Ayolning go‘zalligi nafaqat u kiygan libos, makiyaj, balki undan taraladigan iforga ham bog‘liq bo‘ladi. Cosmetics Business’ning ma’lum qilishicha, ayollarning yiliga parfyumeriya xarid qilish uchun sarflagan mablag‘i 51 milliard dollarni tashkil qiladi.
J’adore, Dior

Fransuz tilidan tarjimasi sidqidildan yaxshi ko‘rishni anglatadigan atir 1999-yilda taqdim qilingan va Sharliz Teron uning yuzi bo‘lgan. Feminizm, mustaqillik va kuchli fe’l-atvor egasi bo‘lishga qaramay, ayollarga xos noziklikni o‘zida mujassam etishning timsoli bo‘lgan ushbu ifor millionga yaqin nozik jins vakillarining eng sevimli atirlaridan biri bo‘lgan. Oradan 20 yil o‘tganiga qaramay, ushbu atir Dior uyining bestsellerlaridan biri hisoblanadi.
Chanel №5, Chanel

Taqdim qilinganiga 100 yil bo‘lgan atir, 1921-yilda Kokoning istagiga binoan ishlab chiqarilgan. Koko Shanelga, Ernest Bo 10 ta kompozitsiyada taqdim qilgan atirning 5-flakondagi ifori yoqqan va uning nomi ham shu bilan bog‘liq atala boshlagan. Oradan 33 yil o‘tib esa Merilin Monro jurnalistlarga tunda faqatgina ushbu atirdan foydalanishini ta’kidlagan. Shundoq ham mashhur bo‘lgan atir uchun ushbu ta’rif yaxshi reklama bo‘lgan. Chanel №5 bugungi kunda ham eng talabgir atirlardan sanaladi.
Black Opium, YSL

1977-yilda ilk Opium taqdim qilinishi ko‘plab negativ va agressiyalarga sabab bo‘lgan. Modalar uyi narkotik va tartibsiz hayot tarzini propaganda qilishda ayblangan. Ushbu piar esa odamlarni mazkur provakatsion atirni yanada ko‘proq sotib olishiga sabab bo‘lgan. Opium’ning dastlabki varianti 2014-yilda Black Opium taqdim qilinguniga qadar bir necha yillar davomida yetakchi bo‘lgan. Bugungi kundagi statistika ma’lumotiga ko‘ra Black Opium, dastlabkisidan ikki karra ko‘proq xarid qilinadi.
Oud & Bergamot Rich, Jo Malone

Amerikaning Byrdie saytida taqdim qilingan ma’lumotlarga ko‘ra millenniallar, ya’ni 80-yillar oxiri 90-yillar boshida dunyoga kelgan avlod tomonidan aynan Oud & Bergamot Rich sotib olinadi. Ushbu odekolon brendning eng mashhur va rekord darajada ko‘p sotilgan atiri hisoblanadi.
Mon Guerlain, Guerlain

Terri Vasser 2017-yilda Mon Guerlain ustida ish olib borishni yakunlaganida atir yuzi sifatida faqatgina Anjelina Jolini ko‘rishini ta’kidlagan. Reklamalarda hadeb suratga tushavermaydigan Joli, bu safar yo‘q deya olmagan. Sotuvga chiqarilganining ilk haftasidayoq peshtaxtalarda qolmagan atir, bugungi kunda ham eng ko‘p xarid qilinadigan ayollar uchun mo‘ljallangan atirlardan biri sanaladi.
L’Air du Temps, Nina Ricci

1948-yilda Nina Ricchining o‘g‘li, parfyumer Fransis Fabrondan, urushdan charchagan Yevropa ayollari uchun baxt, tinchlik va osoyishtalikni o‘zida mujassam etgan ifor taqdim qilishni so‘ragan. Mushk va anbar hidi taraladigan ushbu iforning aniq formulasi 60 yildan ortiq vaqtdan beri sir tutiladi. Atir flakoni qopqog‘ini esa tinchlik darakchisi hisoblangan bir juft kabutar bezab turadi.
3 L’imperatrice, Dolce&Gabbana









