Og‘ir vazn toifasida harakat qiluvchi ikki mashhur yakkakurashchi Alistar Overim va Junior dos Santos UFC’dan chetlatildi, deya xabar qilmoqda MMAJunkie.
Overim og‘ir vazn toifasi reytingida 7-o‘rinda borayotgandi, dos Santos esa 12-pog‘onadan joy olgandi.
40 yoshli Overim ketma-ket ikki g‘alabadan keyin, so‘nggi jangida Aleksandr Volkovga nokaut bilan yutqazib qo‘ydi.
37 yoshli dos Santos esa to‘rt mag‘lubiyatdan iborat seriya qayd etayotgandi. So‘nggi bor u Siril Geynga taslim bo‘lgandi. Braziliyalik yakkakurashchi og‘ir vazn toifasining sobiq chempioni hisoblanadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)