Daryo

Sosiska qo‘shib tayyorlanadigan kartoshkali zapekanka retsepti

Mazali va to‘yimli mazkur yegulik sevimli taomlaringiz sirasidan o‘rin olishiga shubha yo‘q

1 daqiqa o‘qish27 857 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Lifehacker

Pishloq qo‘shib tayyorlanadigan mazkur yegulikni tushlik yoki kechki ovqatga iste’mol qilsa bo‘ladi.

Foto: Lifehacker
Kerakli mahsulotlar:
  • o‘simlik yog‘i — 1 osh qoshiq;
  • sarimsoq piyoz — 2 dona;
  • tuxum — 2 dona;
  • kartoshka — 5 dona;
  • pishloq — 100 g;
  • tuz, murch;
  • sosiska — 6 dona;
  • smetana — 3 osh qoshiq;
  • ko‘k piyoz;
Tayyorlanish jarayoni
  • Maydalangan sarimsoq piyozga 1 ta tuxum qo‘shib aralashtiring.
  • Qirg‘ichdan chiqarilgan kartoshka qo‘shing.
  • Qirg‘ichdan chiqarilgan pishloqning yarmini kartoshkali aralashmaga qo‘shing, tuz va murch seping.
  • Bo‘laklarga bo‘lingan sosiskani kartoshkaga qo‘shib aralashtiring.
  • Pechga qo‘yishga mo‘ljallangan maxsus idish chetlarini yog‘lang.
  • Aralashmani idishga soling.
  • Pishloqning qolgan qismiga tuxum va smetana qo‘shib aralashtiring.
  • Smetanali sousni idishdagi aralashma ustidan quying.
  • 180 daraja olovda 40 daqiqa davomida pishirib oling.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar