Paco Rabanne parfyumeriya liniyasi erkaklar uchun mo‘ljallangan navbatdagi atirini taqdim etdi. U Phantom nomini olgan. Flakon robot ko‘rinishida bo‘lib, 1960-yillardagi futurizmning modaga ta’sirini yodga soladi — o‘shanda brend mashhurlikka erishgan edi, deb xabar beradi “Afisha.uz”.
Atir qaymoqli lavanda, limon, pachuli (butasimon tropik o‘simlik), vetiver (boshoqli o‘simliklar oilasiga kiradi) va vanil (xushbo‘y mevali tropik o‘simlik) iforlarini o‘zida mujassam etgan. Uni yaratish ustida to‘rt nafar parfyumer ish olib borgan: Lok Dong, Julyet Karagozoglu, Dominik Ropyon va Ann Flipo. Atirni yaratishga ularni algoritmlar va sun’iy intellektr ilhomlantirgan.
Phantom’ning onlayn-savdolari 1-iyuldan boshlanadi, Roco Rabanne’ning rasmiy saytida esa ikki haftadan so‘ng paydo bo‘ladi. Fransiyada 100 millilitr hajmdagi atirning narxi 102 yevroni tashkil etadi.
Avvalroq Lamborghini kompaniyasi uy uchun mo‘ljallangan atirini taqdim etgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)