Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Isroil hamda Sudan o‘zaro munosabatlarni me’yorlashtirishni kelishib oldi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibining o‘rinbosari Jadd Dir ma’lum qilgan.

Foto: EPA

Foto: EPA

Uning so‘zlariga ko‘ra Sudan va Isroilning munosabatlari yaxshilanishi haqida AQSh prezidenti Donald Tramp e’lon qilgan. Endi ikki mamlakat o‘zaro munosabatlarning boshqa tafsilotlarini kelishib olishi lozim.

Avvalroq Tramp Sudanni terrorchilikni moliyalashtiruvchi davlat ro‘yxatidan chiqarishni so‘ragani xabar qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, Isroil hamda Bahrayn o‘rtasida ham diplomatik munosabatlar qayta tiklangan. Bahrayn tashqi ishlar vaziri barcha sohalarda ikki tomonlama manfaatli hamkorlik, mintaqadagi tinchlik va Isroil hamda Falastin o‘rtasidagi nizoni hal etish diplomatik munosabatlarning asosiy yo‘nalishlari bo‘lishiga umid bildirgan.

Shuningdek, Isroil hamda BAA o‘rtasida vizasiz rejim joriy etilgan. Ikki mamlakat vakillari Tel-Aviv yaqinidagi Ben-Hurion aeroportida ikki tomonlama hamkorlik to‘g‘risidagi hujjatlarni imzolagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ramzan Qodirovni tanqid qilgan chechenistonlik bloger o‘ldirib ketildi
Mahalliy
O‘zbekistonda talabalar uchun qishki ta’til muddati belgilandi
Mahalliy
O‘zbekistonda so‘nggi sutkada 153 kishida koronavirus aniqlandi