Daryo

Kartoshka va sosiskadan mazali pirojki tayyorlaymiz

Yegulik issiqligicha pomidor sousi bilan iste’mol qilish tavsiya etiladi

1 daqiqa o‘qish31 020 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Lifehacker

Odatda pirojkilarni xamirdan tayyorlanishi ma’lum. Ammo bu safar ularni kartoshka pyuresidan pishirib ko‘ring.

Foto: Lifehacker
Kerakli mahsulotlar:
  • kartoshka – 500 gramm;
  • tuxum – 2 dona;
  • un – 3-4 osh qoshiq;
  • sosiska – 5-6 dona;
  • sarimsoq – 2 bo‘lak;
  • o‘simlik yog‘i – 5-6 osh qoshiq;
  • tuz.
Tayyorlanish jarayoni
  1. Kartoshkalar tuzli suvda qaynatib olinadi va sovitishga qo‘yiladi.
  2. So‘ngra qirg‘ichdan o‘tkazilib, pyure tayyorlanadi.
  3. Ustidan tuxum, un va tuz qo‘shib, aralashtiriladi.
  4. Aralashma 5-6 ta qismga bo‘linib, dumaloq shaklga keltiriladi.
  5. Har bir xamirning o‘rtasiga sosiska qo‘yilib, xamir chetlari birlashtiriladi.
  6. Sarimsoq piyozi tozalanib, qizaruncha qovurib olinadi. So‘ngra yog‘dan olinadi.
  7. Tovadagi yog‘da 4-5 daqiqa davomida pirojkilarning ikki tarafi qizarguncha qovuriladi.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar