Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda 1-martdan boshlab tadbirkorlarga yo‘l harakati buzilganini qayd etuvchi foto-video texnik vositalar o‘rnatish huquqi beriladi. Bu haqda YHXBB boshlig‘i o‘rinbosari Erali Bozorov 14-yanvar kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

“Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida 2021-yil 1-martdan boshlab, tadbirkorlik subyektlariga avtomobil yo‘llarida yo‘l harakati buzilganini qayd etuvchi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video dasturiy texnik vositalar o‘rnatish huquqi berilmoqda”, — degan u.

Shuningdek, 2021-yil 1-martdan boshlab xususiy sektorni katta hajmli vazn parametrini nazorat qiladigan nazorat postlarini o‘rnatishga jalb qilish belgilangan.

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi mas’ul xodimi Anvar Musabekovning aytishicha, qo‘mita og‘ir va gabarit nazorati bo‘yicha stansiya shoxobchalarini o‘rnatish bo‘yicha izchil ishlarni amalga oshirib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yil dekabr oyida “Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilingandi. Qarorga ko‘ra, maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy texnik vositalari o‘rnatiladigan joylarni tadbirkorlarga biriktirish elektron auksion savdolari orqali amalga oshiriladi.

Elektron auksion savdolarida g‘olib bo‘lgan tadbirkorlarga bunday joylar cheklanmagan muddatga va boshqa tadbirkorga o‘tkazish huquqi bilan biriktiriladi. Shunga ko‘ra, 2021—2022-yillarda respublika bo‘yicha jami 3356 ta intellektual videokamera hamda 763 ta statsionar radar o‘rnatiladi.

Avvalroq O‘zbekistonda “parkovka” qoidalarini buzganlik uchun jarima miqdori qanchaga pasaytirilayotgani ma’lum qilingandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonning turli hududlarida elektr ta’minotida cheklovlar kiritiladi
Dunyo
“Daryo” kundaligida 5-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Madaniyat
“Ikki o‘g‘lim AQShda tahsil oladi, ularning san’at yo‘lidan ketishini istamadim”. Anvar Sanayev farzandlari haqida (video)