Qashqadaryoning G‘uzor tumanida Nexia yo‘lovchisi avtomobil harakati davomida tanasini chiqarib yurgani uchun haydovchi 245 ming so‘m jarimaga tortiladigan bo‘ldi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.
Ta’kidlanishicha, 2021-yilning 18-iyul kuni Qarshi—Shahrisabz avtomobil yo‘lining G‘uzor tumani hududidagi Qovchin qishlog‘idan o‘tgan qismida davlat raqami 70 E 582 RA bo‘lgan Nexia haydovchisi old o‘rindiqda o‘tirgan yo‘lovchining o‘zboshimchaligiga — old oynadan oyog‘ini chiqarib ketishiga yo‘l qo‘yib bergan. Mazkur holat jamoatchilik e’tiborini tortib, surat va videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan.Mazkur holatga e’tibor qaratgan viloyat IIB axborot xizmatining ma’lumot berishicha, Nexia haydovchisi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 138-moddasi 4-qismi (haydovchi transport vositasini harakat vaqtida, yo‘lovchi tomonidan tana qismi salondan chiqarish) bilan ayblanib, Chiroqchi tumanining “Chimqurg‘on” mahallasida yashovchi haydovchi T.X.ga 245 ming so‘mlik jarima belgilangan.
Izoh (0)