O‘zbekiston U-23 futbol terma jamoasi Turkiyada tashkil etiladigan xalqaro musobaqada ishtirok etadi.
Ravshan Haydarov qo‘l ostidagi jamoa 20-mart kuni Toshkentda yig‘iladi va 22-mart kuni Turkiyaning Antaliya shahriga jo‘nab ketadi.
U yerda o‘zbekistonlik yoshlar 24—29-mart kunlarida Antaliya Kubogi—2021 musobaqasida ishtirok etadi. Musobaqa doirasida O‘zbekistonni Slovakiya, Ukraina va Qozog‘istonga qarshi o‘yinlar kutib turibdi.
Antaliya Kubogi—2021
1-tur | 25.03.2021
O‘zbekiston — Slovakiya
2-tur | 27.03.2021
Ukraina — O‘zbekiston
3-tur | 29.03.2021
O‘zbekiston — Qozog‘iston
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)