• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Zelenskiy 2020-yilgi daromadini deklaratsiya qildi. U bir yilda 250 ming dollarga kamaygan

    Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 2020-yilda 22,7 million grivna (hozirgi kurs bo‘yicha, taxminan, 815 ming dollar) ishlab topdi. Bu haqda Ukraina prezidenti devoni e’lon qilgan daromadlar deklaratsiyasida ma’lumot berildi, deb yozmoqda “RBK”.

    Foto: Facebook

    Foto: Facebook

    2019-yilda Zelenskiy 1,06 million dollardan ortiq daromadini deklaratsiya qilgan edi. Shunday qilib, bir yilda uning daromadi deyarli to‘rtdan bir qismga kamaydi.

    Yangi deklaratsiyaga ko‘ra, Zelenskiy Kiyev yaqinidagi Ivankovichi qishlog‘idagi ko‘chmas mulk va yerlarning sotuvidan 13,5 million grivna (taxminan, 485 ming dollar) miqdorida daromad olgan. Prezidentning yillik maoshi esa 36 ming grivnani (12 ming dollar) tashkil qilgan.

    Shuningdek, Zelenskiy 4,6 million grivna (165 ming dollar) miqdoridagi royalti daromadlarini (patentlar va mualliflik huquqlaridan foydalanish uchun kompensatsiya) ham deklaratsiya qilgan. 2020-yilda Zelenskiy Ukraina hududidagi ko‘chmas mulklari ijarasidan 2,6 million grivna (95 ming dollar) daromad olgan. Bundan tashqari, u ichki davlat qarzlari bo‘yicha depozitlar va obligatsiyalardan 442 ming grivna (15 ming dollar) miqdoridagi ulushga ega bo‘lgan.

    Zelenskiyning turmush o‘rtog‘i Yelena esa 2020-yilda 953 900 grivna (34 ming dollar) maosh va royalti daromadlarini olgan.

    “Zelenskiy yangi ko‘chmas mulk — davlat dala hovlisini deklaratsiya qildi, u yerga davlatning majburiy himoyasini ta’minlash zarurati bilan bog‘liq vaziyatlarda ko‘chib o‘tish mumkin”, — deyiladi xabarda.

    Shuningdek, deklaratsiyaga ko‘ra, Zelenskiy bir qator savdo belgilarining egasi bo‘lib qolmoqda. 2020-yilda u Ukrainada 13 ta, chet elda ikkita savdo markasini ro‘yxatdan o‘tkazdi. Prezident matbuot xizmatining yozishicha, ularni ro‘yxatdan o‘tkazish Zelenskiyning davlat rahbari lavozimiga saylanishidan oldin boshlangan.

    Korrupsiyaning oldini olish milliy agentligi saytida e’lon qilingan Zelenskiylar oilasining deklaratsiyasiga ko‘ra, Kiyevda prezidentning bir nechta kvartirasi va avtoturargohlari bor. Turmush o‘rtog‘i Yelena esa Qrim hududida 129,8 kvadrat metrli kvartiraga egalik qiladi (Qrim 2014-yilda Rossiya tarkibiga kirgan bo‘lsa-da, deklaratsiyada ushbu mulk Ukraina hududida joylashgan deb ko‘rsatilgan). Shuningdek, Zelenskiylar juftligi Buyuk Britaniyada ham kvartira ijaraga beradi.

    Zelenskiyning qimmatbaho buyumlaridan Breguet, Tag Heuer, Rolex brendlarining qo‘lsoatlari, Yelenaning esa Bovet va Breguet qo‘lsoatlari, shuningdek, Graff brendiga tegishli ziraklari va brilliant uzuklari deklaratsiya qilingan.

    Prezidentning 2016-yilda ishlab chiqarilgan Land Rover avtomobili bor, uning xotini esa 2014-yilda ishlab chiqarilgan Mercedes-Benz S500 markasi haydaydi. Prezident oilasining bank hisob raqamlarida 4,7 million grivna (168 ming dollar), 125 ming dollar va 10 ming yevrodan ortiq pul mablag‘lari saqlanadi.

    Prezident va birinchi xonimning 5 million grivnadan (179 ming dollar) ortiq obligatsiyalari bor. Yelena Zelenskaya Aldorante Limited (Kipr), Film Heritage Inc. (Beliz) va San Tommaso S.R.L. (Italiya) kabi kompaniyalarda benefitsiar (foyda oluvchi) hisoblanadi. Zelenskiy foydali modellar va ixtirolarning patentlariga, shuningdek, tovar belgilarining mualliflik huquqlariga ega.

    2020-yilda Zelenskiyning maoshi uning devoni rahbari Andrey Yermaknikidan kamroq bo‘ldi. Uning daromadlar deklaratsiyasiga ko‘ra, u 2020-yilda 444,5 ming grivna (16 ming dollar) ishlab topgan. Yermak bir qator yuridik shaxslarni boshqaradi va bir nechta jamoat tashkilotlarining ham a’zosi hisoblanadi. Uning 107,8 kvadrat metr maydonga ega kvartirasi bor. 2020-yilda Mercedes-Benz S-Class 350 d 4MATIC L avtomobilini sotib oldi.

    Avvalroq Ukrainada uchta telekanal yopib qo‘yilgach, “Muxolifat platformasi — Hayot uchun” partiyasi raisdoshi Vadim Rabinovich Oliy Rada minbarida turib, prezident Vladimir Zelenskiyga nisbatan impichment jarayoni boshlanishini ma’lum qildi. Bunga prezidentning “112”, ZiK va NewsOne telekanallariga qarshi sanksiyalar kiritish qarori sabab bo‘ldi.

    Ma’lumot uchun, Fransiyaning sobiq prezidenti, ilgari korrupsiyada ayblanib sudlangan Nikolya Sarkozi yana sudga tortilishi haqida xabar berildi, bu safar u 2012-yilgi saylovoldi kampaniyasini noqonuniy moliyalashtirish va firibgarlikda ayblanmoqda. Xabarga ko‘ra, Sarkozining muvaffaqiyatsizlikka uchragan saylovoldi kampaniyasida mitinglar va tarafdorlar bilan uchrashuvlarning haddan ortiq dizayni uchun sarflangan pullar limitdan 24 million dollarga oshib ketgan.

    Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko esa internetda joylashtirilgan uning hashamatli hayoti va boylikka intilishi haqidagi filmni yolg‘on, uydirma deb atadi.

    Mavzuga doir: Braziliyaning sobiq prezidentiga qo‘yilgan korrupsiya ayblovlari bekor qilindi

    02.04.2021, 08:20   Izoh (0)   7223
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qozog‘iston SSV mamlakatda Kavasaki sindromi tarqalgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

    02.04.2021, 06:06

    Slovakiyada “Sputnik V” vaksinasi bilan bog‘liq mojarodan keyin yangi hukumat tarkibi tasdiqlandi

    02.04.2021, 05:46

    Meksikada oilaning tug‘ilajak farzandi jinsi haqidagi ma’lumot yozilgan banner bilan uchishi kerak bo‘lgan samolyot qulashi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi (vide...

    02.04.2021, 05:15

    Gruziyada norozilik namoyishlariga sabab bo‘lgan rossiyalik jurnalist karantin qoidalarini buzgani uchun jarimaga tortildi

    01.04.2021, 21:47

    Turkiya prezidenti Erdo‘g‘on Ramazon oyidan keyin Tog‘li Qorabog‘ga borishini aytdi

    01.04.2021, 18:22

    Rossiya prezidenti 2020-yilgi daromadlari haqidagi deklaratsiyani taqdim qildi

    01.04.2021, 15:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ilon Maskning foto va video yaratish uchun mo‘ljallangan neyron tarmog‘i bepul bo‘ldi

    Dunyo | 15 avgust, 23:40

    Ota-onalarga OTM kontraktini to‘lashda beriladigan soliq imtiyozida endi yosh farq qilmaydi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 23:35

    Tramp Lukashenko bilan 1300 nafar mahbusni ozod qilishni muhokama qildi

    Dunyo | 15 avgust, 23:20

    Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish uchun 200 mln dollargacha xorijiy mablag‘ jalb etiladi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 23:07

    Xitoy BMTning Eronga nisbatan zudlik bilan sanksiyalar kiritishiga qarshi chiqdi

    Dunyo | 15 avgust, 22:51

    O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida aviaqatnovlar soni ko‘payadi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 22:35

    “Rossiya Ukraina bilan o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ldi” — Germaniya kansleri

    Dunyo | 15 avgust, 22:18
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.