“Manchester Yunayted” Angliya chempionati 29-turi doirasida “Kristal Pelas”ga qarshi kechgan 3-mart kungi o‘yinda durang qayd etdi (0:0).
Ole-Gunnar Sulsher qo‘l ostidagi jamoa Premyer Liga 2020/21-yilgi mavsumida olti marta (ligada eng ko‘p) nursiz durang qayd etdi.
Bu orqali “Manchester Yunayted” klub rekordini takrorladi. Jamoa 2004/05 va 2016/17-yilgi mavsumlarda ham chempionatda oltita durang qayd etgandi.
Ta’kidlash joiz, mankunianlar barcha musobaqalar doirasida ketma-ket uch o‘yindan beri 0:0 hisobini qayd etmoqda. Avvalroq jamoa “Chelsi” (APL) va “Real Sosyedad” (Yevropa Ligasi) bilan nursiz durang o‘ygandi.
Shu bilan birga “Manchester Yunayted” mavsum boshidan beri ketma-ket 14 ta safar o‘yinida yutqazmadi. Bunaqasi liga tarixida beshinchi marta kuzatildi. Undan avval “Lids” (1973/74), “Liverpul” (1987/88) va “Arsenal” (2001/02 va 2003/04) ushbu natijaga erishgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)