• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Ularga ham ish yo‘q. Bir yildan oshiq vaqt davomida ishsiz qolayotgan taniqli futbol murabbiylari (foto)

    Pandemiya sababli ishsizlik nafaqat o‘rta qatlamga, balki dunyoning eng yaxshi futbol murabbiylariga ham ma’lum miqdorda zarar yetkazdi. Quyida 2020-yilda xizmatlariga ehtiyoj sezilmagan taniqli mutaxassislar haqida fikr yuritiladi.

    Marku Silva, 2019-yilning 5-dekabridan beri ishsiz

    So‘nggi klubi: “Everton”

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    2018-yilning may oyida Silva “Everton” boshqaruvini qabul qilib oldi. 2018/2019-yilgi mavsumda jamoa portugaliyalikning qo‘l ostida Angliya chempionatida sakkizinchi o‘rinni egallab, Yevrokuboklar yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmadi. Yangi mavsum starti ham ko‘ngildagidek bo‘lmadi, natijada jamoa 14 ochko bilan turnir jadvalida 18-o‘ringa tushib ketdi. Shundan so‘ng Silvaga chiqish eshiklari ko‘rsatildi.

    Bundan tashqari Markuning muvaffaqiyatsizliklari “Everton”ning kelajakdagi ishlariga ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi: jamoaning yangi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti rekord darajadagi yo‘qotishlar tufayli o‘zidan oldingi murabbiyga berilgani kabi 2020-yilning qishida katta transferlarni amalga oshira olmadi.

    Mark van Bommel, 2019-yilning 16-dekabridan beri ishsiz

    So‘nggi klubi: PSV

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Natijalar juda yomon va PSV bunga loyiq emas. Musobaqalar muhim, ammo mashg‘ulotlar jarayoni ham hal qiluvchi ahamiyatga ega. Biz buni diqqat bilan kuzatmoqdamiz. PSV – hamma bir-biriga yordam berishga intiladigan klub. So‘nggi oylarda ham biz barchaga yordam berishga harakat qildik. Ammo klub manfaatlari har doim birinchi o‘rinda turadi. Vaziyatni baholash oxir-oqibat ushbu og‘riqli qarorga olib keldi. Vaziyatni o‘zgartirish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qildik. Afsuski, biz muvaffaqiyat qozona olmadik”, – deydi PSV bosh direktori Toon Gerbrands van Bommelning ishiga baho berar ekan.

    Niderlandiyalik mutaxassis klubni chempionlikka yetaklay olmadi va 2019-yilning dekabrida 17-turdan so‘ng ishdan bo‘shatildi. O‘shanda PSV 31 ochko bilan mamlakat chempionati turnir jadvalida 4-o‘rinni egallab turgan edi.

    May oyida esa van Bommel o‘z xizmatlarini “Milan”ga taklif qildi, ammo klub bosh murabbiy lavozimida Stefano Piolini saqlab qoldi.

    Massimiliano Allegri, 2019-yilning 30-iyunidan beri ishsiz

    So‘nggi klubi: “Yuventus”

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Allegri bir yil davomida futboldan dam oldi va o‘tgan 2020-yilning yozida ishga qaytishga tayyorligini e’lon qildi.

    “Men bo‘sh vaqtimni dam olishga va oilam, yaqinlarimga sarfladim. Ona shahrim Livornoda eski do‘stlarim vaqtimizni chog‘ o‘tkazdik. Qaysi mamlakatda ishlashim men uchun ahamiyatsiz. Birgalikda harakat qiladigan va ambitsiyalarga ega klubni izlayapman”, – deydi Allegri.

    Italiyalik mutaxassisning kelishi mumkin bo‘lgan jamoalar qatorida “Manchester Yunayted”, PSJ, “Inter”, Niderlandiya terma jamoasi va “Chelsi” ko‘rsatilgandi.

    Murabbiyning o‘zi esa dekabr oyida o‘zini Angliyada sinab ko‘rmoqchi ekanligini aytdi. “Albatta, men o‘zimni Angliya Premyer Ligasida sinab ko‘rmoqchiman. Italiya jamoalarida — to‘rt yil “Milan”da, besh yil “Yuventus”da ishlaganman. Endi yana Italiyada yoki Angliyada ishlashni kutmoqdaman. Hozirda ingliz futboli o‘smoqda, chunki u yerda chet ellik murabbiylar juda ko‘p, 10 yil oldingiga qaraganda taktika ko‘proq. Angliya endilikda taktika jihatidan ancha murakkab va mukammalroq, ammo u shu bilan birga o‘z an’analarini ham hurmat qiladi”, – degandi Allegri Goal’ga bergan intervyusida.

    Ammo so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Massimilianoning “Inter”da Kontening o‘rnini egallashi ehtimoli yuqori.

    Luchano Spalletti, 2019-yilning 30-mayidan beri ishsiz

    So‘nggi klubi: “Inter”

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Spaletti “Inter”da hech qanday muvaffaqiyatga erisha olmadi. Luchano hatto klub bilan shartnomani o‘z ixtiyori bilan bekor qilishdan bosh tortdi, unga ko‘ra mutaxassis 2021-yilning yozigacha bir mavsum uchun 4,5 million yevro maosh olardi. 2020-yilning may oyida mutaxassis ishga qaytish istagini bildirdi.

    “Masalaning moliyaviy tomoni meni qiziqtirmaydi. Bu ish bilan menga yoqqani uchun shug‘ullanaman. Murabbiylik kursisiga qaytmoqchiman”, – deydi Spalletti.

    Biroq Luchano 2020-yilda hech bir klubda ko‘rinmadi. Hozircha italiyalikning faqat mahalliy jamoalarni boshqarishi mumkinligi haqida mish-mishlar mavjud.

    Marselino Toral, 2019-yilning 11-sentabridan beri ishsiz

    So‘nggi klubi: “Valensiya”

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Chempionatda to‘rtinchi o‘rin, Chempionlar Ligasi yo‘llanmasi, Ispaniya Kubogi – bularning hech biri Marselinoni “Valensiya”da olib qola olmadi. Mutaxassisning iste’fosi 2019-yilda Ispaniyada katta rezonanslarga sabab bo‘lgandi. Toral ham “Inter”ni boshqarish uchun da’vogarlardan biri bo‘lib turibdi. Bundan tashqari, uning nomi noyabr oyida “Atletik”ning short-listida qayd etilgandi. Murabbiyning o‘zi butun faoliyati davomida faqat Ispaniya klublarida faoliyat yuritgan. Shuni hisobga olib uni chet elda ko‘rish ancha qiziq bo‘lar edi.

    Leonardo Jardim, 2019-yilning 27-dekabridan beri ishsiz

    So‘nggi klubi: “Monako”

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Bitta daryoga ikki marta tushib bo‘lmaydi, lekin “Monako”ni ikki marta boshqarish mumkin. Jardim klubga ikkinchi bor kelganidan so‘ng jamoaning natijalari yaxshilandi, ammo rahbariyat istagan darajada emas. Shartnomani bekor qilish uchun Leonardo o‘zining uch nafar yordamchisi bilan birgalikda 8 million yevro miqdorida tovon puli oldi.

    “Klub bosh direktori Oleg Petrov jamoadan ketishimning asosiy tashabbuskori. Men hech qachon uning murabbiyi bo‘lganimni his qilmaganman. Rojdestvo ta’tilidan keyin Petrov meni o‘z xonasiga chaqirdi va klub prezidentidan mening iste’fomni so‘raganini aytdi”, – deydi Jardim klubdan ketishining sabablari haqida.

    May oyida “Monako”ning sobiq murabbiyi “Marsel”ni boshqarishi mumkin edi, biroq muzokaralar muvaffaqiyatli o‘tmadi. So‘nggi xabarlarga ko‘ra, Jardim 2021-yilda Moskvaning “Spartak” klubini boshqarishi kutilmoqda.

    Mark Hyuz, 2018-yilning 3-dekabridan beri ishsiz

    So‘nggi klubi: “Sauthempton”

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Hyuz uch yildan beri ishsiz yuribdi. Ingliz mutaxassisi “Sauthempton”dan bo‘shatilganidan so‘ng Premyer Liga tarixida bir kalendar yilida ikki marta ishdan bo‘shatilgan ilk murabbiyga aylandi. Mark dastlab “Stok Siti”ni boshqargan va u yerda jamoaning yomon o‘yini tufayli ishdan bo‘shatilgandi.

    Shundan so‘ng mutaxassis “Sauthempton”ni boshqarishni o‘z zimmasiga oldi, u jamoani Chempionshipga tushib ketishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak edi. Ammo 14-turdan so‘ng “Sauthempton” yana xavfli zonaga tushib ketdi. Hyuz shartnoma muddatidan oldin bekor qilganligi uchun tovon puli sifatida 6 million funt sterlingga (taxminan 6,7 million yevro) ega chiqdi.

    Vinchenso Montella, 2019-yilning 21-dekabridan beri ishsiz

    So‘nggi klubi: “Fiorentina”

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Montella “Roma” qarshi kechgan o‘yindan so‘ng (1:4) “Fiorentina”ni tark etdi.

    “Bu jamoa muxlislari (“Fiorentina”) ko‘proq narsaga loyiqdir. Bunga hech shubha yo‘q. Ushbu klub ishqibozlari qalbimda mangu qoladi.

    Men, mening shtabim va futbolchilar tomonidan ba’zi xatolarga yo‘l qo‘yildi. Ammo, ehtimol, xatolarga faqat biz yo‘l qo‘ymadik. Qaysi futbolchini o‘ynatishim kerakligi haqida ko‘rsatmalar mavjud edi. Lekin hech kim mendan nima istayotganimni so‘ramadi ham. Mavsum uchun hech qanday maqsad yo‘q edi. Tarkibni yangilab, raqobat darajasini ko‘tarish uchun yanvar oyini kutgan edik, birgalikda vaziyatni tahlil qilgandik. Agar iste’fodan ranjimadim desam, yolg‘on gapirgan bo‘laman. Ishonamanki, mavsumning ikkinchi qismida yaxshiroq o‘ynagan bo‘lardik”, – deydi Montella.

    Vinchensoning kelajagi haqida hech qanday mish-mishlar yo‘q. Aftidan, murabbiy hali futbolni sog‘inmagan ko‘rinadi.

    Elita boyvachchalari. APLning eng yaxshi murabbiylari qancha maosh oladi?

    05.01.2021, 17:00   Izoh (0)   27963
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Real” Serxio Ramosga ikki xil variantda yangi shartnoma taklif qilmoqda

    05.01.2021, 15:25

    Vudgeyt: Harri Keyn Ronaldu yoki Messiga o‘xshashni xohlasa, “Real”ga o‘tishi kerak

    05.01.2021, 14:57

    “Liverpul”ni taslim etgan “avliyolar” APL rekordini qayd etdi

    05.01.2021, 13:55

    The Guardian talqiniga ko‘ra 2020-yilning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

    05.01.2021, 13:26

    “Barselona” klubida 2 ta koronavirusga chalinish holati aniqlandi, jamoa mashg‘ulotlari bekor qilindi

    05.01.2021, 11:48

    APLdagi transferlar “tulkisi”. “Lester”ning har doim foydada qolayotgani haqida

    05.01.2021, 10:16
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Yangi daraxt — yangi nafas” respublika ekochempionati amalga oshiriladi

    O‘zbekiston | 17 may, 23:40

    Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan o‘zbekistonlik qizcha vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 17 may, 23:17

    Superliga. “Sho‘rtan” o‘z uyida bir kishi kam “Andijon”ni mag‘lub etdi

    Sport | 17 may, 22:58

    Nyu York universiteti bitiruv nutqida G‘azodagi urushni qoralagan talabadan diplomni olib qo‘ydi

    Dunyo | 17 may, 22:53

    Toshkentning bir qator ko‘chalari vaqtincha yopiladi

    O‘zbekiston | 17 may, 22:38

    Angliya Kubogi. “Kristal Pelas” finalda “Manchester Siti”ni mag‘lub etib, chempion bo‘ldi

    Sport | 17 may, 22:34

    Toshkentda jami 12 mlrd so‘mlik tamaki va elektron tamaki mahsulotlarini sotuvga qo‘ygan savdo shoxobchalari aniqlandi

    O‘zbekiston | 17 may, 22:24

    Superliga. “Nasaf” mehmonda “Qo‘qon-1912”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 17 may, 22:23
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.