Toshkent shahri Yashnobod tumanida ko‘p qavatli uylardan birida yong‘in chiqdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Maʼlumotlarga ko‘ra, 7-avgust soat 16:09 da Yashnobod tumani, Qo‘yliq mavzesida joylashgan, ko‘p qavatli uyning 7-qavatidagi xonadonda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 16:17 da yetib borib, yong‘in 16:37 da o‘chirildi.
Qutqaruvchilarning tezkor saʼy harakati natijasida yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘qligi taʼkidlandi. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Avvalroq ham Yashnabod tumanida ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘lgani hamda xonadonning jihozlari o‘t ichida qolgani to‘g‘risida xabar qilingandi.
Izoh (0)