• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Qirg‘izistondagi parlament saylovlari vaqtida “Ordo” partiyasining yetakchisi yo‘qolib qoldi. U oradan 2 kun o‘tgach aloqaga chiqdi va tog‘da ko‘ngilsizlikka uchraganini ma’lum qildi

    Qirg‘izistonda 28-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan parlament saylovlari vaqtida “Ordo” partiyasi yetakchisi Mirbek Miyarov bedarak yo‘qoldi. U saylovda ovoz berganidan keyin g‘oyib bo‘lgan. Miyarovni qidirish ishlari deyarli ikki sutka davom etdi. 30-noyabr kuni uning o‘zi aloqaga chiqdi va tog‘da ko‘ngilsizlikka uchraganini ma’lum qildi, deb yozadi 24.kg.

    Mirbek Miyarov

    Mirbek Miyarov
    Foto: Facebook

    28-noyabr kuni kechqurun Miyarovni qidirishga militsiya xodimlari ham jalb qilingan, ular siyosiy partiya ofisiga kelib, partiya a’zolaridan tushuntirish xati olgan. Militsiya Miyarovning uyiga ham tashrif buyurgan va oilasidan uning bedarak yo‘qolgani haqida bildirish olgan.

    Partiya siyosiy kengashi a’zosi Mirlan Mamitovning so‘zlariga ko‘ra, u Miyarovni oxirgi marta 28-noyabr kuni soat 15.00 (Toshkent vaqti bilan 16.00) atrofida ko‘rgan. Miyarov Bishkekda 44-maktabdagi o‘z saylov uchastkasiga ovoz berish uchun borgan va shundan keyin undan hech qanday darak bo‘lmagan. Miyarovning qo‘l telefoni o‘chirilgan, qarindoshlari va do‘stlaridan hech kim uning qayerda bo‘lishi mumkinligini bilmasdi. Avvalroq partiya a’zolari o‘z rahbarini Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (GKNB) xodimlari hibsga olgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgan, biroq qo‘mita buni rad etgan.

    “O‘sha kuni u ovoz berdi, men jarayonni suratga oldim va u suratni chop etishni so‘radi. Keyin u mashinasiga minib, jo‘nab ketdi. Uning g‘oyib bo‘lishi uchun hech qanday sabab yo‘q edi. U yolg‘iz edi, unga hamrohlik qiladigan tansoqchilar bo‘lmagan. Bizda turli xil versiyalar bor, ammo hech biri asosli emas. U uyushgan jinoiy guruh a’zolari bilan aloqaga chiqmagan, shuning uchun uni o‘g‘irlab ketgan bo‘lishlari mumkin deb ayta olmaymiz. Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi ham uning hibsga olinganini rad etdi. Undan oldin GKNB uni so‘roqqa olib ketishgan deb o‘ylagandik, shuning uchun politsiyaga bormagandik”, — dedi Mamitov.

    Mirbek Miyarov partiya ro‘yxatida birinchi raqam ostida o‘z nomzodini qo‘ygandi. Qirg‘iziston Markaziy saylov komissiyasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, “Ordo” partiyasi bor-yo‘g‘i 0,45 foiz (qo‘lda sanash natijalariga ko‘ra – 0,5 foiz) ovoz olgan va parlamentga kirmagan.

    2020-yil oktabr oyida Miyarov prezidentning Chuy viloyatidagi vakolatli vakili etib tayinlangan edi, biroq 2021-yilning mart oyida u lavozimidan chetlashtirilgan va uning o‘rniga Erkin Tentishev tayinlangan. Vazirlar Mahkamasi Miyarov “boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan” egallab turgan lavozimidan ozod etilganini ma’lum qilgan.

    “KTRK” efirida bo‘lib o‘tgan saylovoldi teledebatlarida Miyorov amaldagi hukumatning kadrlar siyosatini tanqid qilib, aholining hozir nafaqat parlamentga, balki butun hukumatga ham ishonchi yo‘qligini aytgan.

    “Har bir kelgan hukumat o‘zicha ish qiladi. Har kuni ‘knopkali’ deputatlar yordamida qanchadan qancha qonunlar qabul qilinmoqda, ular esa mamlakatimiz kelajagini barbod qilmoqda. Biz buni to‘xtatishimiz kerak. Odamlar hatto saylovga ham bormaydi, boradiganlar juda oz. Ammo bunday bo‘lmasligi kerak, chunki amaldorlar o‘z cho‘ntaklarini qappaytirmoqda”, — degan Miyarov.

    24.kg nashrining xabar berishicha, 30-noyabr kuni tushdan keyin Miyarov topilgan. Uning o‘zi aloqaga chiqib, ovoz berishdan keyin tog‘ga ketganini, o‘sha yerda mashinasi buzilib qolganini va telefonining zaryadi o‘chganini aytgan.

    28-noyabr kuni Qirg‘izistonda parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. Qirg‘iziston markaziy saylov komissiyasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, parlament saylovlarida 50 foizdan ortiq byulletenlar o‘rganib chiqilganidan keyin “Ota yurt Qirg‘iziston” partiyasi (ayni vaqtda mamlakatdagi hukmron partiya) yetakchilik qilgan.

    Keyinroq Qirg‘izistondagi beshta partiya saylovlar natijasini tan olishdan bosh tortgani xabar qilingan.

    Mavzuga doir:

    • Qirg‘izistonda deputatlar va sobiq amaldorlar ishtirokidagi davlat to‘ntarishiga urinishning oldi olindi
    • Qirg‘iziston Xavfsizlik kengashi davlat to‘ntarishiga urinish tashkilotchilari jazolanishini bildirdi

    30.11.2021, 17:37   Izoh (0)   26237
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shotlandiyada Buyuk Britaniyadan ajralib chiqish bo‘yicha ikkinchi referendum 2023-yilda o‘tkazilishi mumkin

    30.11.2021, 15:35

    Pentagon: AQSh harbiy kuchlarining dunyodagi joylashuv tartibida jiddiy o‘zgarish qilinmaydi

    30.11.2021, 14:40

    Barbados respublikaga aylandi. Endi qirolicha Yelizaveta II mamlakatning rasmiy rahbari hisoblanmaydi

    30.11.2021, 13:56

    Qozog‘iston koronavirusning yangi shtammi tufayli mamlakatga kirish tartiblarini kuchaytiradi

    30.11.2021, 12:42

    Zelenskiy Ukraina xavfsizlik xizmati kontrrazvedka departamenti boshlig‘ini ishdan oldi

    30.11.2021, 10:44

    Twitter asoschisi Jek Dorsi kompaniya bosh direktorligidan ketdi

    30.11.2021, 09:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yuziga ajin tushishidan qo‘rqib, 40 yil tabassum qilmay yashagan ayol hozir qanday ko‘rinishda?

    Layfstayl | 23 avgust, 12:45

    O‘zbekiston MOQ rahbarlari “Manchester Siti” klubi mehmoni bo‘lishdi

    Sport | 23 avgust, 12:30

    Uzbekistan Airports’ning 6,8 mlrd so‘mlik davlat xaridi qonunchilikka zid o‘tkazilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 12:25

    Tailandda qirolni haqorat qilgan sobiq bosh vazir va milliarder oqlandi

    Dunyo | 23 avgust, 12:05

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.