Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSH prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvdan avval Finlyandiya, Buyuk Britaniya, Italiya rahbarlari, Yevropa komissiyasi va NATO bosh kotibi bilan pozitsiyalarni muvofiqlashtirganini ma’lum qildi. Bu haqda u ijtimoiy tarmoqlarda yozgan.

Uchrashuvlar Ukrainaning Vashingtondagi elchixonasi binosida bo‘lib o‘tgan.
“Bizning asosiy maqsadimiz Ukraina va butun Yevropa uchun ishonchli va uzoq muddatli tinchlikka erishishdir. Barcha uchrashuvlarimiz dinamikasi aynan shunday natijaga olib kelishi muhim”, deya ta’kidladi Ukraina rahbari.
Zelenskiy qotilliklarni to‘xtatish zarurligini ta’kidlab, ishonchli va munosib tinchlik o‘rnatish yo‘lida mehnat qilayotgan hamkorlarga minnatdorlik bildirdi.
“Biz Finlyandiya, Buyuk Britaniya, Italiya rahbarlari, Yevropa komissiyasi va NATO bosh kotibi bilan birgalikda prezident Tramp bilan uchrashuvdan oldin o‘z pozitsiyalarimizni muvofiqlashtirib oldik. Ukraina haqiqiy tinchlik kelishuviga va yangi xavfsizlik tizimini yaratishga tayyor. Bizga tinchlik kerak”, deya ta’kidladi Ukraina prezidenti.
Izoh (0)