• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12904.51
    • RUB161.99
    • EUR14575.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Haftalik dayjest: AstraZeneca foydalimi, zararlimi, saylab bo‘lmaydigan hokimlar, kim sotqin-u kim “kozyol”?

    Xabaringiz bor, yo‘llardagi qoidabuzarlikni tasvirga tushirib organga yuborganlarga jamoatchilikning munosabati keskin farqlanmoqda. Kimdir buni vatanparvarlik desa, boshqa taraf sotqinlikda ayblayapti.

    Hamisha diqqat markazida bo‘lib kelgan deputat Rasul Kusherbayev ham ayblovchilar safiga qo‘shildi. “Avvalo, sen kimgadir shuni qo‘llayotgan bo‘lsang, shuning o‘rnida ota-onang yoki o‘zing bo‘lishingni tasavvur qil, o‘zingdan o‘tkazgin. Agar o‘zingda og‘rimasa, shuni qil, degan bo‘lar edim. Balki, bu insonlar uchun sinovdir. Lekin men shuni bildimki, o‘zining foydasi yo‘lida hech narsadan tap tortmaydigan odamlar ko‘p ekan. Ularga 10-15 ming so‘m beryaptimi, ertaga 100 ming so‘m berib, vataningni sot, desa ham sotvorishga tayyorlar ko‘p ekan. Bu juda yomon. Vaqti kelib bu to‘xtar. Agar mening qo‘limda bo‘lganida to‘xtatgan bo‘lar edim”, — deydi u. Bundan tashqari, u yo‘llarning yomonligi haydovchini ba’zida qoida buzishga majburlab qo‘yishi, avvalo infrastrukturani yaxshilash kerakligini ham yozdi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Ammo Kusherbayevning fikriga qo‘shilmaganlar ham ancha-muncha. Tasvirga olib yuborishni ma’qullovchilar, “avtohalokatlar bo‘yicha sharmandali ko‘rsatkichlarimiz bo‘laturib, infrastruktura qachon yaxshilanadi, deb kutib turaveramizmi? Infrastruktura mukammal bo‘lishi uchun yillar kerak. Deputat janoblari, sizni faqat kirakashlar emas, piyodalar, avtohalokatga uchraganlarning yaqinlari ham saylashini hisobga oldingizmi?” deb savol qo‘ymoqda. Bunga o‘xshash qoidalar dunyo tajribasida juda ko‘pligini ko‘pchilik eslatib qo‘ydi.

    Jumladan, Adliya vazirligi vakili deputatga javob qaytarib “Qonun ustuvorligi kerak, ammo uni ta’minlash faqat davlatning ishimi?” deya savol qo‘ydi. Birorta davlat jamoatchilik yordamisiz qonun ustuvorligiga erishmaganligini ma’lum qildi. Ekologiya sohasidagi huquqbuzarlikni ma’lum qilganlarga jarimaning 15 foizini, korrupsiya haqida xabar berganlarga  BHMning 3 baravaridan 25 baravarigacha — 735 ming so‘mdan 6,125 million so‘mgacha berilishini eslatdi. “Qachondan beri Vatan deganda biz qonunbuzuvchilarni tushunadigan darajaga yetib keldik? Qoidalarga rioya qilmaydiganlarning manfaatlari vatanga tenglashtirib ifoda etilishi kerakmi?” deb savol qo‘ygan Adliya vazirligi vakili.

    * * *

    Bu hafta lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosi haqidagi qonun loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi. Loyihaga ko‘ra, O‘zbekistonda lotin yozuviga asoslangan, quyidagi 28 harf va 1 ta harflar birikmasidan iborat yangi o‘zbek alifbosi taklif etilmoqda. Undagi o‘zgarishlar, asosan, “G‘”, “O‘”, “Sh” va “Ch” harflariga tegishlidir:  “G‘, g‘” — “Ḡ, ḡ”, “O‘, o‘” — “Ō, ō”, “Sh, sh” — “Ş, ş”, “Ch, ch” — “Ç ç”. Ko‘rib turganingizdek, Ch va Shni 1993 yildagi shakliga qaytarish taklif etilmoqda.

    Foto: “Regulation.gov”

    Foto: “Regulation.gov”

    Loyihaga munosabat turlicha bo‘ldi. “G‘” va “O‘”dan teskari tirnoqcha olib tashlanganini yosh tilshunoslar ma’qulladi, chunki elektron yozuvda tirnoqcha so‘zni ikkiga bo‘lib yuborib, dasturiy operatsiyalarda ko‘p qiyinchilik tug‘dirardi. Biroq taklif etilayotgan tepasida to‘g‘ri chizig‘i bor “Ḡ, ḡ” va “Ō, ō” juda noyob belgi bo‘lib, keng tarqalgan klaviaturalarda uchramasligi bir oz noqulaylik tug‘diradi. Uning o‘rniga Öö va Ğğ qo‘llansa qulayroq bo‘ladi, chunki standart klaviaturalarning ko‘pchiligida bor, deb munosabat bildirmoqda internet texnologiyalari bo‘yicha mutaxassislar.

    Tilshunos olim, professor Baxtiyor Mengliyev lotin alifbosidagi islohotlarga qarshi chiqdi. “Amaldagi alifboga xalqimiz, nima bo‘lganda ham, ko‘nikdi (aslida lotin harf shakllaridan kirill harf shakllari mukammalroq). Endi hamma ko‘nikkan bir paytda yana millat tinchini buzishning nima keragi bor!?” deydi professor. Olim, shuningdek, “‘Yangilangan alifboni qanday joriy qilamiz? Birdan qilib bo‘lmasligi aniq, chunki bunga qancha ko‘p mablag‘ ketishini tasavvur ham qilib bo‘lmaydi; yoki bu ham o‘n yillar mobaynida ‘bosqichma-bosqich‘ amalga oshiriladimi?... Isloh sababli alifboda hozirgidan ko‘proq yangi muammolar paydo bo‘lmasligiga tashabbuskorlar kafolat berishadimi?” deb islohot tarafdorlariga savol qo‘ymoqda. Baxtiyor Mengliyevning fikricha, alifbomizning hozirgi holatida qolgan afzalroq.

    Eslatib o‘tamiz: 1993-yildagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida dastavval 2000-yilning 1-sentabrida, keyin 2005-yilning 1-sentabrida, undan keyin 2010-yilning 1-sentabrida to‘liq tugallanishi yozilgan. 2018-yilda esa 2021-yildan lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga to‘liq o‘tish ta’minlanishi belgilangan edi.

    * * *

    AstraZeneca vaksinasi foydalimi zararlimi? Hafta boshida zararli, oxirida esa zararsiz, hatto foydali. Hayron bo‘lmang, kundalik xabarlar shunday xulosa berdi. Avvalroq AstraZeneca vaksinasidan foydalanishni Yevropaning yetakchi davlatlari to‘xtatganini bildik. AstraZeneca vaksinasidan foydalanish preparatning “vatanida” ham to‘xtatildi. O‘sha kunlari Toshkentga AstraZeneca vaksinasining 660 ming dozasi olib kelindi. Jamoatchilik bu paytda vaksinaga shubha bilan qarayotgandi. SSV vakili uchrashuvda fuqarolarni vaksina olishga majburlamasligini gapirdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ammo Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti AstraZeneca vaksinasidan xavotirlar behudaligini ta’kidlab emlayverishni tavsiya qildi. Ko‘p o‘tmasdan Yevropa davlatlari koronavirusga qarshi AstraZeneca preparati bilan emlash qayta boshlaganini e’lon qildi. Buyuk Britaniya va Fransiya bosh vazirlari AstraZeneca bilan emlanganligi namoyish etildi.

    Mahalliy xabarlardan tarkib topishi lozim bo‘lgan dayjestimiz dunyo xabarlari tarafiga o‘tib ketdi. Ammo yaqinda YuNISEF tomonidan COVAX dasturi doirasida AstraZeneca vaksinasi O‘zbekistonga keltirilgan bo‘lib, bu bevosita xalqimiz salomatligiga dahldor ma’lumotlardir. Demak, AstraZeneca qonda tromb paydo qilishi to‘g‘risidagi qo‘rquvlar tasdig‘ini topgani yo‘q va uni bemalol qabul qilish mumkin.

    * * *

    Hokimlarni saylash haqida 5 yil avval gapirilgan, ammo bu mavzu ham lotin alifbosiga o‘xshab paysalga solinishi tobora ayonlashmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining navbatdan tashqari 28-sessiyasida davlat rahbari hokimlarni saylash jarayoni haqidagi gap-so‘zlar munosabat bildirdi.

    “Hokimlar ham saylansin, degan gaplar juda ko‘p muhokama qilinadi. Buni o‘zim ham aytganman. Lekin bir savol bor: hokimlarni saylashga hozir biz tayyormizmi? Bitta mahalla raisini adolatli saylay olmaymiz-ku: to‘da-to‘da bo‘lib, o‘z yaqinlarimiz yoki tanishlarimizni saylaymiz. Jamiyatni tayyor bo‘lmagan muhitga saylovlarni qo‘yish xiyonat emasmi? Men buni xohlamaymanmi? Juda ham xohlayman, buni juda yaxshi tushunaman. Ammo kimni saylaymiz? Lekin men ishonaman, vaqt o‘tib, albatta, hokimlarni ham saylash jarayoniga yetib kelamiz”, dedi prezident.

    Aytish lozimki, hokimlar saylanadigan bo‘lsa boshqaruvda jiddiy markazdan qochish kuzatiladi. Saylangan rahbar saylaganlarning irodasi asosida ish tutadi, fuqaroning nazaridan qolishni istamaydi. Albatta, boshlamasiga populistlar maydonga chiqib saylovchilarning istagiga o‘ynashi mumkin. Ammo xalqimizda yetarlicha saylov madaniyati shakllanib olgunicha bu bosqich o‘tilishi kerak bo‘ladi.

    * * *

    Prezident bir oydan beri gap-so‘zlarga sabab bo‘lib kelayotgan Shovvozsoy oromgohi to‘g‘risida ilk marta ommaga gapirdi. Bu ajoyib oromgoh haqidagi mishmishlarga ko‘ra... ha, mayli uyog‘ini gapirib nima qildik. Xususan, bu zona ustidan uchib o‘tish taqiqlangan ekanligi ko‘pchilikning shubhasiga sabab bo‘lgan edi. Jurnalist Aziza Qurbonovaning “Hurmatli Prezident, ijtimoiy tarmoqda ko‘p muhokamaga sabab bo‘lyapti, “Shovvozsoy” dam olish zonasi bilan bog‘liq axborot tarqaldi va ayni shu mavzuga sizning munosabatingizni bilishni istardik”, degan murojaatiga prezident quyidagicha javob berdi:

    — Bu “O‘zbekiston temir yo‘llari”ning davlat korxonasi. Hech kim u yerda turib, yashamaydi yoki birovga o‘tkazilgani yo‘q. U davlatning joyi. Prezidentning nima aloqasi bor? Prezident ham agar qandaydir martabali, O‘zbekistonga foydasi tegadigan inson kelsa, boradi.

    Aytmaysizlarmi, Prezident bilan biz piyoda yuramiz, sizlar ham kelib, bir marta piyoda yurib ko‘ringlar, keyin Prezident 5 yilda necha marta dam olibdi ekan, degan savolni nega bermaysizlar?

    * * *

    Foto: Sirdaryo xabarlari

    Foto: Sirdaryo xabarlari

    Shamol ham dayjestimiz mavzularidan biri bo‘ldi. Oxirgi vaqtlarda arab sahrolari, Xitoy kengliklaridan tortib, buyog‘i Qozog‘istongacha shamolda qolganini yoritdik. 18-19-mart kunlari O‘zbekistonning janubiy hududlariga qattiq shamol yopirildi. Sirdaryo viloyatida bank tomini shamol ko‘chirib yubordi, tumanlarda elektr uzildi. Yanada kuchliroq va qumli shamol Qarshi shahriga yopirildi. “Shu darajada kuchli shamol esdiki, hatto Qarshi shahrida daraxt ham qulab tushdi. Yo‘lni to‘sib qo‘ygan daraxt sabab avtomobillar harakatida noqulaylik tug‘ildi. Ko‘zni ochib bo‘lmay qoldi, shahar ko‘chalari oppoq chang bo‘lib ketdi”, — deydi “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan yo‘lovchi.

    Xalqimizda shamol bo‘lmasa daraxtning uchi qimirlamaydi, degan maqol bor. Shu maqolni o‘zgartirsak: shamol bo‘lmasa, binolarning chidamliligini bilib bo‘lmaydi. Darhaqiqat, qattiqroq shamol kelsa uchib ketadigan tom, ko‘chib tushadigan devor qurgan shirkatlarni burchakka tikka qilish kerak. Shamol – indikator, foydali aniqlagich. Shamol kelsa achchiqlanmang. “Daryo”da qoling.

    22.03.2021, 00:24   Izoh (0)   59738
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qashqadaryoda harbiy xizmatchilarga 30 xonadonli yangi uy kalitlari topshirildi

    21.03.2021, 23:53

    Buxoroda ham jamoat transportida niqobsiz yurish taqiqlandi

    21.03.2021, 22:24

    O‘zbekistonda qasddan odam o‘ldirib, yashiringan shaxs Qirg‘izistonda ushlandi

    21.03.2021, 21:57

    Toshkentdagi Abdulla Qodiriy bog‘ida Hampton by Hilton mehmonxonasi quriladi

    21.03.2021, 20:14

    Foto: Yomg‘irdan so‘ng suvga to‘lgan Samarqand ko‘chalari

    21.03.2021, 18:16

    Zoir Mirzayev Navro‘z saylida rassomga 5 mln so‘m ishlab olishda yordam berdi

    21.03.2021, 17:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda daraxt bosib qolgan fuqaro vafot etdi

    O‘zbekiston | 24 may, 23:21

    Superliga. “Buxoro” mehmonda “So‘g‘diyona” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 24 may, 23:08

    Toshkent va Andijondagi oshxona hamda xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi (video)

    O‘zbekiston | 24 may, 22:40

    Namangan hokimi 100 yilligi nishonlanayotgan maktabdagi “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi

    O‘zbekiston | 24 may, 22:00

    Quyoshdan himoyalovchi kremlardan foydalanishda tez-tez uchraydigan xatolik aniqlandi

    Layfstayl | 24 may, 21:40

    Samarqand 2025-yili Islom dunyosining madaniyat poytaxtiga aylanadi

    O‘zbekiston | 24 may, 21:25

    Superliga. “Neftchi” o‘z maydonida bir kishi kam bo‘lib qolgan “Sho‘rtan”ni tor-mor etdi

    Sport | 24 may, 21:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.