Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 25-turida Milanning “Inter” klubi 4-mart, payshanba kuni “Parma” maydoniga safar qildi.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Dastlab bellashuvning 54-daqiqasida Aleksis Sanches mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Bu goldan 8 daqiqa o‘tib, uning o‘zi “Inter”ning ikkinchi golini kiritdi. Ushbu gollarga “Parma” yarim himoyachisi Ernani Juniyor o‘zining 71-daqiqadagi goli bilan javob qaytardi. Shu tariqa “Inter” safarda 2:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng Antonio Konte shogirdlari ochkolari sonini 59 taga yetkazib, turnir jadvalida yaqqol peshqadam bo‘lib turibdi. Jamoaning eng yaqin ta’qibchisi “Milan” 25-turdan so‘ng hamshaharidan 6 ochkoga ortda qolmoqda. O‘z uyida mag‘lubiyatga uchragan “Parma” 25 turda atigi 15 ochko to‘plab, 19-o‘rinda bormoqda.

A Seriya

25-tur bahsi

4-mart, payshanba

“Parma”—“Inter M” 1:2

Gollar: 0:154 Sanches, 0:262 Sanches, 1:271 Ernani.

“Parma”: Sepe, Osorio, Galyolo (Pessella, 66), Bani, Valenti (Byusi, 66), Brugman, Kurtich, Man (Miheile, 46), Kutska (Ingleze, 66), Karamo, Ernani (Pelle, 85).

“Inter”:  Handanovich, Bastoni, de Vrey, Shkrinyar, Hakimi, Barella, Perishich (Darmian, 84), Eriksen (Vidal, 67), Brozovich, Sanches (Martines, 75), Lukaku.

Ogohlantirish: Darmian (90).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kitob
“Shayton kitob timsolida hayotimga kirib kelgan va barcha narsani o‘ziniki qilib olgan edi…” “Qora kitob” asari haqida
Dunyo
Yuzga tushgan chandiq, quldorlarga qarshi kurash va teatrda otib ketilgan prezident — Linkoln. Xalq orasida eng mashhur AQSH prezidenti taqdiri
Kino
“Yonarqo‘ng‘izlar qabri”, “Yurak shiviri”, “Mushukning qaytishi”  — Yapon rejissorlarining eng yaxshi animelari