“Real” himoyachisi Rafael Varan La Liga 9-turi doirasida “Valensiya”ga qarshi kechgan bahsda (1:4) avtogol muallifiga aylandi.
Fransiyalik futbolchi “Real” safidagi so‘nggi 5 o‘yinda ikkita avtogol urdi. Birinchisi Chempionlar Ligasida “Shaxtyor”ga qarshi o‘yinda (3:4) qayd etilgandi.
Varan bundan avval madridliklar safidagi 324 ta o‘yinda ikkita avtogol urgandi. Himoyachi 2011-yil yozida “Lans”dan 10 million yevro evaziga sotib olingandi. U madridliklar safida 18 ta sovringa ega chiqqan. Shuningdek, Fransiya terma jamaosi bilan 2018-yilgi mundialda g‘olib bo‘lgan.
Rafael La Liganing 2020/21-yilgi mavsumida 7 ta o‘yin o‘tkazdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)