Angliya Premyer Ligasi o‘tgan haftada olingan koronavirus testi natijalarini ma’lum qildi.
Ushbu vaqt ichida APL klublarining futbolchilari va xodimlaridan 2295 ta test olindi. Ularning 40 tasi virusga ijobiy xulosa bergan. Bu mavsum boshidan hisoblaganda rekord natija bo‘ldi.
APL mavsum davomida muntazam jamoalarni tekshiruvdan o‘tkazgan va natijalarni ham hafta e’lon qilib boradi. Bunga qadar bir hafta ichida eng ko‘p kuzatilgan raqam 18 ga teng edi. Infeksiya aniqlangan shaxslar 10 kun davomida izolyatsiyada bo‘ladi.
Avvalroq Premyer Liga doirasidagi bir qator uchrashuvlar koronavirus sabab qoldirilgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)