“Milan” yarim himoyachisi Hoqon Chalxono‘g‘lu A Seriyaning dekabr oyidagi eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.
Turkiyalik futbolchi o‘tgan oyda Italiya chempionatida 5 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urdi va beshta golli uzatma amalga oshirdi.
Hoqon “Latsio”ga qarshi kechgan o‘yinda (3:2) jamoasining gollaridan biriga muallif bo‘lish bilan birga ikkita assist amalga oshirdi. Shuningdek, u “Parma” (2:2), “Jenoa” (2:2) va “Sassuolo”ga (2:1) qarshi o‘yinlarda bittadan golga hammuallif bo‘lgandi.
Eslatib o‘tamiz, noyabr oyida Krishtianu Ronaldu (“Yuventus”), oktabrda esa Zlatan Ibragimovich (“Milan”) oyning eng yaxshisi sifatida e’tirof etilgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)