• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12603.52
    • RUB160.94
    • EUR14676.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Ochdan o‘lmaslik uchun qizlarini sotayotgan afg‘onlar. 500 dollarga pullangan qizaloq aka-opalarining najotkori

    Tolibon hukumatga kelgach, ochlik xavfi ostida afg‘on oilalari farzandlarini pul evaziga sotishga urinmoqda. Tashqi yordamning payi qirqilgani mamlakat iqtisodiyotini inqiroz yoqasida qoldirmoqda. Xorijiy nashrlar, jumladan, BBC, CNN ushbu holat haqida materiallar e’lon qildi. “Daryo” Afg‘onistonning chekka hududlarida, qashshoqlik va ochlik hukm surayotgan qishloqlarida sotilayotgan qizaloqlar haqidagi bu maqolalarni tarjima qildi. 

    Oiladagilari ochdan o‘lmasligi uchun 500 dollarga sotilgan chaqaloq.

    Oiladagilari ochdan o‘lmasligi uchun 500 dollarga sotilgan chaqaloq.
    Foto: BBC

    BBC muxbiri Yogita Limaya Afg‘oniston g‘arbiga, Hirotdan uzoqroqda joylashgan qishloqqa safar qilib, boshqa bolalarini asrab qolish uchun endigina dunyoga kelgan chaqalog‘ini 500 dollarga sotgan ona bilan suhbatlashdi.

    Ismi noma’lum xaridor ularga qizginani o‘stirib, o‘g‘liga nikohlab qo‘yishini aytib, ota-onani ishontirgan, lekin uning orzu-niyatiga kafolat yo‘q. Xaridor oilaga bir necha oyga yetgulik oziq-ovqat uchun 250 dollar bo‘nak berib, qolganini “qizaloq tetapoya qilgach” qaytib kelib to‘lashini bildirgan.

    – Kattalari ochlikdan o‘lar holatga kelayotgani uchun qizimni sotishga majbur bo‘ldik, – deydi ona BBC’ga. – Qandoq g‘amga botmay? Axir u ham bolam. Qaniydi sotmaganimda...

    Afg‘oniston – o‘nlab yillar davom etgan mojarolar, korrupsiya uchiga chiqqan, hukumat boshqarsa ham, butunlay G‘arbga mute, yalpi ichki mahsulotining 40 foizi chet el yordamiga bog‘liq qashshoq o‘lka.

    Koronavirus pandemiyasi, qurg‘oqchilik, bir kecha-kunduzda hukumatning qulashi, uch oycha avval boshqaruvning “Tolibon” qo‘liga o‘tishi vaziyatni og‘irlashtirdi, mamlakat iqtisodiyotini butunlay boshi berk ko‘chaga olib kirdi.

    Ko‘mak to‘xtagach, oziq-ovqat narxi oshib, pul qadri tushib ketgan, ishchilar maoshsiz, mahalliy tadbirkorlarning bozori kasod, oilalar esa o‘zlarida bor jamiki narsani – hatto bolalarini ham – omon qolish niyatida qurbon qilishga majbur.

    Chiqindi-axlatlarni yig‘ib-terib ro‘zg‘or tebratadigan ota bugun qanday yo‘l bilan bo‘lmasin, pul topishga urinyapti. Oilaning bundan bo‘lak chorasi yo‘qligini tushuntiradi.

    – Och yashayapmiz. Uyda na un, na yog‘ bor. Hech vaqo yo‘q. Go‘dak qizim kelajagi qanday bo‘lishini hozir tushunmaydi. Uni sotganimiz haqida kun kelib nima deyishini ham bilmayman. Lekin shunga majbur bo‘ldim, – deydi u.

    500 dollarga sotilgan chaqaloqning otasi va akalari.

    500 dollarga sotilgan chaqaloqning otasi va akalari.
    Foto: BBC

    Bolalar nikohi Afg‘onistonda asrlar bo‘yi hukmron. Mamlakatning bugungi tang iqtisodiy ahvoli juda ko‘p oilani yuqoridagi holatga solayotgani rost. Qizlar hayotini barvaqtdan barvaqt bitimga tikishga olib bormoqda.

    Bo‘lg‘usi kuyovning ota-onasi yaxshigina savdolashib, to‘lovlar orqali qizlarni qaramoqlariga oladilar.

    BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi Afg‘onistonning yarmidan ko‘p aholisi, taxminan, 22,8 million kishi kelasi oylar davomida to‘yib ovqatlanmaslik va ochdan halok bo‘lishi, “zudlik bilan davolanmasa”, millionlab bola ham o‘lim xavfi ostida qolishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Bor-yo‘g‘i 5 foiz oilaning har kuni yeyishga oziq-ovqati bor, deya hisob beradi dastur.

    “Bunday ayanchli holatdan chiqish uchun millionlab dollar zarur, – deydi xalqaro tashkilot. – Naqd pullar esa ‘Tolibon’ning talon-torojidan qo‘rqib o‘tirgan hukumat qo‘lida haliyam”.

    Darvoqe, “Bolalarni asrang” xalqaro tashkilotining keltirishicha, oilalar “kichik bolalarini ovqat ilinjida pullashmoqda, kattaroqlarini ishlagani yuborishmoqda yoki birgina quruq non bilan kun kechirmoqda”.

    Vaziyat jiddiyligini ta’kidlagan holda, shu hafta poytaxt Kobulda sakkiz nafar bola ochdan o‘lgani xabar qilindi.

    Yaqin-atrofdagi masjid imomi Muhammad Ali Bomiyoniy jurnalistlarga otalari saraton, onalari yurak xastaligidan vafot etgach, g‘irt yetim qolgan jigarbandlar haqida so‘zlab berdi.

    Imom so‘zlayotib, bolalarning uyiga kirarkan, “Sakkiz nafariyam allaqachon o‘lib bo‘lgandi. Ochlikdan jon bergani ochiq-oydin ko‘rinib turardi. Faqat bittasi shu qadar majolsiz, bedarmonligidan oyog‘iniyam cho‘zolmasdi”, – deydi.

    Jahon oziq-ovqat tashkilotining ma’lum qilishicha, Afg‘onistonning chekka hududlarida qayd etilgan qashshoqlik darajasi hozir katta shaharlarga “hujum” qilmoqda. Bu qish hamma oziq-ovqat taqchilligini boshidan kechirishi tayin.

    Yaqinlashayotgan qahraton qish qurg‘oqchilikni boshdan kechirgan, o‘zi oziq-ovqatga muhtoj 7,3 million dehqon yerlarini “qirqib tashlash” bilan tahdid qilayotgani bor gap.

    Jahon oziq-ovqat tashkiloti zudlik bilan mablag‘ yig‘ib, barchani to‘ydirishga oyiga 220 million dollar kerak bo‘lishi mumkinligini aytmoqda. Qurg‘oqchilikdan aziyat chekkan qishloqlarga yordam tariqasida yana 211 million dollar kerak bo‘ladi.

    Xorijiy ko‘makning uzilgani sog‘liqni saqlash tizimiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Tibbiyot xodimlariga haq to‘lanmayapti, tibbiy yordam uchun biror fond, jamg‘armaning o‘zi yo‘q.

    Yosh egizaklari Hirotning “Chegara bilmas shifokorlar” xalqaro mustaqil notijorat tibbiy-gumanitar tashkiloti kasalxonasida yotgan ona: “Ikkala bolam ham o‘lim bilan olishyapti. Qo‘limizda durust pulimiz ham yo‘q”, – deydi. “Butun dunyo afg‘onlarga yordam bersa qaniydi. Hech bir onaga meningdek bolalarining o‘limi bilan yuzma-yuz kelganini ko‘rish nasib qilmasin”.

    Egizaklari o‘lim bilan olishayotgan ona.

    Egizaklari o‘lim bilan olishayotgan ona.
    Foto: BBC

    Mamlakatlar yetakchilari o‘lkaga 1 milliard dollar yordam puli ajratishni va’da berishdi, lekin bu mablag‘ “Tolibon” taloviga uchramasligi yo‘lini izlamoqdalar.

    G‘aznachilik departamentining sobiq xodimi va Yangi Amerika xavfsizligi markazi xodimi Aleks Zerden o‘tgan oy CNBC telekanalini Tolibon saflarida korrupsiya potensiali “yuqori” ekanidan ogohlantirgandi.

    Katta hajmdagi naqd pullar aylanadigan milliy bank qatori Afg‘oniston banklarining to‘rtdan bir qismi davlatga tegishli, deydi u.

    “Tolibon bojxona, soliqni nazorat qiladi. Bir oy avval tovlamachilik bilan shug‘ullanganlar endiyam o‘zgarmaydi deb o‘ylayman”, deya so‘ziga yakun yasaydi.

    Afg‘oniston g‘arbiga qurg‘oqchilik yopirilgach, turmush o‘rtog‘i uydagilar ochdan o‘lmaslik uchun ikki kenja qizlarni sotamiz, deganida Fahima ko‘p yig‘ladi.

    Kiyimi-yu yuzlari loyga chaplangan olti yashar Farishta va endigina bir yarim yoshni to‘ldirgan Shukriya yirtiq-yamoq brezent boshpanada onalarining oldida jilmayib o‘tirishadi.

    Ular uydagilarning omon qolishi uchun sotilganlarini bilishmaydiyam. Kuyovning oilasi kattasi uchun 3350 dollar, kichkinasiga 2800 dollarcha pul to‘ladi.

    Vaqti yetib, aytilgan summa to‘liq to‘langach, qizaloqlar ota-onalari, Badg‘is viloyati Qal’ai Navdagi boshpanasizlar jamlog‘iga xayr deyishlariga to‘g‘ri keladi.

    Bunday ayanchli taqdirlar minglab uysizlar, ayniqsa, Afg‘onistonning eng qashshoq, qurg‘oqchilikdan aziyat chekayotgan tumani uchun oddiy holga aylanib bo‘lgan.

    AFP muxbiri boshpanasizlar jamlog‘i va qishloqlarda yurib, 15 tacha oila chaqaloq qizlarini 550 dollardan 4000 dollargacha sotishga urinishayotganiga guvoh bo‘ladi.

    Bu “tajriba” keng quloch yozgan. Jamloqlar va qishloqdagilar bunday holat 2018-yilgi qurg‘oqchilikdan keyin ko‘p uchragani, shu yilgisi esa sonlarni orttirib yuborganini aytishadi.

    Badg‘is viloyatining Qal’ai Navdagi boshpanasizlar jamlog‘idan qo‘nim topganlar. 2021-yil 17-oktabr.

    Badg‘is viloyatining Qal’ai Navdagi boshpanasizlar jamlog‘idan qo‘nim topganlar. 2021-yil 17-oktabr.
    Foto: BBC

    Fahimaga qo‘shni yashaydigan 25 yoshli Sabehrehning oilasi baqqoldan doim barra mahsulotlar sotib oladi. Baqqol esa qarzlarini to‘lashmasa, “qamatib yuborish” bilan ogohlantirgan.

    Qarz-havolani to‘lash uchun oila 3 yashar Zakerehni baqqolning 4 yashar o‘g‘li Zambiolahga nikohlanishi uchun sotdi. Qizaloqning hech narsaga fahmi yetmaydi. Qaynota esa o‘g‘li ulg‘ayib, kelinni o‘zi olib ketishga tayyor bo‘lmagunicha kutib turishga qaror qildi.

    – Bu ishimizdan qayg‘udaman. Ammo yeyishga hech vaqomiz yo‘q. Agar shunday davom etaversa, uch oylik qizalog‘imizni ham sotishga majbur bo‘lamiz, – deydi Sabehreh alam bilan.

    – Ko‘pchilik sotyapti qizlarini, – deydi yaqindagina 8 yoki 9 yashar Ase ismli qizini ularga qarz bergan 23 yashar yigitga sotgan Gul Bibi.

    Yigit hozircha Eronda. Lekin Gul Bibi vaqti kelib kuyov yurtga qaytib, Aseni olib ketishini o‘ylasa, dahshatga tushadi.

    – Bilamiz, bu yaxshi ish emas, ammo boshqa ilojimiz ham yo‘q, – deydi qo‘shni jamloqdan qo‘nim topgan Hayotulloh suhbatga aralashib.

    Qal’ai Navdagi boshqa jamloqda yashaydigan Muhammad Assan shahardan ancha olisdagi kelinlik uylariga olib ketilgan qizlari 9 yashar Siana va 6 yashar Hadiya Gulning suratlarini ko‘rsatib, g‘azabini yashirolmaydi.

    – Ularni keyin boshqa ko‘rmadik, – deydi u. – sotmoqchi emasdik, nachora, boshqa bolalarim tirik qolishi uchun shunga ko‘ndim. – Qizlarim sog‘-salomat, yeyishga nimadirlari bor har holda, – davom etadi u. O‘zini yupatishga urinarkan, qo‘shnilari ulashgan non bo‘laklarini ko‘rsatadi. Bugunga yeyishga shugina bor, xolos.

    Kasalmand xotinining xarajatlari borligi uchun Assanning boshi qarzdan chiqmaydi. Bir necha kun oldin 4 yashar qiziga xaridor izlashga tushdi.

    – Ba’zi kunlari ichimga chiroq yoqsa, yorishmaydi. Uydan chiqib ketib, ketaveraman, ketaveraman, qayerga ketayotganimni esa bilmayman, – deydi uning ayoli Dada Gul titig‘i chiqib ketgan chodirda o‘tirgancha.

    Onalar uchun bu holat – nihoyasiz dahshatli tush. Bolani sotishga qaror qilish, yillar bo‘yi – qizlari 10–12 ga kirguncha, egasining xonadoniga ketish yoshiga yetguncha kutish, keyin ajralish dahshatning o‘zi.

    Qurg‘oqchilikdan aziyat chekkan 43 yashar beva Robiya esa qo‘lidan kelganicha bu jarayonni ortga surishga urinyapti. 12 ga kirgan qizini 550 dollarga sotgan, lekin kuyov xonadoni qizni bir oycha avval olib ketishga kelganlarida bu muddatni yana bir yilga cho‘zishlarini yalinib-yolvorib so‘ragandi.

    “Agar yeyishga nimadir topilsa”, Robiya qizini qaytarib olmoqchi. Lekin yana yonidagi uch bolasi bilan yashashning o‘zi bo‘lmaydi. 11 yashar o‘g‘li novvoyxonada ishlaydi. Kuniga 50 sent pul topadi. 9 yashar o‘g‘li esa axlat-chiqindilarni yig‘ib yuradi.

    “Yuragim chil-chil sinib ketadi, ammo bolalarimni asrab qolishim kerak”, – deydi u.

    Jamloqda tilanchilik qilib yoki arava tortib, yaqinlashayotgan qishdan eson-omon chiqishni o‘ylab arzimagan chaqa evaziga kun o‘tkazadilar.

    “Bu adolatdan emas”

    Har kech Abdul Rahim Akbar o‘ta qashshoq oilalarga ko‘mak uchun non yig‘ib yuradi. “Jamloqqacha yetib kelgan minglab oilani ko‘rganman. Ukam ham”, – deydi u.

    Bir necha kun oldin u Tolibonlarning rasmiysi huzuriga borib yordam berishlarini so‘radi. 90 foiz aholisi yetarli oziq-ovqatdan mahrum viloyatga ko‘mak berishga hukumatning imkoni yo‘q, aslida.

    Tolibon shu yilning avgustida iqtidorga kelguncha avvalgi hukumat qonunida 16 yoshdan kichik qizlarning nikohi taqiqlanardi.

    YuNISEFning 2018-yildagi hisobotiga ko‘ra, 28 foiz afg‘on qizlari 18 ga to‘lmay uzatilgan. Bunga moliyaviy muammolar asosiy sabab. Chunki nikoh xonadondagilarning eson-omonligini ta’minlaydigan najot yo‘lidir. Biroq barvaqt turmushga chiqayotgan qizlar farzand dunyoga keltirishda arosatda qolish, oiladagi zo‘ravonlik qurboni bo‘lish xavfi ostida qolishi ko‘proq bo‘ladi.

    Kuyovlar uchun esa yosh qizni sotib olish foydaning o‘zi. Chunki kattaroq yoshdagilar qimmatroq turadi.

    Afg‘onistonning shundoq shimolidagi uchinchi eng katta shahar – Hirotning boshpanasiz aholisi boshiga ulkan ofat xavf solmoqda. Badg‘islik uy-joyidan ajralgan Alahiddin ham 10 yashar qizini sotganlardan.

    – Boshqa choram bo‘lganida bu ishga hecham qo‘l urmagan bo‘lardim, – deydi u. Uning yana 5 yoshli boshqa qizi bor. Imkonini topsa, shu “qizini ham sotmoqchi”.

    Rosti, otalar azobini yashirishga qo‘pol so‘zlar kamlik qiladi. Oilasini chindanam ta’minlay olmasligini yuz-ko‘zi, ovozi shundoq fosh etib qo‘yadi.

    – Bilaman, bu noto‘g‘ri, – deydi sobiq nishondor kultivator Boz Muhammad. – Hammamiz qirilib bitamiz deb o‘ylagandim.

    30.11.2021, 19:51   Izoh (0)   36144
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Gurbanguli Berdimuhamedov amaldorlarga Turkmanistonda Betaraflik kuni va Yangi yil bayramini munosib tarzda o‘tkazishni buyurdi

    30.11.2021, 19:06

    Ramzan Qodirov “badjahl va qattiqqo‘l yigitlarni” ayollarga nisbatan ko‘proq hurmatda bo‘lishga chaqirdi

    30.11.2021, 18:35

    Qirg‘izistondagi parlament saylovlari vaqtida “Ordo” partiyasining yetakchisi yo‘qolib qoldi. U oradan 2 kun o‘tgach aloqaga chiqdi va tog‘da ko‘ngilsizlikka uchra...

    30.11.2021, 17:37

    Shotlandiyada Buyuk Britaniyadan ajralib chiqish bo‘yicha ikkinchi referendum 2023-yilda o‘tkazilishi mumkin

    30.11.2021, 15:35

    Pentagon: AQSh harbiy kuchlarining dunyodagi joylashuv tartibida jiddiy o‘zgarish qilinmaydi

    30.11.2021, 14:40

    Barbados respublikaga aylandi. Endi qirolicha Yelizaveta II mamlakatning rasmiy rahbari hisoblanmaydi

    30.11.2021, 13:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik

     

    Tavsiya etamiz

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Martin Lyuter King o‘ldirilishiga oid hujjatlar maxfiylikdan chiqarildi

    Dunyo | 22 iyul, 10:05

    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi

    Reklama | 22 iyul, 09:00

    Levandovski Markus Reshford transferidan xavotirda

    Sport | 22 iyul, 10:01

    40 yoshga yetgunga qadar har bir shaxs o‘zida shakllantirishi kerak bo‘lgan 8 ta odat

    Maslahatlar | 22 iyul, 09:56

    Hibsga olingan Sharof Rashidov tumani hokimi nomidan qarorlar imzolangani aniqlandi

    O‘zbekiston | 22 iyul, 09:47

    “Terminator”ning dastlabki qismlari ajoyibligini isbotlaydigan, ko‘zga tashlanmaydigan detallar

    Layfstayl | 22 iyul, 09:38

    David De Xea: “Ronaldu — bu haqiqiy yirtqich, u kabi futbolchilar tarixda barmoq bilan sanarli”

    Sport | 22 iyul, 09:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.