• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    AQSh hukumati fikricha, Facebook raqobat xavfini bartaraf qilish uchun Instagram va WhatsApp’ni sotib olgan. Endi u kompaniyani bo‘lib yuborishni talab qilmoqda

    AQSh Federal savdo komissiyasi (FTC) (hukumatning mustaqil agentligi) Facebook’ni monopoliyaga qarshi qonunchilikni buzganlikda aybladi hamda kompaniyaga Instagram va WhatsApp’ni sotish majburiyatini yuklash talabi bilan sudga murojaat qildi, deb yozadi Meduza. 46 ta shtat, Kolumbiya okrugi va Guam hududi prokurorlari qo‘llab-quvvatlagan tekshiruv shu jumladan, Mark Sukerberg va Facebook’ning boshqa top-menejerlari ichki yozishmalariga ham asoslangan. Ushbu xatlarda kompaniya rahbariyati Instagram va WhatsApp’ning ommabopligini to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘z kompaniyalari uchun xavf deb atagan, ularni sotib olish esa ushbu xavfni bartaraf etish yo‘li ekanligini aytgan.

    Foto: LETA

    Foto: LETA

    FTC nima deyapti?

    FTC o‘z da’vosi anonsida yozishicha, Facebook kompaniyasi ko‘p yillar davomida raqobatni cheklab qo‘yadigan siyosat olib borish orqali “ijtimoiy tarmoqlar bozorida monopoliyani qo‘llab-quvvatlagan”.

    Facebook strategiyasidagi, FTC’ning fikrini tasdiqlovchi misollar: kompaniyaning 2012 va 2014-yillarda Instagram va WhatsApp’ni sotib olishi, shuningdek, boshqa ishlab chiquvchilar platformadan va API (dasturiy interfeys)dan foydalanishni cheklashi (bu ham kompaniyaning monopol holatiga nisbatan ehtimoliy xavflarni bartaraf qilishga qaratilgan).

    FTC’ning Kolumbiya okrugi sudiga yo‘naltirilgan 58 sahifali murojaatnomasida Mark Sukerberg va Facebook’ning boshqa xodimlari turli yillarda olib borgan ichki yozishmalariga asoslangan o‘nlab dalillar keltirilgan. Masalan, 2008-yilda Facebook asoschisi “raqobatlashgandan ko‘ra, sotib olgan yaxshiroq” ekanligini yozgan va komissiya fikricha, kompaniya undan keyingi yillarda shu strategiyaga amal qilgan.

    Chunonchi, 2012-yil fevralida Sukerberg agar Instagram mustaqil kompaniya bo‘lib qolsa, yoki uni Google yo Apple sotib olsa, bu servis mobil qurilmalardagi rivojlanish bo‘yicha “Facebook’ni ancha orqada qoldirishi” mumkin deb hisoblagan.  Instagram uchun “ko‘p pul to‘lash haqida o‘ylab ko‘rish kerak, shekilli”, deb yozgan edi Sukerberg o‘shanda.

    Facebook moliyaviy direktori Devid Ebersmanga yo‘llangan boshqa xatida Sukerberg Instagram, Path, Foursquare yoki boshqa shunga o‘xshash ijtimoiy servislarni sotib olish orqali, agar bozorda bularga o‘xshash mexanikalarga asoslangan boshqa servislar paydo bo‘lgan taqdirda, kompaniya vaqtdan yutish imkoniyatiga ega bo‘lishini tushuntirgan: “Agar biz Facebook’ka ularning ijtimoiy mexanikalarini qo‘shsak, bunday yangi mahsulotlar ommabop bo‘lmaydi, chunki bizda ularning mexanikalari allaqachon ishlayotgan bo‘ladi”. The Verge qayd etishicha, bir soatdan keyin Sukerberg yana bitta xat yuborgan: “Men ularning biz bilan raqobatlashishiga xalqit berish uchun ularni sotib olishimiz kerak, demoqchi emasdim”. Monopoliyaga qarshi kurash idorasi fikricha, bu xatni noraqobat xatti-harakatda o‘z aybini tan olish deb hisoblash mumkin.

    Facebook Instagram’ni bir milliard dollarga sotib olgani haqida 2012-yil 9-aprelda e’lon qilgan edi. O‘sha kuniyoq Sukerberg hamkasblaridan biriga shunday deb yozgan: “Men sizning bizga xavf solayotgan Google+ emas, Instagram ekanligi haqidagi (yopiq guruhdagi) postingizni eslayman. Siz haq edingiz. Lekin startaplarning bitta o‘ziga xos jihati bo‘ladi: ko‘pincha ularni sotib olish mumkin”.

    Instagram tomonidan bo‘ladigan xavfni neytrallashtirib, deyiladi FTC da’vosida, Facebook navbatdagi muammoga e’tibor qaratdi — u shundan iborat ediki, messenjer sifatida ishlaydigan dastur yo tegishli funksiyalarni qo‘shish orqali, yo alohida dasturni ishga tushirish orqali ijtimoiy tarmoqlar bozoriga chiqishi mumkin. Muammo manbasi WhatsApp bo‘lib, u boshqa messenjerlar kabi faqat Osiyoda emas, butun dunyoda ommabop edi va Apple’ning iMessages’i kabi bitta platformaga bog‘liq emasdi.

    Messenjerlar tomonidan kelayotgan xavf to‘g‘risida Facebook rahbariyatida 2012-yil boshida gap ochildi, oktabrda esa top-menejerlardan biri “bu, ehtimol, bizning kompaniya duch kelgan eng katta xavf” deb yozdi. 2014-yilda WhatsApp 19 milliard dollarga sotib olindi. Shu tariqa, deb hisoblaydi monopoliyaga qarshi idora, Facebook WhatsApp’ning ijtimoiy tarmoqqa aylanish xavfini neytrallashtirish bilan birga, boshqa messenjerlarning tegishli hajmgacha o‘sish imkoniyatini ham qiyinlashtirdi.

    FTC’ning Facebook’ka nisbatan noroziligi nafaqat korporatsiyaning xaridlariga, balki raqobatga xalal beruvchi sharoitlarni yaratishiga ham taalluqli. Masalan, Facebook API (dasturiy interfeys)i orqali ma’lumot uzatish yoki qabul qilishni istagan servislar ijtimoiy tarmoqning asosiy mexanikalaridan foydalanmasligi shart — boshqacha aytganda, ular raqobatchi ijtimoiy tarmoqlar bo‘la olmaydi. Platforma siyosati boshqa ijtimoiy tarmoqlarning Facebook’dan foydalanuvchilarning ma’lumotlarini eksport qilishini to‘g‘ridan to‘g‘ri taqiqlab qo‘ygandi.

    Da’voda Onavo kompaniyasining sotib olinishi voqeasi ham keltiriladi, u foydalanuvchilarga bepul VPN taklif qilardi, lekin evaziga ular qanday dasturlardan foydalanishi haqida ko‘plab ma’lumotlarni yig‘ib olardi. “Onavo’ni sotib olish orqali, biz eng ommabop dasturlar haqidagi ma’lumotni qo‘lga kiritdik. Biz strategik o‘zlashtirishlarni amalga oshirishda bu ma’lumotlardan foydalanishimiz kerak”, — deyiladi 2013-yil dekabridagi Facebook ichki xabarida. 2019-yilda korporatsiya maxfiylikni buzish borasidagi ayblovlardan keyin Onavo’ni yopdi.

    FTC nimani xohlayapti?

    Birinchidan, savdo komissiyasi suddan Instagram va WhatsApp’ni alohida kompaniyalarga bo‘lib yuborishni so‘ramoqda, toki “shikoyatda ta’riflangan xatti-harakatlar bo‘lmaganida, hamon mavjud bo‘ladigan raqobat qayta tiklansin”.

    Ikkinchidan Facebook’ka bo‘lg‘usi o‘zlashtirishlarning barchasini hukumat bilan muvofiqlashtirish majburiyatini yuklamoqchi (CNN qayd etishicha, faqat qiymati 10 million dollardan oshadigan oldi-sotdilarni muvofiqlashtirish kerak bo‘ladi).

    Uchinchidan, Facebook zimmasiga API va ma’lumotlarga nisbatan cheklovlar va boshqa xatti-harakatlar bilan raqobatga xalal bermaslik majburiyatini yuklamoqchi.

    Facebook nima deyapti?

    FTC’ning da’vosiga javoban korporatsiya vitse-prezidenti Jennifer Nyusted korporativ blogda post e’lon qildi, u shunday boshlanadi: “Har kuni milliardlab odamlar Facebook mahsulotlaridan foydalanadi. Ularning vaqti va e’tiborini jalb qilish uchun, biz butun dunyo bo‘ylab ko‘plab servislar bilan raqobatlashamiz”.

    Nyusted e’tibor qaratgan narsa shuki, FTC’ning o‘zi Instagram’ni sotib olish bo‘yicha bitimni bir ovozdan ma’qullagan, Yevrokomissiya esa WhatsApp’ni sotib olishda hech qanday qonun buzilishlarini aniqlamagan. “Regulyatorlar bu oldi-sotdilarga ruxsat berib to‘g‘ri ish qildi, chunki ular raqobatga xavf solmasdi”, — deya ta’kidladi Nyusted.

    “Endi, ko‘p yillar o‘tganidan keyin, idora xato qilganini va barchasini boshidan boshlamoqchi ekanini aytmoqda, — deyiladi uning bayonotida. — Facebook Instagram va WhatsApp’ni bugungi — barcha foydalanuvchilar uchun sevimli dasturlar holiga keltirish uchun milliardlab dollar puli va millionlab soat vaqtini sarflayotganida FTC va AQSh hukumati bir chetda turgan edi”.

    Shuningdek, Nyustedning fikricha, FTC’ning da’vosi umuman bozor uchun riskka ega: uning yozishicha, endi “hech bir oldi-sotdi uzil-kesil bo‘lmaydi” va da’vo “kompaniyalar qo‘shilishining AQSh hukumati tomonidan ma’qullanish jarayonini shubha ostiga qo‘yadi”. Shu bilan birga, FTC sobiq raisi Uilyam Kovavich CNN’ga ma’lum qilishicha, amaldagi hech bir qonun idora tomonidan oldindan ma’qullangan oldi-sotdini qayta ko‘rib chiqishni taqiqlamaydi.

    Korporatsiya sudda o‘z pozitsiyasida qat’iy turmoqchi hamda Instagram va WhatsApp ustidan nazoratni saqlab qolishga erishmoqchi.

    Instagram va WhatsApp’da nima deyishgan (yoki nima deb o‘ylashgan)?

    The Verge qayd etishicha, Instagram va WhatsApp asoschilari ular Facebook’ka qo‘shilganidan keyin o‘z kompaniyalarini tark etgan. O‘z salbiy fikrini ulardan bittasigina — WhatsApp’dan Brayan Ekton ochiqcha aytib o‘tdi — 2018-yil bahorida u hatto #deletefacebook aksiyasida ham qatnashdi. O‘shanda foydalanuvchilar ma’lumotlarning Cambridge Analytica kompaniyasiga sizib chiqishi sababli, ijtimoiy tarmoqdagi akkauntlarini o‘chirishga chaqirishgan edi.

    WhatsApp asoschilaridan yana biri Yan Kum ham kompaniyadan ketdi — OAVlar yozishicha, u Facebook foydalanuvchilar ma’lumotlari bilan qanday ish tutayotganidan norozi bo‘lgan. Instagram asoschilari Kevin Sistrom va Mayk Kriger ham, taxminlarga ko‘ra, Facebook rahbariyati bilan ziddiyat tufayli ketgan.

    14.12.2020, 09:15   Izoh (0)   9456
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qirg‘izistonda 18 kishi prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatga olindi

    13.12.2020, 23:38

    Ramzan Qodirovning 20 yoshli qizi Grozniyda maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i bo‘ldi

    13.12.2020, 23:17

    Fransiya fuqarosi Yevropa lotereyasi tarixidagi rekord yutuq — 200 million yevro yutib oldi

    13.12.2020, 22:58

    Germaniyada 16-dekabrdan boshlab karantin choralari kuchaytiriladi

    13.12.2020, 22:16

    Xitoyda bir kishida COVID-19 aniqlangani sababli butun shahar karantinga yopildi

    13.12.2020, 20:16

    AQShda koronavirusga qarshi emlashning birinchi bosqichi bo‘yicha rejalar ma’lum qilindi

    13.12.2020, 17:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.