“Real” va jamoa himoyachisi Serxio Ramosning yangi shartnoma borasida muzokaralariga oid ayrim tafsilotlar ma’lum bo‘ldi.
Madridliklar klubi futbolchiga ikkita variant taklif qilmoqda: hozirgi maoshni saqlab qolgan holda bir yillik shartnoma yoki maoshni 10 foizga kamaytirgan holatda ikki yillik kelishuv, deya xabar qilmoqda El Chiringuito.
34 yoshli himoyachining madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2021-yilning yozida o‘z yakuniga yetadi. Ramos 1-yanvardan boshqa jamoalar bilan rasmiy muzokaralarga kirishish huquqiga ega bo‘lgan.
Avvalroq Ramosga “Manchester Siti” va PSJdan qiziqish borligi xabar qilingandi. Shuningdek, “Real” Serxio bilan maosh borasida kelisha olmayotgani aytilgandi.
Ramos La Liga joriy mavsumida 13 o‘yin o‘tkazib, ikkita gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)