“Milan” hujumchisi Zlatan Ibragimovich individual sovrinlar yuta olmaganidan afsuslanmasligini aytib o‘tdi.
Jurnalist futbolchidan “Oltin to‘p” va boshqa shaxsiy sovrinlarni qo‘lga kirita olmagani haqida so‘radi.
“Yo‘q, afsuslanmayman. Sovrinlar — yaxshi, biroq o‘z kuchimni his qilishim uchun ular menga kerak emas. Men o‘ynayman va bor vujudim bilan jamoadoshlarimga yordam berishga harakat qilaman. Bori shu”, — deydi Ibragimovich.
Shvetsiyalik futbolchi A Seriya 2020/21-yilgi mavsumida 5 ta o‘yin o‘tkazib, 8 gol va bitta golli uzatma amalga oshirdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)