Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu 2021-yil yozida Turin klubini tark etishi mumkin, deb yozmoqda Diario Sport.
Qayd etilishicha, “Yuventus” rahbariyati Ronaldu bilan shartnomani uzaytirmaslik borasidagi imkoniyatlarni o‘rganib chiqmoqda. Klub uni 2021-yil yozida sotib, bu orqali uning transferi uchun sarflangan mablag‘ning ma’lum bir qismini qoplashga erishishni reja qilgani aytilmoqda. Klubdagilar 35 yoshli futbolchi bilan shartnomani uzaytirish katta tavakkal deb hisoblamoqda.
Ronalduning “Yuventus” bilan amaldagi kelishuvi 2022-yil yozida yakuniga yetadi.
Ma’lumot uchun, Ronaldu 2018-yilda 117 million yevro evaziga Turin klubiga o‘tgandi. Futbolchining transferi ayni damda 60 million yevroga baholanmoqda.
Ronaldu 2020/21-yilgi mavsum “Yuventus” safida barcha musobaqalar doirasida 5 ta o‘yinda qatnashib, 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
- Krishtianu Ronalduning “Real” safidagi shedevr gollari
- Krishtianu Ronalduning “Real” safida jarima zarbasidan urgan barcha gollari
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)