

    O‘zbekistonliklar qurilish, logistika, tibbiy xizmatlar bo‘yicha Shvetsiyaga ishga yuboriladi

    O‘zbekiston | 25 iyun, 08:38

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Chelsi” 3-turda yirik hisobda g‘alaba qozondi, yana bir uchrashuvda durang qayd etildi (video)

    Sport | 25 iyun, 08:38

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Benfika” so‘nggi turda “Bavariya”dan ustun keldi, “Boka Xuniros” turnir bilan xayrlashdi (video)

    Sport | 25 iyun, 08:10

    “Daryo” dayjesti: 24-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 24 iyun, 23:15

    Chinozdagi dehqon bozorida o‘g‘rilik sodir etgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 24 iyun, 23:00

    NASA’ning “o‘lik” sun’iy yo‘ldoshi 60 yildan so‘ng birinchi marta signal yubordi

    Dunyo | 24 iyun, 22:38
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.