Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Italiyaning Lamborghini kompaniyasi Culti Milano parfyumera brendi bilan hamkorlikda uy uchun mo‘ljallangan “eksklyuziv, zamonaviy va energiyaga boy” atirni yaratdi, deb xabar beradi Motor.

Foto: Lamborghini

Foto: Lamborghini

Lamborghini kompaniyasi Italiyaning Culti Milano parfyumera brendi bilan birgalikda ikkala brendning ham eng yaxshi jihatlarini o‘zida birlashtirgan atirni yaratdi. Mazkur atir avvaliga mayin sitrus novdalari kabi, keyinroq esa greypfrut, achchiq apelsin, bergamot, vetiver (boshoqli o‘simlik), kedr hamda sandal daraxti kabi ifor taratadi. Original dizaynga ega flakon Lamborghini palitrasidagi Bronzo Zenas xira rangiga bo‘yalgan bo‘lib, 500, 1000 va 2700 millilitrli hajmda sotuvga chiqadi.

Logotipar trafaret bosma usulida, pilig esa xonada iforning teng taralishini ta’minlaydigan oq texnik toladan ishlangan. Uy uchun mo‘ljallangan mazkur atirni hozirda Sant-Agata Bolonyezedagi Lamborghini do‘konlari hamda Culti’ning Milan, Turin, Forte-dey-Marmi, Rim, Neapol va Bari shaharlarida xarid qilish mumkin. Hozircha ushbu parfyum narxi e’lon qilinmagan.

Avvalroq Italiyaning superkarlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi Lamborghini kompaniyasi o‘z zavodi hududiga bir necha yuz ming asalariga mo‘ljallangan uyalarni joylashtirgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ilon Mask Twitter’da Apple reklamalari tiklanganini e’lon qildi
Dunyo
O‘zbekistondan Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berish to‘xtatildi
Mahalliy
Toshkentdagi gaz zapravkalari vaqtinchalik yopilmoqda