Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Vashington Afg‘onistonning AQShdagi davlat zahiralarini blokdan chiqarishni rejalashtirmayapti, deya xabar berdi “Afghanistan.ru”.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Oq uy matbuot kotibi Jen Psaki muzlatilgan aktivlar bilan bog‘liq vaziyatni sharhlar ekan, AQSh ittifoqchilar bilan kelishilgan holda bu masalani o‘rganishda davom etayotganini ta’kidladi, biroq uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda bu borada hech qanday yangilik yo‘q.

Psakining so‘zlariga ko‘ra, moliyaviy aktivlarning holati 11-sentabr teraktlari qurbonlarining oilalari tomonidan qo‘zg‘atilgan sud muhokamasining mavzusidir. Uning qo‘shimcha qilishicha, bu jarayonlarni “e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi, ular kamida yil oxirigacha, ehtimol uzoqroq muddatga mablag‘larning har qanday harakatini vaqtincha to‘xtatib turishga sabab bo‘ladi”.

Shuningdek, Psakining ta’kidlashicha, ushbu pullar “Tolibon”ga emas, balki afg‘on xalqiga foyda keltirishini ta’minlash uchun qanday yo‘l tutish borasidagi murakkab savollar AQShni hamon o‘ylantirmoqda.

Bundan tashqari, uning aytishicha, “Tolibon” terrorchi guruh sifatida AQSh sanksiyalari ostida, uning bir qator yetakchilari esa Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan, bularning barchasi ular bilan moliyaviy hamkorlikni murakkablashtiradi.

Eslatib o‘tamiz, Afg‘onistondagi iqtisodiy vaziyatning yomonlashuvi fonida “Tolibon” bir necha bor Vashingtonni afg‘on aktivlarini blokdan chiqarishga chaqirgan. Ayni paytda afg‘on valyutasi pasayishda davom etmoqda: 13-dekabr kuni Kobulda 1 dollar evaziga 123 afg‘oni berilgan.

Afg‘onistonda “Tolibon” hokimiyatga kelgach, AQSh hukumati afg‘on aktivlarini, Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg‘armasi esa Afg‘oniston iqtisodiyoti va boshqaruvini qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan mablag‘larni “Tolibon” qo‘liga tushib qolishidan va noto‘g‘ri maqsadda ishlatilishidan qo‘rqib, muzlatib qo‘ygandi. Rossiya, Xitoy, Pokiston va bir qator MDH davlatlari AQSh sanksiyalari og‘ir ahvolda qolgan afg‘on xalqiga gumanitar yordam yetkazilishga to‘sqinlik qilayotganini da’vo qilib, bu pullarni blokdan chiqarishga chaqirmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Hududgazta’minot” aholini gazdan oqilona foydalanishga chaqirdi
Mahalliy
“Kimdir javob berishi, kimdir qusishi kerak” — faollar gaz va elektr muammosi sababchilariga jazo so‘ramoqda
Mahalliy
Toshkent viloyatida er-xotin va ularning uch oylik chaqalog‘i is gazidan vafot etdi