• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Yangi Kroyf”, 4 muhim vazifa va hujumdagi yo‘qotishlar. “Paxtakor” yangi bosh murabbiyi Piter Hyuistra ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi

    “Paxtakor” futbol klubining yangi bosh murabbiy Piter Hyuistra ishtirokida 4-mart kuni mavsumoldi matbuot anjumani tashkil etildi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Unda niderlandiyalik mutaxassis jurnalistlarni qiziqtirgan ko‘plab savollarga javob qaytardi.

    Mavsum boshlanishidan avval OAV vakillari bilan uchrashish va muloqot qilish yoqimli. Oxirgi to‘rt yilda “Paxtakor”da ishlayapman, klub va o‘zbek futbolini yaxshi bilaman. Ish men uchun yangi emas, lekin chaqiruvni yangi deb aytishim mumkin. Shota Arveladze bilan ishlagan davrimizda biz “Paxtakor” bilan yangi darajaga chiqa oldik deb o‘ylayman. Ikki yil ichida barcha ichki sovrinlarga ega chiqdik. Chempionlar Ligasida eng kuchli sakkiz jamoa qatoridan o‘rin oldik. Hozir esa Arveladze jamoani tark etgach, biz o‘yin falsafasini saqlab qolib, yana-da o‘sishga intilishimiz zarur. Osiyoda eng yaxshi darajaga chiqishga harakat qilamiz. Xorijlik mutaxassislar o‘zbek futbolchilari haqida juda iliq fikrlar bildiradi. Chempion sifatida bizda mas’uliyat bor, ortimizdan barchani yuqori marra sari yetaklashimiz kerak. O‘zbek futboli katta imkoniyatga ega. “Paxtakor” va boshqa jamoalarda o‘sish uchun potensial mavjud. “Olimpik” jamoasida 60 foizga yaqin o‘yinchi “Paxtakor” tarbiyalanuvchilari va futbolchilari sanaladi.

    Yangi mavsum va tarkibdagi o‘zgarishlar haqida

    Milliy terma jamoani muhim o‘yinlar kutmoqda va u yerda ko‘plab futbolchilarimiz o‘ynaydi. “Paxtakor” doim bosim ostida bo‘ladi, bizdan ko‘p narsa kutishadi. Bosh murabbiy sifatida vazifam o‘yinchilarni yuqori darajada ushlab turish. Shanba kuni mavsumni boshlaymiz. Ikki marta “Nasaf” bilan o‘ynaymiz. O‘tgan mavsum eng yuqori pog‘ona egalari mavsumni ochib beradi. Bu o‘ziga xos qiziq sinov.

    Har mavsumda jamoalar safida o‘zgarish ro‘y beradi. “Paxtakor” ham ba’zi futbolchilarga ketishga ruxsat berdi, chunki ularga manfaatliroq takliflar bo‘ldi. Yangi o‘yinchilar safimizga kelib qo‘shildi va me’yorni saqlashga urinamiz.

    Tarkibimizga bir necha o‘yinchilarni qo‘shib oldik. Iminov va Yo‘ldoshev esa ijaradan qaytdi. Ular yaxshi potensialga ega futbolchilar, bu raqobat kuchayishiga xizmat qiladi. Himoya va yarim himoyada saviyamiz pastga tushmagan, biz darajani saqlab qoldik deb o‘ylayman. Faqat hujumda yo‘qotish mavjud. Tezroq jamoani jipslashtirib, yaxshiroq saviyaga chiqib olishimiz kerak. Chobanov, Azmiddinov, Xoldorxonov va Xolmatov kabi yoshlar esa asosiy jamoa bilan to‘liq shug‘ullanib, tajriba oshirib bormoqda. Erkinov esa bemalol asosiy tarkibdan o‘rin olishga da’vogarlardan biri.

    “Paxtakor 2”ning Pro-Ligada ishtirok etmasligi haqida

    U-21 va birinchi liga jamoalari o‘tgan yili faoliyat olib borgandi. Birinchi liga jamoasi Pro-Ligaga yo‘llanma olgandi, biroq ko‘plab futbolchilar “Olimpik” klubiga jalb etilgani sababli birinchi liga jamoasi faoliyati to‘xtatildi. Asosiy tarkib va U-21 tarkibi birgalikda shug‘ullanadi.

    Jamoa oldidagi to‘rt muhim vazifa

    To‘rt muhim jihat mavjud: Superkubokni qo‘lga kiritish, Superligada chempionlikni himoya qilish, Chempionlar Ligasida muvaffaqiyatli ishtirok etish, o‘yinchilarni milliy terma jamoaga yaxshi holatda tayyorlab berish. “Paxtakor” bosh murabbiyi katta mas’uliyatga ega ekanini tushunaman, nafaqat o‘zim, balki o‘yinchilar uchun ham javobgarman. Bu to‘g‘ridan to‘g‘ri terma jamoaga ta’sir qiladi. O‘zbek futboli rivojiga kichik hissamni qo‘shishga tayyorman.

    Niderlandiyalik mutaxassis o‘zbek futboli uchun “yangi Kroyf”ni tarbiyalab bera oladimi?

    O‘yinchilarni, tizim, falsafani yaxshi bilaman. Men uchun ko‘p o‘zgarish yo‘q. Chunki ushbu falsafa men sevgan uslub. Ishda katta o‘zgarishlar yo‘q deb aytishim mumkin. Faqat endi klub vakili sifatida ko‘proq OAV bilan muloqotda bo‘laman. Umid qilamanki, Kroyfdek futbolchi paydo bo‘ladi. Har bir klub o‘zining yoshlar jamoalari, akademiyalariga e’tibor berishi kerak. Doim yoshlar bilan ishlab kelganman. Bu klub uchun kelajakka qo‘yiladigan eng yaxshi qadamdir. “Paxtakor”da hamisha ko‘plab iqtidorlar bo‘lgan. Akademiya bilan ishlashda davom etamiz, yoshlarning mehnat qilayotganini ko‘rish doim yoqimli.

    Mavsumga tayyorgarlik haqida

    Bu jarayon hamisha qiziqarli. Biz xorijda yig‘in o‘tkazdik, futbolchilar bosh murabbiy bilan yaqinlashishi, jamoaning bir-biriga moslashishida bu katta ahamiyatga ega. Yangi o‘yinchilar moslashib boradi. Jamoa va tarkib bilan ba’zi sinovlarni amalga oshirib ko‘rish mumkin. Yoshlar asosiy jamoa muhitini his qiliadi. Ba’zi futbolchilar “Spartak” va “Zenit”ga qarshi bahslarda boshqa daraja, tezlik, jismoniy imkoniyatlarni ko‘rdi. Bu ular uchun yaxshi tajribaga aylanadi. O‘z ustida ishlash kerakligini his qiladi.

    Jamoa hujumchilarni qo‘yib yuborayotgani haqida

    Hamisha tanlov imkoniyatiga egamiz. Ba’zan futbolchi ko‘proq o‘ynashi yoki o‘sishi uchun boshqa klublarga berib yuborishga to‘g‘ri keladi. Bu ularning kelajagi uchun muhim. Biz turli xil variantlarni sinab ko‘rishimiz mumkin. Eren maydonga tusha olmaydigan taqdirda boshqa o‘yinchilardan foydalanishga intilamiz. Transfer oynasi hali yopilmadi. Hujumchi qidirish ishlari davom etmoqda. O‘tgan yilga nisbatan taqqoslaganda, hujumda muammo bor, to‘g‘ri. Boshqa tarafdan bu men uchun yengib o‘tishim kerak bo‘lgan chaqiruv.

    Chempionlar Ligasining markazlash holda o‘tishiga munosabati haqida

    Bunday musobaqa o‘zgacha o‘tadi, jamoalar bir mehmonxonada yashaydi, bir-birini ko‘radi va o‘yinlarda ishtirok etadi. Musobaqaning o‘ziga bor e’tiborni qaratasiz. Raqiblarni to‘liq o‘rganib chiqasiz. Jamoani darhol navbatdagi uchrashuvga tayyorlash talab etiladi. Safar bilan bog‘liq muammolar yo‘q bo‘ladi. Yoqimsiz tarafi esa shunday katta o‘yinlarni uyda o‘ynay olmasligimiz. “As-Sadd” va “Shabob al-Ahli”ga qarshi bellashuvlarni yaxshi eslayman. Stadion deyarli to‘lgandi va bunday muhitda o‘ynash jamoaga qo‘shimcha ishtiyoq beradi. Bunday muhitni sog‘indik.

    Superligadagi raqobatchilar haqida

    Boshqa jamoalarda ham o‘zgarish bo‘lgan, mavsum boshlanmasdan oldin biror raqibni yaxshi bilmaysiz. Kim qanday tayyor ekanini bilib bo‘lmaydi. Hamisha har bir chempionatda yettita jamoa chempion bo‘lish haqida o‘ylaydi. 5-6-turdan keyin qandaydir xulosaga kelish mumkin. “Nasaf” deyarli o‘tgan yilgidek kuchli deb o‘ylayman. “Lokomotiv”, OKMK, “Bunyodkor”, “Navbahor” ham kuchli. “Qizilqum” bilan nazorat o‘yinida to‘qnash keldik. Ularda ham juda yaxshi jamoa mavjud.

    Bosh murabbiy sifatida o‘z oldiga qo‘yadigan maqsadi

    Har bir keyingi o‘yinni yutish. Futbolda hamisha keyingi bahsni o‘ylaysiz. Ko‘plab o‘yinlarni yutish orqali chempionat va boshqa musobaqalarda zafar quchasiz.

    Piter Hyuistra, “Paxtakor” bosh murabbiyi

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    04.03.2021, 13:14   Izoh (0)   10260
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Bunyodkor” Vadim Abramov o‘rniga tayinlangan yangi bosh murabbiy nomini e’lon qildi

    04.03.2021, 12:12

    “Barselona” so‘nggi 13 yilda 10-marta Ispaniya Kubogi finaliga chiqdi

    04.03.2021, 11:01

    A Seriya. Eldor Shomurodov 82-daqiqa o‘ynagan bahsda “Jenoa” g‘alabani qo‘ldan chiqardi, “Milan” so‘nggi daqiqalarda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

    04.03.2021, 07:38

    APL. “Manchester Yunayted” safarda “burgutlar”ni yenga olmadi, “Lester” ham ochko yo‘qotdi

    04.03.2021, 07:24

    Liga 1. PSJ safarda minimal hisobda g‘alaba qozondi, “Monako” va “Marsel” so‘nggi daqiqalar qurboniga aylandi

    04.03.2021, 07:04

    Ikkita qizil kartochka, so‘nggi daqiqadagi gol va qo‘shimcha bo‘limlar. “Barselona” dramatik bahsda “Sevilya”ni yengib, Ispaniya Kubogi finaliga chiqdi

    04.03.2021, 06:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?

     

    Tavsiya etamiz

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Zelenskiy Tramp Ukrainaga havo hujumidan mudofaa masalasida yordam bermoqchi ekanligini aytdi

    Dunyo | 5 iyul, 10:33

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Fluminense” “Al-Hilol”ni mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi

    Sport | 5 iyul, 10:12

    Moskva viloyatidagi Ozarbayjon diasporasi rahbari Rossiya fuqaroligidan mahrum qilindi

    Dunyo | 5 iyul, 09:52

    Samarqandga uzatilgan andijonlik qiz kelinlik xonadonidan o‘lik holda olib kelindi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 09:17

    Samarqandda inspeksiya bosh mutaxassisi pora bilan qo‘lga olindi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 08:12

    Linkoln imzolagan qullikni bekor qilish hujjati 12 mln dollarga sotildi

    Dunyo | 4 iyul, 23:50

    Xitoyda 300 ming yillik sirli yog‘och qurollar topildi

    Dunyo | 4 iyul, 23:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.