“Barselona” La Liga 17-turi doirasida 3-yanvar kuni “Ueska”ga qarshi kechgan uchrashuvga (1:0) avtobusda bordi.
Ta’kidlanishicha, Barselonadan Ueskagacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tish samolyotda ham, avtobusda ham bir xil vaqt olgani sabab katalon klubi shu qarorga kelgan. Shaharlar orasidagi masofa 229 kilometrni tashkil qiladi.
Avtobusda ketish orqali “Barselona” 30 ming yevro tejab qoldi. Jamoaning hozirgi moliyaviy holatini inobatga olganda, tejamkorlik “Barselona” uchun zarar qilmaydi.
“Barselona” joriy mavsum La Ligadagi 16 o‘yindan keyin 28 ochko bilan 5-o‘rinda ketmoqda.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)