Daryo

Buxoroda piyodalar yo‘lakchasida fuqaroga yo‘l bermay harakatlangan Damas haydovchisi jarimaga tortildi

Ta’kidlanishicha, voqea 2021-yilning 29-iyun kuni Buxoro shahrining Islom Karimov ko‘chasida sodir bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish34 858 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Atoqul Hamdamov

Buxoro shahrida piyodaga yo‘l bermay, YTH sodir qilish xavfini tug‘dirgan Damas haydovchisi ushlanib, jarimaga tortildi. Bu haqda “Daryo”ga Vobkent tuman IIB YHXB boshlig‘i Atoqul Hamdamov xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, 2021-yilning 29-iyun kuni Buxoro shahrining Islom Karimov ko‘chasida harakatlanib kelayotgan Damas rusumli 80 Z 928 JA davlat raqam belgili avtomashina haydovchisi piyodalar yo‘lakchasida piyodaga yo‘l bermay, harakatini davom ettirgan.

Foto: Atoqul Hamdamov

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavhada ko‘rinishicha, haydovchining yonida bo‘lgan sherigi xavfni sezib, haydovchiga tojik tilida “to‘xtang, to‘xtang”, degan. Yo‘l harakati qoidasini buzgan Damas haydovchisi esa shoshib qolib, piyodani urib yubormaslik uchun avtomashinasi bilan beton to‘siqqa borib urilgan.

Video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, Buxoro viloyat IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilgan. 2021-yilning 10-iyul kuni Vobkent tuman ichki ishlar bo‘limi YHXB ma’muriy amaliyot inspektori, katta serjant Baxtiyor Shodiyev Damas haydovchisi shaxsiga aniqlik kiritgan.

Foto: Atoqul Hamdamov
Qayd etilishicha, “Kumushkent” MFY Rozmoz qishlog‘ida yashovchi 40 yoshli E.J.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-moddasi (haydovchilarning transport vositalarini piyodalar yo‘laklaridan yurgizishi, yo‘l belgilari va yo‘l harakatining boshqa qoidalari talablariga rioya etmasligi) bilan ma’muriy bayonnoma tuzilib, jarima solingan. Avtomobil esa jarima maydonchasiga joylashtirilgan. Mavzuga doir: 

Qashqadaryodanman. 2012-yil O‘zMUning jurnalistika fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2018-yildan beri ishlayman. Yoqtirgan kino va filmlarim ko‘p, ammo ular orasida “Jigar” bo‘lakcha. Kitoblardan esa Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar asari yoqadi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar