Sabzavot va tuxumni sevib iste’mol qiladiganlar uchun ajoyib taom.
Kerakli mahsulotlar:
- brokkoli − 600 gramm;
- tuxum − 5 dona;
- sut − 500 ml;
- saryog‘ − 1 choy qoshiq;
- tuz va ziravorlar.
- brokkoli bo‘laklarga bo‘linib, tuzli suvda 3 daqiqa qaynatib olinadi;
- tuxumga tuz va ziravorlar solinadi, so‘ngra sut bilan aralashtiriladi;
- qandolat qolipi avval yog‘lanadi, ichiga brokkoli va sutli aralashma quyiladi;
- 180—200 daraja pechda 30 daqiqa davomida omlet qizargunga qadar pishiriladi;
- ta’bga ko‘ra taom yuzasiga qirg‘ichdan o‘tkazilgan pishloq sepish mumkin.
Izoh (0)