“O‘zmetkombinat” AJ o‘z tarixida ilk bor Germaniyaning suv va moy yordamida sovitish radiatorlarini ishlab chiqarish va uni sotish bilan shug‘ullanuvchi Haugg Kuhlerfabrik GmbH kompaniyasi direktori Haugg Wolfgang boshchiligida kompaniyaning bir guruh mutaxassislari kombinatga tashrif buyurib, rangli metallar ishlab chiqarish sexida bo‘lishdi.
Germaniyalik hamkorlar sexda mis mahsulotlarining ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishishdi va zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqarilayotgan mahsulotimizning sifatini ko‘rib mamnun bo‘lishdi.
Tashrif yakunida hamkorlar bilan 5 tonna miqdorda mis o‘ramlarini namuna sifatida yetkazib berish uchun kelishuvga erishildi. Mazkur kelishuvga ko‘ra, ushbu mahsulotlar bugun Germaniyaga jo‘natilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, 2022-yil uchun 100 tonna mis mahsulotlarini yetkazib berish uchun shartnoma imzolanishiga ham kelishib olindi.
“O‘zmetkombinat”ning ijtimoiy tarmoqlardagi foydali takliflarini kuzatib boring:
Telegram: umk_matbuot_xizmati
Facebook: matbuot
Instagram: umk_matbuot_xizmati
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)