“Tottenhem” va “Real” klublari sobiq himoyachisi Jonatan Vudgeyt “shporlar” hujumchisi Harri Keyn haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Agar “Real” uni so‘rab keladigan bo‘lsa, Harri ketishi kerak. Agar u Messi, Ronaldu va boshqa shunga o‘xshash futbolchilar kabi sovrin yutish hamda shohsupaga chiqishni xohlasa, u holda ketishi kerak.Keyn APL 2020/21-yilgi mavsumida 16 o‘yin o‘tkazib, 10 gol va 11 ta golli uzatma muallifiga aylandi.U “Tottenhem” bilan na bu mavsum va na boshqasida Premyer Ligani yutishiga ishonaman. “Shporlar” “Liverpul” va “Manchester Siti” bilan raqobat qilishi uchun ko‘p narsa barpo qilishi kerak. Agar Harri Chempionlar Ligasini yutishni xohlasa, “Real” bilan bunaqa imkoniyatga ega bo‘ladi.
Jonatan Vudgeyt, sobiq futbolchi
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)