O‘zbekiston Superligasining 17-tur uchrashuvlari davom etmoqda. Farg‘ona derbisi nomi ostida o‘tgan bahsda “Qo‘qon-1912” hamda “Neftchi” jamoalari o‘zaro kuch sinashdi. Qiziqarli va murosasiz kechgan bellashuvda mehmonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yindagi hisob 9-daqiqada “Neftchi” hujumchisi Alisher Odilov tomonidan ochildi. Ikkinchi bo‘limning 83-daqiqasida Shohruh Gadoyev mezbonlar safida javob golini urdi va hisobni tenglashtirdi. Ammo 89-daqiqada Yovan Jokichning goli “Neftchi”ga muhim uch ochkoni taqdim etdi.
Mazkur g‘alabadan so‘ng “Neftchi” ochkolarini 33 taga yetkazib, turnir jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 12 ochkoga ega “Qo‘qon-1912” esa 15-pog‘onani egallab, musobaqa autsayderlari safida qolmoqda.
O‘zbekiston Superligasi
17-tur
7-avgust, payshanba
“Qo‘qon-1912” — “Neftchi” 1:2
Gollar: 0:1 — Odilov (9), 1:1 — Gadoyev (83), 1:2 — Jokich (89)
Izoh (0)