• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Hujumchilar ham havas qiladi: dunyoning eng qimmat markaziy himoyachilari

    Joriy 2020/21-yilgi mavsum zamonaviy futbolda markaziy himoyachining o‘rni nihoyatda beqiyos ekanligini ko‘rsatdi. Ushbu mavsum davomida manaman degan grand jamoalar himoyadagi muammolarga duch keldi va hamon bu muammolardan aziyat chekmoqda. Ba’zi klublarda jarohat olgan himoyachilar ko‘p bo‘lsa, boshqalarida shunchaki bu pozitsiyada yuqori darajadagi o‘yinchilar yo‘q. Mavsum yakunida hujumchilar uchun bo‘lgani kabi, mudofaa vakillari uchun ham shiddatli kurash kechishi aniq. FootballHD nashri Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra dunyoning ayni damdagi eng qimmat markaziy himoyachilari haqida material tayyorladi. Quyida ushbu maqola o‘zbek tilida taqdim etiladi.

    David Alaba — 55 million yevro

    Foto: FootBoom

    Foto: FootBoom

    Alaba yuqori darajali himoyachi shu sababli “Bavariya” uning shartnomani uzaytirmoqchi emasligidan afsusda. Ammo ushbu mavsumda avstriyalik Myunxen klubining butun boshli himoyasi singari o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsata olmayapti. Joriy 2020/21-yilgi mavsum “rekordmeyster” Bundesligada 31 ta gol o‘tkazib yuborishga ulgurdi — bu deyarli avvalgi ikki mavsumdagi bilan bir xil natijadir. Balki vaziyatning o‘zgarishi futbolchiga yaxshi tomondan ta’sir ko‘rsatar. “Bavariya” bilan Alaba barcha sovrinlarni qo‘lga kiritdi va ehtimol, u ishtiyoqni yo‘qotgandir. Agar mish-mishlarga ishonilsa, himoyachi yangi mavsumda muvaffaqiyatlarini “Real” bilan birga takrorlashga harakat qilib ko‘radi.

    Kalidu Kulibali — 60 million yevro

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Kulibali “Napoli”ning asosiy aktivi hisoblanadi. Neapolliklar mana bir necha yildirki, himoyachini o‘z safiga qo‘shib olishni xohlagan boshqa klublarning hamlalarini qaytarish bilan shug‘ullanmoqda. Ayniqsa “Manchester Siti” senegallik uchun jiddiy kurashga kirgandi, ammo futbolchi yakunda baribir Neapolda qoldi. Klub futbolchini yana qancha vaqt ushlab tura oladi, mana shu hamon katta savolligicha qolmoqda. Kulibalining esa yoshi o‘tib bormoqda (hozir 29 yoshda), “Napoli” esa nufuzli sovrinlar uchun kurashishga qodir jamoaga o‘xshamayapti. Senegallikning yozda Neapolni tark etishi kutilmoqda. Futbolchining shartnomasi esa 2023-yilning yozigacha amal qiladi.

    Aymerik Lyaport — 60 million yevro

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Lyaport bir muddat “Manchester Siti” tarixidagi eng qimmat himoyachi bo‘lib turgan. 2018-yilning yanvar oyida “shaharliklar” futbolchining transferi uchun 65 million yevro to‘lagandi. Ammo Aymerikni “Siti”ning eng muvaffaqiyatli markaziy himoyachisi deb atash biroz qiyinroq. 2018/19-yilgi mavsumda fransiyalik Xosep Gvardiola jamoasining asosiy himoyachisi edi. Ammo u 2019/20-yilgi mavsumning katta qismini tizzasidan olgan jarohati tufayli o‘tkazib yubordi. Hozirgi mavsumda esa deyarli o‘ynamayapti. Bir tomondan, “shaharliklar” Ruben Diash bilan shartnoma imzoladi, u esa darhol asosiy himoyachiga aylandi. Boshqa tomondan, kutilmaganda Jon Stounz ajoyib o‘yin ko‘rsata boshladi. Aynan shu ikki himoyachi hozirda Gvardiola jamoasining muvaffaqiyatlarida katta o‘rin tutmoqda. Lyaportga esa shunchaki maydonda joy yetmayapti.

    Ruben Diash — 60 million yevro

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Manchester Siti” bir necha yil davomida malakali himoyachilarni axtarish bilan shug‘ullandi. Bu vaqt ichida “Etihad”dan millionlab yevro uchib ketdi. Nihoyat, “shaharliklar” izlagan futbolchisini topishga muvaffaq bo‘ldi. 2020-yilning sentabr oyida ingliz klubi “Benfika”dan Ruben Diashni 68 million yevroga sotib oldi. Bu safar oldingilaridan farqli o‘laroq “Siti” adashmadi. Portugaliyalik hozirda “Siti” g‘alabali seriyasining muhim elementi bo‘lib, barcha musobaqalarda jami 19 ta uchrashuv o‘tkazdi. Diash va Stounz juftligi nafaqat Angliyada, balki butun Yevropada ham eng yaxshilaridan bo‘lib turibdi. Aynan himoya chizig‘ining kuchayishi bilan “Manchester Siti” APL va Chempionlar Ligasida g‘olib bo‘lish uchun asosiy da’vogarga aylandi.

    Dayo Upamekano — 60 million yevro

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Upamekano Yevropaning eng iqtidorli himoyachilaridan biri hisoblanadi. Yigitcha atigi 22 yoshda, ammo u allaqachon “Leypsig”ning asosiy futbolchisi bo‘lib, Chempionlar Ligasida o‘ynamoqda. Shuningdek, Bundesligada chempionlik uchun o‘zining bo‘lajaka jamoasi “Bavariya” bilan kurashni davom ettirmoqda. Futbolchi mavsum oxirida aynan Myunxen klubiga ko‘chib o‘tadi. Fransuzga Angliya klublaridan jiddiy qiziqishlar bo‘lgandi, ammo u Germaniyani tark etmaslikka qaror qildi. “Bavariya”ga Upamekanoning transferi nisbatan arzonroq tushdi. Hozirgi sharoitda yuqori darajali markaziy himoyachi uchun 42,5 million yevro unchalik katta pul emas. “Rekordmeyster” Alabaning ketishidan qattiq tashvishdaligi rost, ammo klub avstriyalikning o‘rnini juda yaxshi kadr bilan yopdi deb bemalol aytish mumkin.

    Xose Ximenes — 65 million yevro

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Ximenes “Atletiko”ning eng muhim o‘yinchilaridan biridir. Garchi uni ko‘p hollarda jarohatlar qiynasa ham, u asosiy tarkib futbolchisi maqomini yo‘qotmaydi. Yana bir jihat ham borki, urugvaylik himoyachilar hujumchilarga qaraganda ko‘proq qadrlanadigan jamoada to‘p suradi. Ximenes “Atletiko”ga qo‘lidan kelganicha yordam beradi va uning harakatlar besamar ketmayapti. Diyego Simeone qadrlaydigan futbolchiga boshqa klublar ham doimiy ravishda ko‘z tikib turadi. 2019/20-yilgi mavsum so‘nggida “Chelsi” unga jiddiy qiziqish bildirgan edi, ammo “matraschilar” uni yaqin orada hech qayerga qo‘yib yuborishmasa kerak. Madrid klubi hamshaharlaridan farqli o‘laroq qimmatbaho va noyob kadrlarni shunchaki kimgadir berib yubormaydi.

    Rafael Varan — 70 million yevro

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Varanning professional va yuqori darajali o‘yinchi ekaniga hech kim shubha qilmaydi. Ammo so‘nggi paytlarda u o‘z imkoniyatlaridan pastroq darajada o‘yin ko‘rsatmoqda. Hammasi o‘tgan mavsumda, “Manchester Siti”ga qarshi Chempionlar Ligasi pley-off bosqichida boshlandi va bu hamon davom etmoqda. Fransuz muntazam ravishda xatolarga yo‘l qo‘ymoqda va eng yomoni, uni qo‘llab-quvvatlaydigan hech kim yo‘q. Varan Serxio Ramos bilan birgalikda barqaror va xotirjamroq o‘ynaydi, ammo ispaniyalik yo‘q paytlarda, albatta, nimadir sodir bo‘ladi. Ehtimol, Varan sardor (Ramos) bo‘lmaganida “Real”ning yetakchi himoyachisi bo‘lish bosimiga dosh bera olmayotgandir. Ammo futbolchining maqomi, qo‘lga kiritgan sovrinlari soni va transfer narxi hisobga olinsa, bunday deyish biroz erish tuyulishi ham mumkin.

    Markinyos — 70 million yevro

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Tiago Silva jamoadan ketganidan so‘ng PSJ himoyasi uchun javobgarlik Markinyosga yuklatildi. Fransiya klubi sardori nafaqat asosiy ishini bajaradi, balki vaqti-vaqti bilan gollar ham urib turadi. PSJ va Markinyos bir-biriga juda mos keladi. Parijda o‘tkazgan 7,5 yil davomida braziliyalik jamoaning haqiqiy yetakchisiga aylandi va sardorlik bog‘ichiga yetib keldi. Ehtimol, Markinyos faoliyatini aynan PSJda tugatsa kerak. Ayni paytda esa himoyachini Parijdan tashqarida tasavvur qilish qiyin. Futbolchi o‘zini yaxshi his qiladigan klubning yetakchisidir va shu sababli tomonlarga uzoq va samarali hamkorlik kafolatlangan.

    Matteys de Ligt — 75 mln yevro

    Foto: Goal

    Foto: Goal

    Ko‘pchilik “Yuventus” 2019-yilning yozida de Ligt uchun “Ayaks”ga 85 million yevro to‘laganida hayratga tushgandi. Buning ustiga futbolchining o‘zi ham yangi jamoada darhol o‘ynab keta olmadi. Biroq yosh himoyachi bosimni yengib, Turin klubining asosiy tarkib o‘yinchisiga aylanishga muvaffaq bo‘ldi. De Ligt atigi 21 yoshda, ammo u allaqachon ulkan tajriba orttirishga muvaffaq bo‘lgan. Matteys bungacha “Ayaks” sardori bo‘lgan va Niderlandiya terma jamoasi safida 21 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Ammo de Ligt dunyoning eng qimmat himoyachilaridan biri maqomida bo‘lishiga qaramay o‘rganishi kerak bo‘lgan narsalari hali ko‘pligini tushunadi va o‘zini kamtarona tutadi.

    Virjil van Deyk — 80 million yevro

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Qizig‘i, ushbu ro‘yxatning dastlabki ikki pog‘onasini Niderlandiya terma jamoasi futbolchilari egalladi. Van Deyk hozirda dunyoning eng qimmat himoyachisi bo‘lib turibdi. Bunga hatto mavsum boshida olgan jiddiy jarohati ham ta’sir o‘tkaza olmadi. Ammo himoyachining jarohati “Liverpul”ning o‘yinlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Hozirda “qizillar” nafaqat APLda g‘olib bo‘lish imkoniyatidan mosuvo bo‘lmoqda, balki kelasi mavsumda Chempionlar Ligasi yo‘llanmasidan ham quruq qolishi mumkin. Aynan van Deykning jarohatidan so‘ng mersisaydliklar ketma-ket muammolarga duch kela boshladi va bu chinakamiga falokatga aylandi. Bugungi “Liverpul” har qanday jamoa uchun malakali markaziy himoyachilar qanchalik muhimligini isbotlab turibdi.

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    04.03.2021, 22:00   Izoh (0)   22517
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Erling Holand qaysi klubga o‘tishni istayotgani ma’lum bo‘ldi

    04.03.2021, 21:02

    JCh—1958 g‘olibi Joze Altafini: “Krishtianu Ronaldu hech qachon Pele darajasiga yeta olmaydi”

    04.03.2021, 20:01

    Superliga 2-tur o‘yinlarining boshlanish vaqtlari ma’lum bo‘ldi

    04.03.2021, 19:00

    Dryu Dober UFC 259 musobaqasidagi bo‘lajak raqibi Islom Maxachevning kamchiligi nimada ekanini aytdi

    04.03.2021, 18:05

    O‘zbekistonlik yengilmas bokschi Azizbek Abdug‘ofurovning navbatdagi raqibi va jangi sanasi ma’lum bo‘ldi

    04.03.2021, 17:15

    “Paxtakor” va “Nasaf” jamoalari o‘rtasidagi O‘zbekiston Superkubogi uchrashuvini kim boshqarishi ma’lum bo‘ldi

    04.03.2021, 16:38
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.