• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Jahon hafta ichida. Ozarbayjonda g‘alaba paradi, Marokash–Isroil munosabatlarida yangi davr, Time’ning “Yil odami”

    Bokudagi g‘alaba paradi, Eronda qatl etilgan jurnalist, yil odami, Marokash—Isroil munosabatlari iliqlashuvi, Qorabog‘da qayta boshlangan harbiy harakatlar bilan esda qolgan dekabr oyining ikkinchi haftasi ham yakuniga yetdi. An’anaga ko‘ra, haftaning muhim voqealarini esga olamiz.

    G‘alaba paradi

    Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida 10-dekabr kuni Tog‘li Qorabog‘dagi urushda qozonilgan g‘alaba sharafiga harbiy parad bo‘lib o‘tdi. Paradni Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev va Bokuga tashrif buyurgan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on kuzatdi. Qatnashchilar orasida turkiyalik harbiylar ham qatnashdi. Paradda ikki prezident oldidan jami uch ming nafar harbiy va 150 ta texnika tantanavor saf bilan o‘tdi.

    Foto: AzerTac

    Foto: AzerTac
    Parad ishtirokchilariga murojaat qilgan Ilhom Aliyev Ozarbayjon “o‘z hududlarining egallanishiga chek qo‘yganini, adolatni va xalqaro huquqni tiklaganini” ma’lum qildi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Tog‘li Qorabog‘dagi harbiy mojaroda 2 783 nafar ozarbayjonlik harbiy xizmatchi halok bo‘lgan. Ilhom Aliyevning farmoniga asosan Ozarbayjonda yangi bayram belgilandi. Unga ko‘ra, Boku vaqti bilan Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi kelishuv imzolangan 10-noyabr mamlakatda G‘alaba kuni sifatida nishonlanadi.

    Marokash—Isroil munosabatlaridagi yangi davr

    2020-yilda Tramp ma’muriyati birdaniga uchta arab mamlakatini yahudiy davlati bilan yarashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Isroil bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan navbatdagi arab davlati Marokash bo‘ldi. AQSh prezidenti Donald Tramp Marokash va Isroil o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganini ma’lum qildi.

    “Bizning ikki buyuk do‘stimiz – Isroil va Marokash qirolligi to‘liq diplomatik munosabatlarni o‘rnatishga kelishib oldi — bu Yaqin Sharqda tinchlik sari qo‘yilgan ulkan qadam”, deb yozdi Tramp Twitter’da.

    Sentabr oyida Bahrayn va Birlashgan Arab Amirliklari Isroil bilan tinchlik bitimlarini imzoladi (BAA bilan qisqa vaqt ichida vizasiz rejim to‘g‘risida kelishildi), oktabrda Sudan bilan ham tinchlik kelishuviga erishildi (kelishuvdan bir necha kun oldin AQSh Sudanni rasmiy ravishda terrorizmga homiylik qiluvchi davlatlar ro‘yxatidan chiqarib tashladi).

    Shuningdek, Isroil bosh vaziri maxfiy ravishda Saudiya Arabistoniga tashrif buyurgani va valiahd shahzoda bilan muzokara o‘tkazgani, ikki mamlakat AQSh vositachiligida tinchlik bitimini imzolashi mumkinligi haqida xabar berilgandi. Biroq Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligi valiahd shahzodaning Isroil bosh vaziri bilan muzokara olib borganini rad etdi.

    Time’ning “Yil odami”

    O‘tgan haftada AQShning Time jurnali “Yil odami – 2020”ni e’lon qildi.  Jurnal “Yil odami — 2020” maqomini AQShning saylangan prezidenti Jo Baydenga hamda uning ma’muriyatida vitse-prezident bo‘ladigan Kamala Xarrisga berdi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    “Amerika tarixini o‘zgartirgani uchun, hamdardlik kuchi ajralish g‘azabidan ustunligini namoyon qilgani uchun, qayg‘uga cho‘mgan dunyoda dardga davo topish haqida bir fikrni o‘rtoqlashgani uchun Jo Bayden va Kamala Xarris Time tomonidan ‘Yil odami’ deya e’tirof etildi”, deb xabar berdi jurnal.

    Time qayd etishicha, Franklin Ruzveltdan boshlab Amerikaning har bir prezidenti “Yil odami” maqomini qo‘lga kiritgan, ammo vitse-prezident hali bunday nomga sazovor bo‘lmagan edi. Kamala Xarris Jo Bayden bilan birgalikda yil odami deb topilishiga sabab shuki, “irqiy adolat uchun katta kurash olib borilgan va tarixdagi eng muhim saylovlardan biri o‘tkazilgan yilda” ularning ittifoqi birlashuv ramziga egadir.

    Time boshqa yo‘nalishlarda g‘olib bo‘lganlarni ham e’lon qildi. Zoom videokonferensiyalar servisini o‘ylab topgan Erik Yuan yil biznesmeniga aylandi. Ushbu servis pandemiya davrida eng ommabop aloqa vositasiga aylandi va xavfsizlik muammolariga duch keldi.

    Yil sportchisi Lebron Jeyms bo‘ldi. U bu maqomni faolligi uchun qo‘lga kiritdi — bu yil Jeyms qora tanli amerikaliklarni prezident saylovlarida ovoz berishga chaqirish maqsadida “Ovozdan ko‘proq” harakatini tashkil qildi hamda sportchilarning irqchilik va zo‘ravonlikka qarshi norozilik belgisi sifatidagi boykotida faol qatnashdi.

    “Yil artisti” yo‘nalishida BTS key-pop guruhi g‘olib bo‘ldi. Time qayd etishicha, 2020-yil jamoa uchun juda muvaffaqiyatli bo‘ldi: BTS key-pop guruhlar ichida birinchi bo‘lib Amerikaning Billboard Hot-100 chartida cho‘qqiga chiqdi, birinchi kunda ko‘rishlar soni bo‘yicha YouTube’da rekord o‘rnatdi, onlayn-konsert uchun qariyb bir millionta chipta sotdi, guruhni yaratgan leybl esa muvaffaqiyatli tarzda birjaga chiqdi. Bundan tashqari, BTS qora tanlilar huquqlari uchun kurashuvchi Black Lives Matter harakatiga bir million dollar xayriya qildi.

    “Yil qo‘riqchilari” (Guardians of the Year) maqomiga pandemiya bilan kurashda oldingi safda turgan tibbiyot xodimlari va AQSh bosh infeksionisti Entoni Fauchi, shuningdek, irqiy adolat uchun kurash tashkilotchilari, amerikalik Porch Bennet-Bey va fransiyalik Assa Traore sazovor bo‘ldi. Bennet-Bey afroamerikalik Jeykob Bleyk politsiyachilar tomonidan o‘ldirilgan Kenosha shahrida norozilik namoyishlarining yetakchilaridan biri bo‘lgan. Traore esa politsiyada halok bo‘lgan akasi Adamaning o‘limini tekshirishni talab qilib, kampaniya boshlagan edi.

    Eronda qatl etilgan jurnalist

    O‘tgan haftaning larzaga soluvchi yana bir voqeasi Eronda yuz berdi. Gap shundaki, Eronda xorijiy razvedka xizmatlari bilan hamkorlik qilganlikda ayblanib sudlangan muxolifat jurnalisti Ruhollah Zam qatl etildi. Zam Oliy sud uning jazosini yengillashtirish va ishni qayta ko‘rib chiqishni rad etgandan to‘rt kun o‘tib, 12-dekabr kuni ertalab osib o‘ldirildi.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Zam Eronning eng taniqli muxolifat faollaridan biri va mamlakatdagi yuqori lavozimli amaldorlarga qarshi ayblov dalillarini nashr etgan Amad News Telegram kanalining asoschisi edi. Kanal Eronda 2017-yilda bo‘lib o‘tgan norozilik namoyishlarini faol ravishda yoritib brogan edi.

    Eron sudi Zamni hukumatga qarshi faoliyat hamda AQSh, Fransiya va Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda aybdor deb topdi. Eron rasmiylariga ko‘ra, jurnalist o‘z postlarida o‘quvchilarni tartibsizliklarda qatnashishga chaqirdi.

    Zam bir necha yil Fransiyada yashab, u yerda siyosiy boshpana oldi. 2019-yilda u Islom inqilobi soqchilari korpusi tomonidan o‘g‘irlab, Eronga olib ketildi. Taxminlarga ko‘ra, uni Iroqda o‘g‘irlashdi. Ma’lum qilinishicha, Zamni mahalliy faollardan biri Iroqqa eksklyuziv intervyu olish taklifi bilan aldab chaqirgan edi.

    Buzilgan sulh

    10-noyabr kuni Ozarbayjon hamda Armaniston o‘rtasida tog‘li Qorabog‘dagi urushni to‘xtatish haqida tinchlik sulhi imzolangan edi. Ammo o‘tgan hafta mazkur bitim buzildi. Bu bitimni kim buzgani borasida ikki tomon bir-birini ayblamoqda. Rossiya Mudofaa vazirligi sulh buzilganini tasdiqladi. Mudofaa vazirligi voqea tafsilotlarini ma’lum qilmasdan, tinchlik bitimidan beri birinchi marta sulh buzilganini tasdiqladi.

    Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi sulh 10-noyabrga o‘tar kechasi e’lon qilindi. Kelishuvlarga muvofiq, Ozarbayjon tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ hududining qariyb yarmi ustidan nazoratni qo‘lga kiritdi. Sulhga Rossiya vositachiligi bilan erishildi. Muvofiqlikni nazorat qilish uchun mintaqaga Rossiya tinchlikparvar kuchlari yuborilgan.

    Koronainfo

    Koronavirus kasalligi bilan bog‘liq ma’lumotlarni onlayn kuzatib boruvchi covidvizualiser.com sayti ma’lumotlariga ko‘ra, butun dunyoda kasallikka chalinganlarning umumiy soni 72 milliondan, kasallikdan vafot etganlar soni esa 1,6 milliondan oshdi. 50 milliondan ortiq bemor kasallikdan sog‘ayib ketdi. Ayni paytda butun dunyoda 20 milliondan ortiq bemor davolanishni davom ettirmoqda.

    Foto: Anadolu Agency

    Foto: Anadolu Agency

    Ma’lumot uchun, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 29-noyabr kuni 62 million, 4-dekabr kuni 65 million, 5-dekabr kuni 66 million, 7-dekabr kuni 67 million, 9-dekabr kuni 68 million, 12-dekabr kuni 70 million kishidan oshgandi.

    Kasallikka chalinganlar soni bo‘yicha AQSh birinchi o‘rinda ketmoqda — 16,5 million. Ikkinchi o‘rinni 9,8 million ko‘rsatkich bilan Hindiston egallagan bo‘lsa, Braziliya uchinchi o‘rinda — 6,8 million. Rossiyada esa pandemiya boshlanganidan buyon 2,6 million kishida koronavirus tasdiqlandi.

    Virus qurbonlari soni bo‘yicha ham yetakchilik AQShga nasib etdi (305 mingdan ortiq), ikkinchi o‘rinda Braziliya (181 ming), Hindiston — uchinchi o‘rin (143 ming).

    14.12.2020, 11:23   Izoh (0)   52095
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    AQSh hukumati fikricha, Facebook raqobat xavfini bartaraf qilish uchun Instagram va WhatsApp’ni sotib olgan. Endi u kompaniyani bo‘lib yuborishni talab qilmoqda

    14.12.2020, 09:15

    Qirg‘izistonda 18 kishi prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatga olindi

    13.12.2020, 23:38

    Ramzan Qodirovning 20 yoshli qizi Grozniyda maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i bo‘ldi

    13.12.2020, 23:17

    Fransiya fuqarosi Yevropa lotereyasi tarixidagi rekord yutuq — 200 million yevro yutib oldi

    13.12.2020, 22:58

    Germaniyada 16-dekabrdan boshlab karantin choralari kuchaytiriladi

    13.12.2020, 22:16

    Xitoyda bir kishida COVID-19 aniqlangani sababli butun shahar karantinga yopildi

    13.12.2020, 20:16
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Sistit — bu uyat emas!


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Desertga tuzlangan bodringli pechenye: Gollivud yulduzlari yaxshi ko‘radigan g‘ayrioddiy yeguliklar

    Layfstayl | 31 may, 13:50

    O‘zbekistonda yozning ilk kunida harorat qanday bo‘ladi?

    O‘zbekiston | 31 may, 13:25

    Jeki Chan, Demi Mur va boshqa jahon yulduzlarining asl ismlarini bilasizmi?

    Layfstayl | 31 may, 12:30

    “Xohlaganimni gapiraman” deya ichki ishlar xodimini haqoratlagan ayol uzr so‘radi (video)

    O‘zbekiston | 31 may, 11:55

    Yaqinlarining qistovi bilan mashhur rollarga rozi bo‘lgan Gollivud aktyorlari

    Kino | 31 may, 11:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.